M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Parvarishni davom ettirishda yordam ko‘rsatish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Parvarishni davom ettirishda yordam ko‘rsatish
Parvarishlovchi shaxs ustidan kuzatuv. Parvarishlovchi shaxs 
qaram odamga qarash bilan parallel ravishda oilaning boshqa a’zolariga 
ham qaraydi. Shuning uchun tungi parvarish natijasida parvarishlovchi 
kishining uyqusi qisqaradi yoki bo‘linadi, ovqatlanishda ham, birinchi 
navbatda, qaram bo‘lgan odamni ovqatlantirish turadi, o‘zining 
ovqatiga e’tibor bermaydi. Oddiy va tez yeyiladigan ovqat bilan 
ovqatlanadi. Bunday hollarda parvarishlovchi shaxs o‘zininig ahvoli 
yomonlashib borayotganini sezmaydi yoki sezsa ham, mavjud holat 
tufayli tibbiy muassasaga murojaat eta olmaydi. Parvarishlovchi odam 
sog‘lig‘i yaxshi holatda bo‘lsagina boshqa odamga yordam bera oladi, 
shuning uchun o‘z sog‘lig‘i haqida ham qayg‘urishi kerak.
Parvarish qilayotgan oila hayotini qo‘llab-quvvatlash. Parva-
rishlovchi shaxsning ham o‘z oilasi – turmush o‘rtog‘i va farzandlari 
bor. Shuning uchun qaram bo‘lgan bemorlarga oilaning boshqa a’zolari 
ham yordam bersagina parvarishning uzluksiz bo‘lishi ta’minlanadi va 
har bir kishini dam olishi, aniq vaqtda parvarish qilishini hisobga olish 
kerak.
Bеmоrining shахsiy gigiyеnаsi: Shaxsiy gigiyena qoidalariga 
amal qilish, xona va o‘rin-boshni ozoda tutish davoning yana 
ham ko‘proq naf beradigan bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratib beradi. O‘rin-boshga tutiladigan oqliklarning toza turishi 


118
va bemorning o‘rinda qulay holatda yotishiga qarab borish zarur. 
Karavotda to‘shak tekis bo‘lishi kerak.
Og‘ir kasallar, shuningdek, siydigi bilan axlatini tuta olmaydigan 
kasallar uchun to‘shagi ustidan kleyonka yozilib, o‘rin­bosh iflos 
bo‘lmasligi uchun chetlari qayirib qo‘yiladi. Ayollarda bir talay 
ajralmalar kelib turadigan bo‘lsa, kleyonka to‘shama yozib qo‘yiladi, 
buni iflos tekkan sari, ammo kam deganda haftasiga 2 marta alishtirib 
turiladi. Og‘ir kasallar funksional karavotlarga yotqiziladi, ularga qulay 
bo‘lsin deb bosh tirgaklar qo‘yiladi. Bemorga ikkita yostiq va jildga 
solingan adyol beriladi. Uyqudan oldin va uyqudan turilganidan keyin 
o‘rin-bosh doim tuzatiladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling