M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


V.3. Demensiyaga uchragan bemorlarda


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

V.3. Demensiyaga uchragan bemorlarda 
hamshiralik parvarishi
Demensiya avval o‘zlashtirgan kognitiv qobiliyatlarining turg‘un 
pasayishi holati turli xil sabablar tufayli yuzaga keladi.
Demensiya, odatda, bosh miyaning surunkali yoki progressiv-
lanuvchi xarakterga ega kasalligi bo‘lib, miyaning bir qancha yuqori 
funksiyalari, jumladan, xotira, fikrlash, mo‘ljal, tushunishi, hisoblash 
qobiliyati, o‘qish, nutq, tafakkur qilishning buzilishi natijasida turli xil 
sindromlar yuzaga keladi.
Demensiyaning simptomlari. Demensiyaning simptomlari quy-
ida gi guruhlarga bo‘lib tushuniladi: psixologik (umumiy) simp tom­
lar va o‘choqli buzilishlar. Umumiy simptomlar, odatda o‘choqli 
buzilishlardan farqli ravishda atrof-muhit bilan kontakt nati jasida 
yuzaga chiqadi.
Psixologik simptomlarga xotira buzilishi, o‘rganish qobiliyatining 
buzilishi (apraksiya, agnoziya, afaziya, organizmni ijro vazifasining 
bu zilishi), konsentratsiyaning buzilishi kiradi.
Demensiya va qarilikdagi xotira buzilishi o‘rtasidagi farq shundaki, 
demensiya bilan og‘rigan bemor o‘z holatini tushunmaydi, ya’ni esdan 
chiqaradi. Bundan tashqari, vaqt va tafakkur qilish jarayonlari noaniq 
xarakterga ega bo‘ladi.
Gallutsinatsiya, alahsirash, adashish, allotriofagiya (yeb bo‘lmas 
narsalarni yeyish), agressiv bo‘lib qolish, xavfli harakatlar, toza yur­


119
maslik, notinchlik, parvarishga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar 
o‘choqli buzilishlar hisoblanadi va psixologik simptomlarga turli 
stresslar qo‘shilganda yuzaga chiqadi.
Demensiyaning kechishi. Demensiya progressivlanuvchi kasallik 
hisoblanadi. Yengil darajasining simptomlari bo‘lib, xotiraning buzilishi 
va boshqalar hisoblanib, odam o‘z ishini davom ettira olmaydi.
O‘rta darajasining simptomlari bo‘lib, joyda, vaqtda, mo‘ljalni 
yo‘qo lishi hisoblanadi. Adashishga moyillik bo‘ladi, o‘zini tutishi buzi-
ladi va odam mustaqilligini yo‘qota boshlaydi.
Og‘ir darajasida inson oila a’zolarini tanimaydi va ismlarini 
unutadi, natijada muloqot yuzaga kelmaydi. Odam kundalik turmush 
tarzini olib borishi qiyinlashadi va u to‘shakka mixlanib qoladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling