M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
qariyalarda hamshiralik parvarishi
Qariyalarda yatrоgеniyalаr – bu psixоgеn kаsаllikning bir turi
bo‘lib, tibbiyot xоdimlаrining bеmоrgа bo‘lgаn nоto‘g‘ri muоmаlаsi оqibаtidа ipоxоndrik, dеprеssiv rеаksiyalаr nаtijаsidа sоdir bo‘lаdi. Bеmоr bilаn suhbаtlаshgаndа uning sаlоmаtligi to‘g‘risidа hаmishа ehtiyot bo‘lib gаpirish kеrаk. Bеmоr nоto‘g‘ri mа’nо chiqаrib оlishi mumkin bo‘lgаn turli tеrminlаrni ishlаtish tаvsiya etilmаydi. Ko‘pinchа bеmоrlаr kаsаllik diаgnоzi to‘g‘risidаgi gаplаrgа diqqаt bilаn qulоq sоlаdi. Shu sаbаbli bundаn ulаr sаlоmаtligigа ziyon kеltirishi mumkin bo‘lgаn xulоsаlаr chiqаrib оlishini hаmishа esdа tutish kеrаk. Bu xаstаlikkа chаlingаn qariyalаr ko‘prоq sеksuаl qоbiliyatining pаsаyishi yoki yo‘qоlishi kаbi shikоyat sаvоllаr bilаn turli mutаxаssislаrgа murоjааt qilаvеrаdi. 129 vi bob. HAYOTDAN KO‘Z YUMAYOTGAN QARIYALARNI PaRvaRishLash Qariyalar va ularning oilasi notinchligini bartaraf etish 1. Hayotdan ko‘z yumayotgan bemorning oilasi notinch va qo‘rquvda bo‘ladi. Hamshira bemorning oilasi bilan suhbatini diqqat bilan tinglashi, ularning notinchligini aniqlashi va bunday negativ tuyg‘ularni bartaraf etishda kerakli yordamni berishi kerak. 2. Davolash uchun qulay sharoit tayyorlab qo‘yish. Bemorga shunday muhit yaratish kerakki, bunda yashashi uchun qulay va davolanishiga yordam bersin. Bemorning oilasi, qadrlagan narsalari bilan doimiy munosabatini o‘z ichiga olgan sharoitni har doim yodda tutish lozim. Mana shu narsalarga asoslangan holda o‘layotgan bemorni har kungi hayotini qo‘llab- quvvatlash kerak. 3. Qari odamni va uning oilasi istagan kishini parvarish qilishga qo‘yib berish. Hayotdan ko‘z yumayotgan bemor va uning oilasi talablarini hisobga olish muhim. Parvarishlashda shunga e’tibor berish kerakki, bemor davolanishda va har kungi hayotida mustaqillikka ega bo‘lsin. Bunday yondoshishga asoslanib, bemor va uning oilasi kutgan parvarishni amalga oshirish uchun sharoit yaratish kerak. 4. Keksa kishi va uning oilasini istaklari o‘zgarganda chora ko‘rish. Bemor va uni oilasi nimagadir kelishsa ham, ba’zi holatlarda ularning fikri o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarga to‘g‘ri yondoshish kerak va bunday holatlarda ularning fikrlarini diqqat bilan tinglash, iloji boricha ularning istaklarini ro‘yobga chiqarishga yordam berish kerak. Bemor va uning oilasini istaklari o‘zgarib qolganda bemalol xabar berishlari uchun doimiy munosabatda bo‘lib turish yana bir muhim omillardan hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling