124
Qarindoshlarining ismlarini qog‘ozga
katta harflar bilan yozib,
eshikka yopishtirib qo‘yish yana bir samarali usullardan hisoblanadi.
Bemorni ta’sirlantiruvchi sababni topib, yo‘qotish kerak.
–
Bemor tinch holatda bo‘la oladigan muhitni ta’minlash kerak.
–
Shunday muhitni ta’minlash kerakki, u yerda bemor hamma 5
–
sez gisi orqali pozitiv stimul qabul qilsin.
Shunday holat yaratish, narsalarni taklif qilish kerakki,
bunda
–
bemor tanasi orqali eslab qolgan kuchini yuzaga chiqarishda
yordam bersin.
Mo‘ljal olish qobiliyatini yaxshilovchi muhit yaratish.
–
Fikrlarini jamlash, o‘ziga kelishiga yordam beradigan muhit yara-
–
tish.
Alsgeymer kasalligining klinik kechish xususiyatlari,
simptomlari va davolash
Alsgeymer kasalligining klinik kechishi. Alsgeymer kasalligi
miyaning
fikrlash, xotira va nutq markazini zararlaydi. Kasallik asta
sekin boshlanadi, bemorning ahvoli sekin yomonlashadi. Hozirgi
kunda Alsgeymer kasalligining sababi noaniq va kasallik tuzalmaydi.
Kasallikning kelib chiqishida ba’zi omillar bor:
bu kasallik ayollarda,
bilim darajasi past odamlarda, past kasbiy darajadagi kishilarda,
yolg‘iz qariyalarda ko‘proq uchraydi.
Alsgeymer kasalligining rivojlanishida
irsiy omil muhim
rol o‘ynaydi, hozirgi kunda Alsgeymer kasalligining xavf omili
hisoblangan stressga katta ahamiyat berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: