Alsgeymer kasalligini davolash
Medikamentoz davolash. Kasallikning psixologik simptomlarini
davolash uchun asetilxo linesteraza ingibitoridan foydalaniladi.
Bosh lang‘ich bosqichda simp tomlar bo‘lmaydi, lekin o‘rta bosqich
belgilarining rivojlanishini bunday dorilar sekinlatish xususiyatiga ega,
bu asosiy davo hisoblanmaydi. O‘zini tutishidagi o‘zgarishlarga atipik
neyroleptiklar va antidepressiv preparat sifatida serotoninni qayta
ishlovchi selektiv ingibitorlar qo‘llaniladi.
Nomedikamentoz davolash. Bunday davo ichidan atrof muhitga
mo‘ljalni mashq qilish, xotirlash metodi bilan terapiya, bemorni
qiziqtirish uchun musiqa tinglash, uy hayvonlarining bo‘lishi va yengil
jismoniy mashqni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar davodan foydalaniladi.
Demensiya va Alsgeymer bilan og‘rigan keksalarni
parvarishlovchi oilaga yordam
Hamshira, birinchi navbatda, bemorning oilasi bilan ishonchli
munosabat o‘rnatishi kerak, bu hamshiraga oilaning ruhiy-jismoniy
holatini tushunishga yordam beradi, ular bemorni qanday tushunishadi,
parvarishning qaysi qismida qiynalishadi. Shundagina ular
hamshiradan doim maslahat olishadi. Bu bilan parvarishlovchi kishini
o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Bemorga tinch va xavfsiz muhit yaratib berishda oilaning ishtiroki
muhim bo‘lsa-da, parvarishlovchi odamning sog‘ligi haqida ham g‘am-
xo‘rlik qilish kerak. Ularning charchab qolmasligi uchun bir-birlariga
parvarish qilishda yordam berishlari kerak.
V.4. Qariyalar fаоliyatidаgi yosh bilаn bоg‘liq
o‘zgаrishlаr vа kаsаlliklаri (psixоzlаr)
Qariyalarda pаydо bo‘lаdigаn ruhiy kаsаlliklаr jinsiy bеzlаr funk
siyasining susаyishi, mоddаlаr аlmаshinuvining pаsаyishi оqibаtidа
ro‘y bеrаdi.
Invаlutsiоn psixоzlаr 2 gа bo‘linаdi:
1. Prеsеnil psixоzlаr, 45–60 yoshlаrdа uchrаydi.
2. Sеnil psixоzlаr, 60–65 yoshlаrdаn kеyin bоshlаnаdi.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |