M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Hayotdan ko‘z yumayotgan keksa odamning iztiroblari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Hayotdan ko‘z yumayotgan keksa odamning iztiroblari 
va uni yengillatish uchun yordam berish
1. Iztirob, yaroqsizlik hissi va ularni yumshatishda hamshiralik 
parvarishi.
Yaroqsizlik hissida yordam ko‘rsatish uchun qulay vaziyat yaratish, 
oyoqlarini massaj qilish, vanna qilish va boshqa chora-tadbirlarni 
o‘tkazish kerak, bu bo‘shashgan, qulay vaziyatga olib keladi.
2. Og‘riqni yengillatish uchun hamshiralik yordami.
Og‘riq borasida har tomonlama baholash o‘tkazish va aniqlangan 
sabablarni yo‘qotish kerak. Agar jismoniy og‘riq bo‘lsa, og‘riq 
qoldiruvchi vositalar berish kerak, nojo‘ya ta’sirini hisobga olgan holda. 
Agar psixologik og‘riq bo‘lsa, uni keltirib chiqaruvchi sabab bo‘lgan 
notinchlik, qo‘rquvda hamshira bemorning suhbatini diqqat bilan 
tinglashi va doim uning yonida bo‘lishi lozim.
3. Depressiyada va alahsirashda hamshiralik yordami.
Agar bemorda ishtaha, faollik pasaysa va uyqu buzilsa, depressiya 
va alahsirash rivojlanishi mumkin. Fizik holatini baholab, uyquni 
ta’minlashga yordam berish kerak. Agar shunda ham kutilgan samara 
bo‘lmasa, unda shifokor konsultatsiyasi kerak bo‘ladi va dori ichish 
masalasi ko‘rib chiqiladi.
4. Defekatsiyaga qiynalganda hamshiralik yordami.
Fiziologik ehtiyojlar bilan bog‘liq muammolarga qabziyat, axlat tu-
tol maslik kiradi. Qabziyat hisobiga qorin shishadi va anoreksiya holati 
yomonlashadi. Bunday hollarda qorin massaj qilinadi, tana holati o‘z-
gartiriladi, qorin va orqa chiqaruv teshik atrofldagi teri parvarishlanadi, 
orqa chiqaruv teshik kerakli darajada ta’sirlantiriladi. Bundan tashqari, 
shifokor bilan maslahatlashib, axlat massalarini yumshatuvchi va 
boshqa vositalar qo‘llaniladi.
5. Nafas qiyinlashganda uni yengillatish uchun hamshiralik yor-
dami.
Nafas qiyinlashganda bemorni Fauler holatiga o‘tkazish samarali 
usul hisoblanadi, bunda diafragmaning joylashishi pasayadi va nafas 
hajmi oshadi, so‘lak va shilliq oqishini yengillatish uchun xona ichi 
namligi oshiriladi, suyuqlik beriladi. Nafas qiyinlashishi natijasida 


131
bemor notinch bo‘lib qoladi, bunday holda uning oyoq va qo‘lini 
vanna qilish, orqasiga issiq kompress qo‘yish bilan bo‘shashgan holatga 
keltirishni talab qilinadi. Agar bu istalgan samarani bermasa, unda 
kislorod ingalatsiyasi qo‘llaniladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling