125
Asosiy belgilari:
xotiraning jiddiy buzilishi, ayniqsa muloqotda qiynalish sezadi;
–
o‘ziga tanish joylarda adashib qoladi;
–
vaqtda mo‘ljalni yo‘qotadi;
–
qaror qabul qilishda qiyinchilik sezadi;
–
diqqatni jamlash qobiliyatini yo‘qotadi;
–
sevimli mashg‘ulotlariga qiziqishini yo‘qotadi;
–
depressiya va agressiya belgilari paydo bo‘ladi.
–
O‘rta bosqich: Kasallik davomida
muammolar chuqurlashadi va
bemor faoliyatini kuchliroq cheklay boshlaydi:
bemor o‘z hayotidagi muhim kunlarni bilmaydi, kunni aytishda
–
10 va undan ko‘p kunga adashishi mumkin;
ovqat tayyorlay olmaydi, odatiy uy yumushlarini, bozor qilishni
–
eplay olmaydi;
hojatxonaga borish,
yuvinish, kiyinish
uchun boshqalar yorda-
–
miga muhtoj;
nutq buzilishi natijasida so‘zlashganda qiyinchilik sezadi;
–
jamoat joylarida yo‘qolib qolishi mumkin;
–
gallutsinatsiyalarni his qilishi mumkin;
–
uydan chiqib ketishi va adashib qolishi mumkin;
–
qo‘zg‘aluvchan, jahldor bo‘lishi mumkin.
–
Kechki bosqich: Kasallik rivojlanishi bilan yetarlicha jiddiy buzi-
lishlar yuzaga keladi.
Bemorlar bu bosqichda ko‘pincha faoliyatsiz
va parvarishlovchi
–
kishiga to‘liq muhtoj bo‘lishadi. Xotira buzilishi juda jiddiy;
bemor uni parvarishlaydigan odamni ismini ayta olmaydi, man-
–
zilini, tug‘ilgan kunini, ota-onasining tug‘ilgan kunini bilmaydi;
qarindoshlarini, do‘stlarini, tanish narsalarini tanimaydi;
–
jamoat joylarida, o‘z uyida ham mo‘ljalni yo‘qotadi;
–
harakatlanishda qiyinchilik sezadi yoki harakatlanish qobiliya-
–
tini yo‘qotadi;
ovqatlanganda qiyinchilik sezadi;
–
nutqni birdan chegaralanishi yoki butunlay yo‘qolishi kuzatiladi;
–
axlat va siydik tutolmaslikdan qiynaladi;
–
boshqalarning oldida o‘zini tuta bilmaydi;
–
g‘azab, agressiya, uyqu buzilishi bo‘lishi mumkin.
–