M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Demensiyani erta aniqlash va profilaktikasi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Demensiyani erta aniqlash va profilaktikasi. Demensiya bilan 
uning simptomlari o‘xshash kasalliklarni farq lash kerak va bu kasallik-
larni aniqlash lozim. Demensiyani erta bosqichlarda aniqlab, davolash 
zarur.
Demensiyaga o‘xshash kasalliklar bu – surunkali subdural gema-
toma, miya o‘smasi, normotenziv gidrotsefaliya, bularni operatsiya yo‘li 
bilan olib tashlanadi. Bundan tashqari, endokrin tizimi kasalliklari 
(qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezi funksiyasining buzilishi, gipo-
glikemiya, buyrak usti bezi funksiyasi buzilishi, avitaminoz, elektrolit 
disbalansi), infeksion kasalliklardan meningit xuddi demensiyaga 
o‘xshash belgi bilan kechadi. Ayniqsa, depressiv va deliriy holat 
simptomlarini farqlash juda qiyin bo‘ladi.
Deliriyda uning belgilari yaqqolroq shaklda namoyon bo‘ladi va 
uning rivojlanish vaqtini oson aniqlash mumkin. Ayniqsa, tunda odam 
holati yomonlashsa, deliriyga shubha qilish kerak.
Demensiya tashxisi mezonlarini xalqaro kasalliklar klassifika tsiya­
sidan va psixologik kasalliklar bo‘yicha Amerika tibbiy komi tetining 
ma’lumotlaridan foydalanib aniqlanadi.
Demensiya diagnozi mezonlari (DSM­IV).
Turli xil xotira buzilishlari
Xotiraning buzilishi – yangi axborotni eslab qolish qobiliyatining 
yomonlashuvi, yodlangan axborotni eslash jarayonining buzilishi. 


120
Quyida keltirilgan aqliy o‘zgarishlar keltirilgan misollar orasidan 
bittadan ko‘p buzilish aniqlanadi:
a) afaziya; b) apraksiya; d) agnoziya; e) organizmning ijro funk­
siyalarining buzilishi.
Yuqoridagi buzilishlarning jamiyat hayotida, ishida ishtiroki yana 
ham yomonlashuvida kuzatiladi va avval bo‘lgan qobiliyati darajasi 
sezilarli ravishda pasayadi.
Kasallikning kechishi simptomlarining to‘lqinsimon paydo bo‘lishi 
va turg‘un aqliy buzilishlar bilan xarakterlanadi. Nafaqat deliriyning 
kechish jarayonida kuzatiladi: bu buzilishlarni depressiya, shizofreniya, 
psixogen xarakterdagi psixologik kasalliklar va boshqalar bilan 
tushuntirib bo‘lmaydi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling