M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
Klinikasi. Defekatsiya vaqtida qattiq og‘riq bo‘ladi, ba’zan
ozroq qon yoki seroz-qon aralash suyuqlik paydo bo‘ladi. Yoriq ko‘pincha ich qotishi bilan o‘tadi. Ko‘zdan kechirishda terining o‘tuvchi burmasi sohasida «chegaradosh do‘mboqcha» ko‘rinishida qalin tortib tugaydigan uzunasiga ketgan oval shakldagi yoriq aniqlanadi. Sfinkter tonusi oshganligi, yoriqning chetlari va tubi zichlashganligi qayd qilinadi. Davosi. Yoriq yangi bo‘lganda konservativ davo qilinadi. Birinchi navbatda qabziyatni bartaraf etish zarur. Buning uchun parhez ovqatlar tanlash kerak. Bu ichning muntazam, yumshoq kelishini ta’minlaydi. Bemorga kanakunjut yoki parafin moyi, makkai sano va krushina qaynatmasi ichiriladi. To‘g‘ri ichakka 50–100 ml dan iliq zaytun moyi yuboriladi, belladonnali shamchalar buyuriladi, kaliy permanganat yoki ichimlik soda solingan vannaga o‘tirish, mikrohuqnalar tayinlanadi. Konservativ davo kor qilmaydigan surunkali yoriqlarda to‘g‘ri ichak sfinkterini mahalliy anesteziya ostida qayta cho‘ziladi. Bunda yoriq yanada kattalashadi va bitishi tezlashadi. Davolashda qiyin bo‘lgan hollarda yoriq kesiladi va choklar solinadi. bavosil Bavosil deganda to‘g‘ri ichak venoz chegaralarining varikoz kengayishi tushuniladi va qon ketish, og‘riq bilan kechadi. Joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi bavosil farq qilinadi. Ichki bavosilni ko‘rib bo‘lmaydi va uni barmoq bilan yoki rektoskopik tekshiruvda aniqlanadi. Tashqi bavosil tugunlari anal teshik yaqinida ko‘rinadi. Qator hollarda bu tugunlarning yallig‘lanishi kuzatiladi. Bavosilga ich qotishi, homiladorlik, uzoq vaqt o‘tirish natijasida kichik chanoqdagi qon dimlanishi holatlari sabab bo‘ladi. Klinikasi. Bavosil tugunlarining shunchaki kattalashuvi og‘riqqa sabab bo‘lmasligi va bemorni bezovta qilmasligi mumkin. Biroq qa tor hollarda ichki bavosil tugunlari katta bo‘lib, 157 sfinkterning berkitish faoliyati yetarli bo‘lmaganda tashqariga chiqib qoladi. Bu sfinkter faoliyatini yanada pasaytiradi. Bunday holat to‘g‘ri ichakdagi najasning chiqishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, anal teshik sohasini kichraytiradi, terisi bichiladi va og‘riydi. Qator hollarda defekatsiya paytida oz-moz qon ketishi kamqonlikka olib kelishi mumkin. Bavosil tugunlari tromboflebitida orqa chiqaruv yo‘li soha sida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, bu og‘riq defekatsiya vaqtida kuchayadi. Bavosil tugunlari ko‘kimtir tusga kirgan, taranglashgan, ustini fibrinoz parda qoplagan, shilliq pardasining ayrim joylarida yaralar paydo bo‘ladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling