M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Davosi. Asoratlanmagan bavosilda ich qotishining oldini olish 
uchun parhez tartibga solinadi. Ich qotganda kanakunjut moyi 
va parafin moyi buyuriladi. Teri bichilganda kaliy permanganat 
solingan vannalarga o‘tiriladi. Qon ketishi ko‘p bo‘lganda 
gemostatik vositalar: vikasol, kalsiy xlorid, gemofobin va boshqalar 
qo‘llaniladi. Bavosil tugunlari trombozida 5% li kaliy permanganat 
eritmasi solingan iliq vannaga o‘tiriladi. Antikoagulantlar 
qo‘llaniladi. Presakral novokain blokadalari yaxshi natija beradi.
Agar bavosilda qonashga va yallig‘lanishga moyillik bo‘lsa, 
operatsiya qilib davolanadi. Yallig‘lanishning o‘tkir davrida 
operatsiya qilish mumkin emas. Bavosil tugunlari bog‘lab 
qo‘yiladi. Bir necha kun o‘tgach, bavosil tugunlari ko‘chib 
tushadi. Operatsiyadan keyingi davrda ich kelishini bir necha 
kunga to‘xtatib qo‘yiladi. Buning uchun bemor kletchatkasi kam 
ovqatlar yeydi va unga kuniga 3 marta 8–10 tomchidan opiy 
nastoykasi beriladi. Defekatsiya aktidan keyingi bemor kaliy 
permanganat (pushti rang eritma) yoki soda eritmasi (30–40 g) 
solingan vannaga o‘tiradi.
to‘g‘ri ichak poliplari
Bular xavfsiz o‘smalardir. Ular yakka va ko‘p sonli, tariq 
donidan to yong‘oqdek kattalikda bo‘ladi. Ingichka oyoqchada 
turgan past joylashgan poliplar orqa chiqaruv yo‘li orqali chiqib 


158
qolishi mumkin. Tashxis barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya 
va rektoromanoskopiya asosida qo‘yiladi, yuqori joylashgan 
poliplarda tashxis kolonoskopiyada aniqlanadi. 
Davosi. Past joylashgan yakka poliplarda ichakning tegishli 
bo‘lagi kesib olib tashlanadi.
to‘g‘ri ichak raki. Anchagina ko‘p uchraydi va boshqa 
joylardagi raklar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egallaydi. Bemorlar 
o‘rtasida erkaklar bilan ayollarning nisbati 3/2. Orqa chiqaruv 
yo‘li raki kamroq uchraydi, biroq xatarli o‘tadi. To‘g‘ri ichak 
ampulasi va proksimal bo‘limining raki adenokarsinoma yoki 
skiir bo‘lib, ba’zan to‘g‘ri ichakning sirkular torayishiga olib 
keladi. Metastazlanish limfogen yo‘l bilan ham, gematogen yo‘l 
bilan ham ro‘y berishi mumkin.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling