M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Klinikasi kasallikning bosqichiga bog‘liq. Avvaliga kasallik 
belgilarsiz o‘tishi mumkin. Keyinchalik ich ketishi bilan 
almashinib turadigan qabziyat, tenezmlar, to‘g‘ri ichakdan 
shilimshiq, qon va yiring ajralishi kuzatiladi. O‘sma o‘sib, 
qalinlashganda to‘g‘ri ichak bo‘shlig‘i berkilib qolishi va quyi 
ichak tutilishi kuzatilishi mumkin.
Barmoq bilan tekshirishda, rektoskopiya va rektoromonosko-
piya usulida tashxis qo‘yiladi. Tekshirishning bu turlarida o‘smani 
topish, uning kattalashishini, tarqalganligini, joylashishini
yaralar hosil qilganini va shu kabilarni aniqlash, gistologik 
tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchasini olish mumkin. O‘sma 
to‘g‘ri ichak yonidan kletchatkaga o‘sib kirganda oraliq sohasida 
ro‘y-rost og‘riq paydo bo‘ladi, qovuqqa o‘sib kirganda siydik 
ajratish buziladi.
Davosi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida radikal 
operatsion davo qilinadi – to‘g‘ri ichakni o‘sma bilan birga 
sog‘lom to‘qimalar chegarasigacha olib tashlanadi. Ichakning 
qolgan qismi oraliq orqali o‘tkaziladi yoki qorin devoriga 
chiqariladi. Kasallikka radikal xirurgik davo qilishning iloji 
bo‘lmagan, zo‘raygan hollarda sigmasimon ichak bo‘lagini chap 
yonbosh sohasidan tashqariga chiqarib qo‘yish yo‘li bilan sun’iy 
orqa chiqaruv yo‘li (anis pretenaturavis) yasaladi.


159
Rentgenoterapiya ba’zan qoniqarli natija beradi. Rentge-
noterapiya radikal davo qilishga imkon bermasada, rak o‘sma-
sining o‘sishini birmuncha sekinlashtiradi. Palliativ davolashda 
bemor 2–3 yil yashaydi. Palliativ operatsiya qilinmaganda 
bemorlar ichak tutilishidan vafot etadilar.
yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalarda bemorlarni 
parvarish qilish
Jarohatga infeksiya tushishi, choklar ochilib ketishining 
oldini olish uchun ichaklarni najas massalaridan qunt bilan 
tozalashning ahamiyati juda muhim. Bolalarni operatsiyaga 3–5 
kun tayyorlanadi. Parhezga alohida ahamiyat beriladi. Ovqat 
tarkibida shlaklar kam, kaloriyaligi esa yetarli bo‘lishi kerak. 
Operatsiyadan 2–3 kun oldin surgi dorilar buyuriladi (15–30% li 
magniy sulfat eritmasini kuniga 6–8 marta bir osh qoshiqdan), 
ertalab va kechqurun tozalovchi huqna qilinadi. Infeksiyaning 
oldini olish uchun 3 kun oldin bemorga ichak florasiga ta’sir 
qiladigan antibiotiklar beriladi.
To‘g‘ri ichak operatsiyasidan bir kun avval ichaklar qunt 
bilan tozalanadi (tozalovchi huqnani toza suv chiqquniga qadar 
qilinadi). Ertalab ichaklarni chayindi suvlardan xoli qilish uchun 
rezina naycha kiritib, tozalovchi huqna qilinadi va oraliq yuviladi 
(bemorning osti kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan 
yuviladi).
Yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalardan keyin to‘g‘ri ovqatlanish 
tartibining ahamiyati katta. Ichaklarni to‘ldirib yuborish 
va peristaltikani erta vujudga keltirish xavfli (choklarning 
sitilish xavfi bor). Operatsiyadan keyin 1­kundan boshlab 
suyuqlik ichishga ruxsat etiladi. 2-kundan boshlab bemorga 
kletchatkasi kam, suyuq yoki suyuqroq ovqatlarni bera bosh-
lash mumkin. Sut mahsulotlari, non, mevalar bermay turiladi. 
5 kun mobaynida opiy nastoykasi buyuriladi, so‘ngra ichishga 
vazelin moyi beriladi va 7–8 kunga kelib tozalovchi huqna 
qilinadi.


160
To‘g‘ri ichakdagi operatsiyadan keyin bemorlarni parvarish 
qilish yo‘g‘on ichak operatsiyasidagi singari bo‘ladi, biroq 
qo‘shimcha ravishda to‘g‘ri ichakka Vishnevskiy mazi surtilgan 
tamponga o‘ralgan rezina naycha kiritiladi. O‘rin-ko‘rpa qon va 
maz bilan ifloslanmasligi uchun kleyonka solinadi. Tamponlar 
3-kuni almashtiriladi (10 daqiqa oldin narkotiklar yuboriladi). 
Defekatsiya aktidan keyin kuchsiz kaliy permanganat eritmasi 
solingan vannaga o‘tirish va keyin bog‘lash buyuriladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling