M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


gangrenalar Gangrenaning quruq va ho‘l turlari farq qilinadi. Quruq gangrena


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

gangrenalar
Gangrenaning quruq va ho‘l turlari farq qilinadi.
Quruq gangrena nekrotik to‘qimalarning asta-sekin zich-
lashuvi va qurishi (mumifikatsiya) bilan ta’riflanadi. Gan­
grenaning bu turi aseptik sharoitda qon ta’minoti asta-sekin 
to‘xtaganda rivojlanadi. Sog‘lom to‘qimalar bilan nekrozga 
uchragan to‘qimalar chegarasida granulatsion to‘qimalardan iborat 
demarkatsion chiziq hosil bo‘ladi. To‘qimalarning nekrozlangan 
qismi o‘z-o‘zidan ko‘chishi mumkin.
Ho‘l gangrena qon aylanishi buzilganda va yiringli yoki 
chirish infeksiya qo‘shilganda arterial tomir bo‘shlig‘i tez bekilib 
qolishi (emboliya) kuzatiladi. Klinik jihatdan u to‘qimalarning 
shishganligi bilan ta’riflanadi, terida to‘q qizil yoki kulrang 
dog‘lar va badbo‘y suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar paydo bo‘ladi. 
Kasallik ro‘y-rost intoksikatsiya bilan kechadi. O‘z vaqtida davo 
qilinmasa, bemorlar vafot etadi.


114
infarkt
Infarkt deb, oxirgi arterial tomirlar bo‘shlig‘ini bekilib 
qolishi (spazm, tromboz, havoli yoki yog‘li emboliya) natijasida 
a’zoning qisman nekrozga uchrashiga aytiladi. Infarkt ko‘pincha 
yurak mushagida, o‘pkada, buyraklarda kuzatiladi. Infarktning 
klinik belgi lari zararlangan organ faoliyatining buzilishi bilan 
ta’riflanadi.
Оblitеrаtsiyalоvchi endoаrtеrit
Bu kаsаllik аsоsidа аrtеriyalаrning, аyniqsа оyoqlаrning 
distаl bo‘limidаgi distrоfik o‘zgаrishi yotаdi vа ishеmik 
bеlgilаr to‘plаmini o‘z ichigа оluvchi tоmirlаrning stеnоzi 
vа оblitеrаtsiyasi bilаn kеchаdi. Kаsаllik ko‘prоq erkаklаrdа 
kuzаtilаdi. Endoаrtеritning rivоjlаnishigа tоmirlаrning qаttiq 
spаzmini chаqiruvchi uzоq muddаtli sоvuq qоtish, sоvuq оlish, 
оyoqlаrning shikаstlаnishi, chеkish, аvitаminоz, оg‘ir ruhiy 
tа’sirlаr, infеksiya, аutоimmun jаrаyonning buzilishi vа bоshqа 
оmillаr sаbаb bo‘lаdi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling