M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

tromboz va emboliyalar
Qonning ivish sistemasi buzilganda yoki tomir devori shikast-
langanda qonda uning qator tarkibiy qismlari (fibrin, eritrotsit-
lar, leykotsitlar) cho‘kadi, ular o‘zaro yopishib, tomir bo‘shlig‘ini 
berkitib qo‘yadigan va qon aylanishini buzadigan kompakt massa 


118
– tromb hosil qiladi. Trombning tomirga tiqilib qolishi tromboz 
deyiladi. Odatda, tromb hosil bo‘lish holati asta-sekin ro‘y bera-
di, bu yangidan kengaygan, kollaterallar degan nom olgan mayda 
tomirlar orqali aylanma qon aylanishining bo‘lishi uchun sharoit-
lar orqali vujudga keladi.
Trombning bir qismi asosiy massadan uzilib chiqishi va em-
bolga aylanishi mumkin. Embol tomir bo‘shlig‘ini tomir bo‘ylab 
berkitib qo‘yishi mumkin (emboliya). Yog‘ bo‘lakchalari, havo pu-
fakchalari, travmada yoki infeksiyalarda tomir bo‘shlig‘iga tush-
gan mikrob to‘plamlari ham embol bo‘lishi mumkin. Emboliyada 
qon aylanishi to‘satdan buziladi, kollaterallar rivojlanishga ulgura 
olmaydi, natijada to‘qimalar yoki a’zoning tegishli qismi tez ora-
da nekrozga uchraydi. Bosh miya, yurak va o‘pka tomirlarining 
emboliyalari ayniqsa xavfli bo‘lib, kishining o‘lib qolishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.
Klinik hоlаti vа bеlgilаri. Klinik manzara tromb hosil 
bo‘lishining tezligiga, tomirning katta-kichikligiga va kollateral-
larning soniga bog‘liq. Venalar trombozida qon aylanishining bu-
zilishi qon dimlanishi hodisalari (zararlangan vena sohasida sia-
noz, shish, og‘riq) bilan ta’riflanadi. Arteriyalar trombozida tomir 
bo‘shlig‘i batamom bekilib, qon aylanishining asta-sekin buzilishi 
(gangrena) ro‘y beradi. Arteriyalar emboliyasida to‘satdan keskin 
og‘riq turadi, oyoqlar sovuq qotadi, tomir urmay qoladi va gan-
grena rivojlanadi. Bosh miya, yurak, o‘pka emboliyasida ular ning 
faoliyati to‘satdan to‘xtab qoladi. Emboliya qisman bo‘lganida 
a’zolar faoliyati batamom to‘xtamaydi va davo to‘g‘ri olib borilsa, 
bemor hayotini saqlab qolish mumkin bo‘ladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling