119
yaralar
Yara deb teri yoki shilliq qavat defektiga aytiladi. Yaraning
surunkali kechishi uning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Yaraning hosil bo‘lish
sabablari turli xil, biroq ularning
asosida to‘qimalar oziqlanishining
buzilishi yotadi, bu distro-
fik holatga va nekrozga olib keladi. Yaralar ko‘proq oyoq
venalarining
varikoz kengayishi, obliteratsiyalovchi endarterit
va ateroskleroz zaminida paydo bo‘ladi. Ba’zan
trofik yaralar
nerv tolalari shikastlanganda hosil bo‘ladi.
Davosi. Yaralarni hosil qilgan sabablarni aniqlash zarur.
Uning sababini bartaraf etish, odatda
yaraning tuzalishiga olib
keladi. Venalar varikoz kengayganda ular olib tashlanadi yoki
bog‘lab qo‘yiladi. Yara kesiladi va hosil bo‘lgan teri nuqsoni katta
bo‘lsa, teri transplantanti bilan berkitiladi.
Asab tomirlari shikastlanishi natijasida paydo bo‘lgan
yaralarda ular chandiqli to‘qimalardan
xalos qilinadi, anatomik
jihatdan batamom uzilganida tikiladi. Keyinchalik yara o‘z-
o‘zidan bitib ketadi.
oqma yaralar
Oqma yara deb, a’zo va bo‘shliqlardan
tashqariga yoki
bo‘shliqlarga ochilgan kanallarga aytiladi. Oqma yaralar
tug‘ma
va orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma oqma yaralar: embrional
davrda yoriqlar va
yo‘llarning o‘sib yetilmasligidan hosil bo‘ladigan tug‘ma (bo‘yin,
kindik, qovuq va b.) yaralar.
Do'stlaringiz bilan baham: