M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

.
1.14. to‘g‘ri ichak kasalliklari
to‘g‘ri ichakni tekshirish. Bemorni defekatsiya aktidagi 
kabi cho‘qqaytirib o‘tqazib qo‘yil ganda to‘g‘ri ichakning 
chiqqanligini, tashqi bavosil tugunlarini ko‘rish mumkin. Barmoq 
bilan tekshirishni bemor oyoqlarini qorniga tortib, yonboshi 
bilan yotgan holatida o‘tkaziladi. Buning uchun qo‘lqop kiyiladi. 
Ko‘rsatkich barmoqqa mo‘l qilib vazelin surtiladi va asta-sekin 
to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Barmoq bilan tekshirish to‘g‘ri ichak va 
to‘g‘ri ichak yonidagi kletchatkaning patologik infiltratsiyasini, 
tromb hosil qilgan ichak gemoroidal tugunlarni, to‘g‘ri ichak 
yoriqlarining zichlashgan chetlarini va shu kabilarni aniqlash 
imkonini beradi.
Asboblar bilan tekshi rish o‘tkazishdan oldin huqnalar yorda-
mida bemorning yo‘g‘on va ingichka ichaklari qunt bilan toza-
lanadi. Tekshiruv tizza-tirsak vaziyatida olib boriladi. Rektal 
ko‘zguga vazelin surtiladi va ehtiyotlik bilan 8–10 sm ichkariga 
kiritiladi. Uni asta-sekin chiqara turib, to‘g‘ri ichak ko‘zdan kechi-
riladi. 
Rektoromanoskopiyada ko‘pgina tashxisiy ma’lumotlar olish 
mum kin. Rektoromanoskopga vazelin surtiladi va 25–30 sm 
ichkariga kiritiladi. Ballon yordamida ichakka havo yuboriladi va 
asbobni chiqarayotganda ichak shilliq pardasi ko‘zdan kechiriladi.
To‘g‘ri ichak shilliq pardasinigina emas, balki yo‘g‘on ichak 
shilliq pardasini ham tekshirish uchun kolonofiroskop qo‘llaniladi. 
Elastik optikasi bor bu asbob kerakli burchak ostida egiladi va 
yo‘g‘on ichakning anchagina bo‘limlarini ko‘zdan kechirish 
imkonini beradi.
orqa chiqaruv yo‘lining yoriqlari. Bunga to‘g‘ri ichak 
shilliq pardasining anal teshik sohasida zich najas massalari
yot jismlar va shu kabilardan oz-moz shikastlanishi sabab 
bo‘ladi. Avvaliga shilliq pardaning chiziqli shikasti aniqlanadi. 


156
Keyinchalik yoriq chuqurlashadi, shilliq parda osti qavatigacha 
yetadi, uning chetlari zichlashadi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling