M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Klinikasi. Defekatsiya vaqtida qattiq og‘riq bo‘ladi, ba’zan 
ozroq qon yoki seroz-qon aralash suyuqlik paydo bo‘ladi. 
Yoriq ko‘pincha ich qotishi bilan o‘tadi. Ko‘zdan kechirishda 
terining o‘tuvchi burmasi sohasida «chegaradosh do‘mboqcha» 
ko‘rinishida qalin tortib tugaydigan uzunasiga ketgan oval 
shakldagi yoriq aniqlanadi. Sfinkter tonusi oshganligi, yoriqning 
chetlari va tubi zichlashganligi qayd qilinadi.
Davosi. Yoriq yangi bo‘lganda konservativ davo qilinadi. 
Birinchi navbatda qabziyatni bartaraf etish zarur. Buning uchun 
parhez ovqatlar tanlash kerak. Bu ichning muntazam, yumshoq 
kelishini ta’minlaydi. Bemorga kanakunjut yoki parafin moyi, 
makkai sano va krushina qaynatmasi ichiriladi. To‘g‘ri ichakka 
50–100 ml dan iliq zaytun moyi yuboriladi, belladonnali 
shamchalar buyuriladi, kaliy permanganat yoki ichimlik soda 
solingan vannaga o‘tirish, mikrohuqnalar tayinlanadi.
Konservativ davo kor qilmaydigan surunkali yoriqlarda to‘g‘ri 
ichak sfinkterini mahalliy anesteziya ostida qayta cho‘ziladi. 
Bunda yoriq yanada kattalashadi va bitishi tezlashadi. Davolashda 
qiyin bo‘lgan hollarda yoriq kesiladi va choklar solinadi.
bavosil
Bavosil deganda to‘g‘ri ichak venoz chegaralarining varikoz 
kengayishi tushuniladi va qon ketish, og‘riq bilan kechadi.
Joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi bavosil farq qilinadi. Ichki 
bavosilni ko‘rib bo‘lmaydi va uni barmoq bilan yoki rektoskopik 
tekshiruvda aniqlanadi. Tashqi bavosil tugunlari anal teshik 
yaqinida ko‘rinadi. Qator hollarda bu tugunlarning yallig‘lanishi 
kuzatiladi. Bavosilga ich qotishi, homiladorlik, uzoq vaqt o‘tirish 
natijasida kichik chanoqdagi qon dimlanishi holatlari sabab bo‘ladi.
Klinikasi. Bavosil tugunlarining shunchaki kattalashuvi 
og‘riqqa sabab bo‘lmasligi va bemorni bezovta qilmasligi 
mumkin. Biroq qa tor hollarda ichki bavosil tugunlari katta bo‘lib, 


157
sfinkterning berkitish faoliyati yetarli bo‘lmaganda tashqariga 
chiqib qoladi. Bu sfinkter faoliyatini yanada pasaytiradi. Bunday 
holat to‘g‘ri ichakdagi najasning chiqishiga olib keladi, bu esa, o‘z 
navbatida, anal teshik sohasini kichraytiradi, terisi bichiladi va 
og‘riydi. Qator hollarda defekatsiya paytida oz-moz qon ketishi 
kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Bavosil tugunlari tromboflebitida orqa chiqaruv yo‘li soha­
sida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, bu og‘riq defekatsiya vaqtida 
kuchayadi. Bavosil tugunlari ko‘kimtir tusga kirgan, taranglashgan, 
ustini fibrinoz parda qoplagan, shilliq pardasining ayrim joylarida 
yaralar paydo bo‘ladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling