158
qolishi mumkin. Tashxis barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya
va rektoromanoskopiya asosida qo‘yiladi,
yuqori joylashgan
poliplarda tashxis kolonoskopiyada aniqlanadi.
Davosi. Past joylashgan yakka poliplarda ichakning tegishli
bo‘lagi kesib olib tashlanadi.
to‘g‘ri ichak raki. Anchagina ko‘p uchraydi va boshqa
joylardagi raklar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egallaydi.
Bemorlar
o‘rtasida erkaklar bilan ayollarning nisbati 3/2. Orqa chiqaruv
yo‘li raki kamroq uchraydi, biroq xatarli o‘tadi. To‘g‘ri
ichak
ampulasi va proksimal bo‘limining raki adenokarsinoma yoki
skiir bo‘lib, ba’zan to‘g‘ri ichakning sirkular torayishiga olib
keladi. Metastazlanish limfogen yo‘l
bilan ham, gematogen yo‘l
bilan ham ro‘y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: