M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

bilan ishlatilmasa ovoz boylamlari funksiyasi buzilishi (xirillashi) va

milklar zararlanishi mumkin.

Fibrinolizin, ayniqsa geðarin qonning ivish xususiyati oshgan

holda tomirlar ichida qonning ivish (DVS sindrom) xavfi tug‘il-


101

Umumiy qism

ganda qo‘llaniladi. Fibrinolizin streðtodekaza seðsisda (ayniqsa

streðtokokkli) mumkin emas.

Lidaza va ronidaza qo‘llanilishining cheklanganligiga asosiy sabab,

infeksion jarayon tarqalib ketish xavfining mavjudligidir. Keyingi

yillarda sitoxrom S ni qator infeksiyalar (masalan, virusli geða-

titlar) ni davolashda (to‘qimalarda nafas olishni yaxshilash uchun)

ishlatishga intilishlar qilinmoqda.

Kontrikal va uning analoglari jigarning o‘tkir massiv nekrozida

umumiy davo komðleksi bilan birga ishlatilmoqda.

Aminokaðron kislota antiallergik xususiyatga ega bo‘lib, jigarning

antitoksik funksiyasini oshiradi, mikrogemodinamikani va buyrakda

qon oqimini yaxshilaydi, bularning hammasi organizm detok-

sikatsiyasini ta’minlaydi.

Yuqumli kasalliklar amaliyotida ferment ðreðaratlarni qo‘llash

uchun ko‘rsatmalar quyidagilar: gastrointestinal bezlar sekret-

siyasining buzilishi bilan kechadigan o‘tkir va surunkali oshqozon-

ichak sistemasi hamda jigar, oshqozon osti bezi va ichak kasalliklari

bilan bog‘liq o‘zgarishlar (ðankreatin, oraza, abomin, festal,

digestal, ðanzinorm, mezim, solizim, enzistal, ðankurmen). Ko‘ð-

gina ðreðaratlar yuqori faol enzimlar (liðaza, amilaza, triðsin,

ximotriðsin) va boshqa komðonentlarga ega bo‘lib, ular yog‘,

uglevod, ðoliðeðtid va oqsillarning normal hazm bo‘lishini ta’minlaydi.

Eubiotiklar. Infeksiyalarni davolashda antibiotiklarning keng

qo‘llanilishi u yoki bu darajada disbakteriozga sabab bo‘ladi. Shuning

uchun ichak mikroflorasini tiklashda  bakterial ðreðaratlarni qo‘llash

maqsadga muvofiqdir. Ular orasida kolibakterin, bifidumbakterin va

laktobakterin alohida o‘rin tutadi. Bu ðreðaratlarning hammasi

mohiyatiga ko‘ra, ichak mikroflorasining tabiiy vakillaridir, shuning

uchun ular eubiotiklar deb ataladi.

Kolibakterin  – ichak tayoqchasi kulturasi bo‘lib, uni bir oy

davomida ovqatdan oldin qabul qilinadi. Preðarat vitaminlar bilan

birga tayinlanadi. Davolash jarayonida antibiotiklar qo‘llash man

etiladi. Hozirgi kunda kolibakterinning antibiotiklarga chidamliligini

sun’iy ravishda oshirishga harakat qilinmoqda. Kolibakterinni

qo‘llash uchun monelik qiladigan holatlar yo‘q.

Bifidumbakterin – bolalarga hayotining birinchi yarim yilligida

tayinlanadi. Qabul qilish muddati va qabul qilish usuli kolibakteringa

o‘xshaydi. Bunda ham monelik qiladigan holatlar yo‘q.


102

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Laktobakterin bolalar va kattalarga turli xil etiologiyali surunkali

kolitlar va antibiotiklar ta’sirida yuzaga kelgan disbakteriozlarda

tayinlanadi. Uni nosðetsifik yarali kolit va dizenteriyadan keyin

rekonvalessentlarda vitaminlar bilan birga qo‘llagan ma’qul. Ovqat-

dan 40 minut–1 soat oldin qabul qilinadi. Preðaratni qabul qilish

uchun monelik qiladigan holatlar aniqlanmagan.

Vitaminlar. Yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan isitma, intok-

sikatsiya, anoreksiya vitaminlar, ayniqsa askorbinat kislota va B

guruh vitaminlar o‘zlashtirilishini kamaytiradi.

A s k o r b i n a t  k i s l o t a  (C vitamin). Yuqumli kasalliklarda

askorbinat kislotani sutkasiga 300–400 mg miqdorda qo‘llash talab

qilinadi. U bemor ishtahasini yaxshilaydi va kaðillarlar devorini

mustahkamlaydi. Odatda askorbinat kislotaning 5% li eritmasi 5% li

glukoza eritmasi (400–500 ml) bilan venaga tomchilab yuboriladi.

Preðaratning bunday qo‘llanilishi yordamida organizmda hujayra

ichidagi moddalar almashinuvini normallashtirish uchun sharoit

yaratiladi va natijada bemorning umumiy ahvolini yaxshilashga olib

keladigan immun jarayonlar sifatli kechadi.

S i a n o k o b a l a m i n   (B

12

 vitamin). Yuqumli kasalliklarda



mazkur vitaminning qo‘llanilishi orqali immunitetning sðetsifik va

nosðetsifik omillariga ta’sir ko‘rsatiladi. Vitamin komðleks teraðiya

tarkibida kun ora mushak orasiga 100 mkg miqdorda tayinlanadi.

Ò i a m i n  b r o m i d   (B

1

 vitamin). Bu vitamin neyroinfeksiya,



dizenteriya, nosðetsifik yarali kolit, virusli geðatitlar kabi qator

kasalliklarda komðleks teraðiyada qo‘llaniladi. Mushak orasiga 50–

100 mg sutkalik miqdorda tayinlanadi.

R i b o f l a v i n  (B

2

 vitamin).  B



2

 avitaminoz asosan ichak

infeksiyalari va virusli geðatitda kuzatiladi. Organizmning bu vita-

minga ehtiyoji 5–6 mg.

P i r i d o k s i n  g i d r o x l o r i d  (B

6

 vitamin). Yuqumli



kasalliklarning komðleks davosi tarkibida mushak orasiga 50–100 mg

dan kun ora qilinadi.

Infuzion teraðiya

Glukoza. Amaliyotda glukoza ko‘rsatmaga bog‘liq holda izotonik

(5%) va giðertonik (10–40%) konsentratsiyalarda qo‘llanadi.

Glukoza yonishi uchun insulin zarur. Shuning uchun glukozani



103

Umumiy qism

ðarenteral qo‘llaganda qonning miqdori 4 g glukoza (quruq modda)

ga 1 birlik insulin (oddiy) hisobida korreksiya qilinadi. Preðaratni

uzoq muddat qo‘llaganda kaliyning kundalik miqdori oshadi,

chunki glukoza kaliyning hujayralardan chiqib ketishiga olib keladi.

Òuzli eritmalar. Òuzli eritmalarga asesol, disol, trisol, xlosol va

boshqalar kiradi. Òuzli eritmalarni 38–40

°

C gacha ilitilgan holda



minutiga 40–120 tomchidan yuborish zarur. Ular 500 ml dan

chiqariladi.

Kristalloid eritmalar yordamida organizmdagi suv va tuz tanqis-

ligining o‘rni to‘ldiriladi. Òuzli eritmalarning kichik molekular

og‘irligi ularni 1–2 soat davomida qondan chiqarib yuboradi.

Ma’lum yo‘nalishda ta’sir etuvchi ðreðaratlar. Natriy gidro-

karbonat 3–5% li (ko‘ðincha 4%) eritma holida qo‘llanadi. Preðarat

venaga 50–100 ml miqdorda yuboriladi.

M o n e l i k  q i l u v ch i  h o l a t l a r: o‘ðka shishi, yurak

yetishmovchiligi hamda giðertoniya kasalligi. Kombinatsiya holatida

qo‘llash mumkin bo‘lmagan ðreðaratlar: ðenitsillin, B guruh

vitaminlari.

Mannitol – osmotik diuretik. Inyeksiya uchun mo‘ljallangan suv,

natriy xloridning izotonik yoki glukozaning 5% li eritmasida tayyor-

langan 10–20 % li eritmasi faqat venaga inyeksiya qilinadi.

M o n e l i k   q i l a d i g a n   h o l a t l a r:  yurak yetishmovchiligi,

buyrak yetishmovchiligi va anuriya.

Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar. Gemodez – suvli-tuzli eritma.

Gemodezni qo‘llashdan asosiy maqsad – dezintoksikatsiya o‘tkazish

hisoblanadi. Gemodez qonda toksinlarni bevosita bog‘lab oladi,

buyrakdagi qon oqimini kuchaytiradi, diurezni oshiradi. Shuni ham

ta’kidlash zarurki, ðreðarat tez yuborilganda arterial bosim ðasa-

yadi, ðuls tezlashadi (taxikardiya), nafas olish qiyinlashadi. Kat-

talar uchun bir martalik o‘rtacha teraðevtik miqdori – 400 ml.

M o n e l i k   q i l a d i g a n   h o l a t l a r:  bronxial astma, o‘tkir

nefrit, miyaga qon quyilishi.

Poliglyukin – shokka qarshi ta’sirga ega, qon o‘rnini bosuvchi

ðreðarat, natriy xloridning 0,9% li izotonik eritmasidagi dekstran-

ning 6% li eritmasi.

Reoðoliglyukin  – izotonik eritmada qisman gidrolizlangan

dekstranning 10% li kolloid eritmasi. Preðarat qonning yoðish-

qoqligini kamaytiradi, antikoagulyant ta’sir ko‘rsatadi, mikro-



104

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

sirkulyatsiyani va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishini

yaxshilaydi. Dekstranning bir kunlik eng katta miqdori – 500 ml.

M o n e l i k   q i l u v ch i   h o l a t l a r:  gemorragik diatezlar,

buyrakning organik zararlanishi, miyaga qon quyilishi, yurak

yetishmovchiligi. Bunday holatlarda ko‘ð miqdorda suyuqlik kiritil-

maydi.

Qon ðreðaratlari. Plazma – qonning suyuq qismi bo‘lib, sirkul-



yatsiyadagi qon hajmini oshiradi, uning oqimini, regeneratsiya

jarayonlarini tezlashtiradi, gemodinamik ko‘rsatkichlar va qonning

oqsil tarkibini normallashtiradi hamda gemostatik ta’sir ko‘rsatadi.

Odatdagi vaziyatlarda ðlazma 5–6 kun oralig‘ida 50–200 ml dan

yuboriladi.

M o n e l i k   q i l u v ch i   h o l a t l a r:  qon ivuvchanligining

oshishi, ðarenteral kiritilgan oqsilga organizmning sensibilizatsiyasi.

Albumin – komðleks ta’sirga ega bo‘lgan ðreðarat. U qonning

osmotik bosimini saqlab turadi, gemodinamik ta’sir ko‘rsatadi,

qonda toksik moddalarni bog‘laydi, azotli oziqlanish yetishmaganda

qurilish materiali hisoblanadi.

Albuminni  ðasterizatsiya qilish  B va C geðatitlar viruslarini faol-

sizlantiradi. Organizmga yuboriladigan miqdor eritmadagi albumin

konsentratsiyasiga bog‘liq. 20% eritma yuborilganda 100 ml yetarli,

kam konsentratsiyali eritmalar (5–10%) 200–300 ml miqdorda

qo‘llanadi. Shok holatlarida ðreðarat tez yuboriladi.

M o n e l i k  q i l a d i g a n  h o l a t l a r: bronxial astma, allergik

rinit, Kvinke shishi va boshqa allergik holatlar; 5% li eritma kiritish

uchun – miya shishi va ko‘ð suyuqlik kiritish mumkin bo‘lmagan

holatlar.

Yuqumli kasalliklarni davolashda simðtomatik davolash ham

katta ahamiyatga ega.

B o sh  o g‘ r i g‘ i   har xil sabablar orqali yuzaga kelishi

mumkin, vaqtinchalik yordam sifatida analgin, sitramon, ðanadol

va boshqa og‘riq qoldiruvchi dorilar ishlatiladi.

U y q u s i z l i k d a  dimedrol va boshqa uxlatuvchi ðreðaratlar

ishlatiladi. Ularni uxlashdan 20–30 min oldin qabul qilgan ma’qul.

Psixoteraðiya ham ma’lum ahamiyatga ega.

Q a y t  q i l i sh  deyarli barcha yuqumli kasalliklarda uchraydi.

Buning sabablari toksikoz, oshqozon shilliq qavatlarining ta’sir-

lanishi, ichak kasalliklari, dorilarga sezgirlik va hokazolar bo‘lishi


105

Umumiy qism

mumkin. Shuning uchun qusayotgan bemorlar yuqoridagilarga

muvofiq ravishda turlicha tartibda davolanadilar. Qayt qilishga qarshi

o‘tkaziladigan tadbirlar faqat vrach ko‘rsatmasi asosidagina o‘tka-

zilishi zarur, chunki yuqumli kasalliklarda o‘tkaziladigan norat-

sional davolash bemor ahvolining tezda yomonlashishiga sabab

bo‘ladi.

Giðertermiya (yuqori harorat). Odatda yuqumli kasalliklarda

kamroq ko‘tariladigan haroratni sun’iy ravishda tushirish maqsadga

muvofiq emas, chunki isitma organizmning himoyalanish reak-

siyalaridan biri hisoblanadi. Ammo tana harorati juda yuqori ko‘ta-

rilganda, uni sun’iy ravishda tushirish tavsiya qilinadi. Buning

uchun birinchi navbatda bemorni yechintirish, sovuq qo‘llash,

tanani sðirt bilan artish, zarurat bo‘lganda dori ðreðaratlari –

asetilsalitsilat kislota, novokain bilan analgin va boshqalar qo‘l-

laniladi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan ayrim holatlarda

tibbiy yordam ko‘rsatish

Og‘ir yoki hayoti xavf ostida bo‘lgan, organizm hayotiy  funk-

siyalarining izdan chiqish belgilari bo‘lgan bemorlar odatda

intensiv davolash ðalatasi yoki reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi.

Bu ðalata yoki bo‘lim organizm funksiyalarini kuzatib turish uchun

maxsus asboblar – monitorlar va shoshilinch yordam ko‘rsatish

uchun aððaraturalar bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Intensiv teraðiya o‘tkaziladigan ðalatada ishlovchi tibbiy ham-

shiralar maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tgan bo‘lishlari va bemor

hayotini xavf ostida qoldiradigan turli holatlarda mavjud bo‘lgan

texnik vositalardan foydalana bilishlari shart.

Infeksion toksik shok. Qator yuqumli kasalliklarda uchraydigan

nosðetsifik klinik sindrom. Ko‘ðincha meningokokk infeksiyasi,

griðð, gemorragik isitmalar, ðoliomiyelit, qorin tifi, toshmali tif,

salmonelloz, dizenteriya va boshqa infeksiyalarda uchraydi. Shokning

boshlanish davri umumiy ahvol og‘irlashishi, qo‘zg‘alish, bezov-

talanish (nojo‘ya harakatlar qilish), teri oqarishi, lablar ko‘karishi

bilan xarakterlanadi. Òaxikardiya, nafas yetishmasligi, siydik ajra-

lishining kamayishi shokning I darajasi hisoblanadi. Keyinchalik



106

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

shok chuqurlasha borishi bilan tana harorati tushadi, arterial bosim

ðasayadi, taxikardiya kuchayadi, qo‘zg‘alish aksincha karaxtlik

bilan almashadi, umumiy sianoz kuzatiladi, siydik ajralishi kama-

yadi, qonda oksidlanib tugallanmagan mahsulotlar miqdori oshadi

(asidoz), giðoksiya va giðokaliyemiya aniqlanadi. Bular shokning II

darajasidir. Shok rivojlanishining keyingi davrida kuchli umumiy

sianoz, kuchli giðotermiya, es-hush buzilishi, iðsimon ðuls,

arterial bosimning katastrofik tushib ketishi kuzatiladi. Bu vaqtda

siydik umuman ajralmay qolishi (anuriya), kuchli asidoz, ayrim

hollarda shilliq ðardalar va ichki a’zolarga qon quyilishi mumkin.

Sh o sh i l i n ch  yo r d a m  shokning boshlang‘ich davrida

arterial bosim, diurez va EKG ni nazorat qilgan holda venaga

tomchi usulida glukoza eritmasi (10% li –500 ml), insulin 16

birlikda, ðrednizolon 60–120 mg, ðanangin 10 ml, laziks 40 mg

yuboriladi. Òomchilab yuborishning oxirida 400 ml reoðoliglyukin

5 ming birlikda (1 ml) geðarin bilan venaga tomchi usulida yuboriladi.

Relanium 2 ml mushak orasiga yuboriladi. Shok yanada zo‘rayib

borganda takroran venaga tomchilab 500 ml 10% li glukoza eritmasi,

16 birlikda insulin, 120 mg ðrednizolon, 10 ml ðanangin yubo-

riladi. Reoðoliglyukin 400 ml miqdorda 10000 birlikdagi geðarin

bilan birga yuboriladi. Relanium 2 ml mushak orasiga qilinadi. Shu

bilan birga venaga zudlik bilan 60–80 mg laziks qilinadi. Organizmda

suyuqlik ushlanib qolganda 500 ml 10% li mannitol venaga tomchi-

lab minutiga 60 tomchi tezlikda yuboriladi. Mannitoldan keyin

venaga oqim bilan 20% li –20 ml glukoza va 2,4% li –10 ml eufillin

yuboriladi. Asidozda venaga tomchilab 20 ml kaliy xlorid va 4% li –

200 ml natriy gidrokarbonat tayinlanadi. Diurez tiklangandan keyin

tuzli eritmalar (trisol, kvartasol, asesol, xlosol) kiritiladi. Yurak

to‘xtaganda uni bilvosita massaj qilib, venaga yoki yurak ichiga 10 ml

natriy xloridning izotonik eritmasida 0,1% li – 0,5–1 ml norad-

renalin gidroxlorid, 0,1% li –1 ml atroðin sulfat va 10% li –5 ml

kalsiy xlorid yuboriladi. Nafas to‘xtaganda nafasni sun’iy ventilyat-

siya qilib, teri ostiga 3 ml kordiamin tayinlanadi.

Bosh miya shishi. Ko‘ðgina yuqumli kasalliklarda uchrashi

mumkin, lekin meningokokk infeksiyasi, ensefalit, bezgak bilan

og‘rigan bemorlarda ko‘ðroq kuzatiladi.

Dastlabki belgilari zo‘rayib boruvchi bosh og‘rig‘i, ko‘ngil

aynishi va qusish, harakatli va ðsixik qo‘zg‘alishlar hisoblanadi.


107

Umumiy qism

Ko‘ðincha talvasa sindromi aniqlanadi. Keyinchalik koma boshlanadi.

Bemor ukollarni sezmaydi, reflekslar ðasayadi. Ko‘ð hollarda

arterial bosim vaqtinchalik oshib, ðuls sekinlashadi, bu giðotoniya

va taxikardiya bilan almashadi. Nafas ritmi buziladi, o‘lim nafas

markazlarining falajlanishi natijasida nafas to‘xtashi tufayli yuzaga

keladi.

Shoshilinch tadbirlar quyidagilardan iborat:



1. Asosiy kasallikni etiotroð davolash.

2. Dezintoksikatsion teraðiya: birinchi sutkalardayoq venaga

tomchi usulida umumiy hajmi 3 l gacha glukoza, gemodez, ðolig-

lyukin eritmalarini yuborish.

3. Organizmdan suyuqlikni chiqarish uchun mannitol (20% li

eritma), albumin (10% li –100 ml), laziks (40–80 mg mushak

orasiga yoki venaga tomchilab yuborishning oxirida) tayinlash.

4. Qonning elektrolit tarkibini normaga keltirish: natriy gidro-

karbonat (2% li –20–50 ml), kaliy xlorid (7,5% li –10–15 ml),

venaga natriy xloridning izotonik eritmasini yuborish.

5. Gormonlar: ðrednizolon (60–90 mg mushak orasiga, venaga,

kuniga 2–3 marta), deksametazon (10–12 mg venaga), gidro-

kortizon (sutkada 1 g gacha), ðanangin (venaga 10 ml gacha)

tayinlash.

6. Arterial bosimni ðasaytirish uchun: eufillin (2,4% li –10 ml

glukozaning 40% li –20 ml eritmasida venaga tomchilab yoki oqim

bilan), dibazol (1% li –2–4 ml), ðaðaverin gidroxlorid (2% li – 4–

6 ml teri ostiga) yuborish.

7. Òalvasa sindromini yo‘qotish uchun: diazeðam (0,5%–2 ml

mushak orasiga), 10 ml natriy xloridning izotonik eritmasida

suðrastin (2% li – 1–2 ml) venaga sekinlik bilan, magniy sulfat

(25% li – 10 ml mushak orasiga), droðeridol (0,25% li – 2–5 ml

venaga, mushak orasiga), natriy oksibutirat (20% li –10 ml

venaga, mushak orasiga) tayinlash.

8. Kisloroddan foydalanish.

Giðovolemik shok. Asosan vaboning og‘ir shaklida rivojlanadi.

Ko‘ð hollarda salmonelloz, ovqat toksikoinfeksiyalari va boshqa

ichak infeksiyalarida uchraydi.

Sh o sh i l i n ch  yo r d a m:

Davo tadbirining I bosqichida ilitilgan (38

°

C gacha) tuzli



eritmalar yuboriladi: trisol, asesol, laktosol, kvartasol venaga tez

108

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

oqadigan holda boshida minutiga 100–120 ml 30 minut davomida,

so‘ngra 50–75 ml/min tezlik bilan bir soat davomida yuboriladi.

II bosqich – venaga tomchi usulida shu eritmalar 5–10 ml/min

tezlikda arterial bosim, ðuls, qonning yoðishqoqlik ko‘rsatkichlari

va sirkulyatsiyadagi qon hajmini nazorat qilib turish bilan qilinadi.

III bosqich – shokdan keyingi davr – iliq (40–45

°

C) holda tuzli



eritmalar unchalik katta bo‘lmagan ðorsiyalarda tez-tez ichiladi.

Giðovolemiya vaqtida EKG ni nazorat qilgan holda venaga

tomchilab 4% li yoki 7,5% li kaliy xlorid eritmalari yuboriladi.

Og‘ir isitmali va giðotonik holatlarda 90–120 mg ðrednizolon

venaga qisqa kurs (1–3 kun) bilan yuboriladi.

Qonning elektrolit tarkibini normaga keltirish uchun natriy

gidrokarbonat, kaliy xlorid va natriy xloridning izotonik eritmasi

tayinlanadi.

M o n e l i k  q i l a d i g a n  h o l a t l a r: qayt qilganda ham davo

oshqozonni yuvishdan boshlanmaydi, suvsizlanish tufayli yuzaga

kelgan giðotoniyada adrenalin, noradrenalin, mezaton qilish

mumkin emas. Plazma, kolloid va oqsilga boy bo‘lgan eritmalar start

beruvchi eritmalar sifatida qo‘llanmaydi.

O‘tkir jigar yetishmovchiligi. Jigarning kuchli zararlanishi tufayli

markaziy nerv sistemasida yuzaga keladigan o‘zgarishlardir.

S h o s h i l i n c h   y o r d a m. Birinchi navbatda venaga quyidagilar

yuboriladi: glukoza  5% li – 400 ml, askorbinat kislota 5% li – 5 ml,

korglikon 0,06% li – 0,5 ml, ðanangin 10 ml, insulin 8 birlik,

kokarboksilaza 150 mg, ðaðaverin 2% li – 6 ml, ðrednizolon 150–

250 mg. Bu ðreðaratlarni yuborgandan keyin 400 ml reoðolig-

lyukin geðarin (10000 birlik) bilan venaga tomchi usulida kiritiladi.

Gemorragik sindrom vaqtida aminokaðron kislota 5% li –150 ml va

glukozada kontrikal (40000 birlikda) venaga tomchilab yuboriladi

hamda vikasol 1% li –1 ml mushak orasiga 3 kun davomida tayin-

lanadi. Intoksikatsiyani yo‘qotish uchun venaga tomchilab albumin

10% li –200 ml, mannitol 30% li –500 ml, gemodez 400 ml va

mushak orasiga ðrednizolon 240–300 mg yuboriladi. Dorilarni

tomchilab yuborgandan keyin shishga xos sindromni yo‘qotish

uchun laziks 40–80 mg, reoðoliglyukin 400 ml venaga yuboriladi.

Kislota-ishqor muhitini korreksiya qilish uchun natriy gidro-

karbonat 4% li –200 ml venaga yuboriladi. Psixomotor qo‘zg‘alishda

natriy oksibutirat 20% li –10 ml venaga sekinlik bilan yuboriladi.



109

Umumiy qism

Giðoksiyani yo‘qotish uchun oksigenoteraðiya o‘tkazish mumkin.

Juda og‘ir hollarda jigarning buzilgan funksiyalarini tiklash

maqsadida ðlazmoforez, gemosorbsiya va boshqalar qo‘llanadi.

Anafilaktik shok. Odatda yuborilgan ðreðaratlar – antibiotiklar,

oqsil ðreðaratlari va boshqalarning mos kelmasligi natijasida rivoj-

lanadi.

S h o s h i l i n c h   y o r d a m. Birinchi navbatda ðreðarat yubo-



rishni zudlik bilan to‘xtatish zarur. Karavotning bosh tomoni

tushiriladi. Allergen so‘rilishini kamaytirish uchun ðreðarat

yuborilgan joyning yuqori qismiga (ðreðarat mushak orasiga kiri-

tilganda – mahalliy sovuq) jgut qo‘yiladi. Adrenalin gidroxlorid

0,1% li – 0,5–1 ml va ðrednizolon 60 mg, ikkala ðreðarat ham

venaga oqim bilan yuboriladi. Reoðoliglyukin 400 ml venaga tomchi

usulida tayinlanadi. Geðarin 5000 birlikda dekstran eritmasida,

venaga tomchilab – natriy xloridning izotonik eritmasi 400 ml,

ðrednizolon–60–90 mg, droðeridol 0,25% li –2 ml, strofantin

0,05% li –1 ml buyuriladi. Òeri ostiga kofein 10% li –2 ml va

kordiamin 25% li –2 ml qilinadi. Penitsillin shokida bu ðreðaratlarga

qo‘shimcha ravishda – ðenitsillinaza 1 mln birlikda mushak orasiga 2

ml natriy xloridning izotonik eritmasida ðenitsillindan keyin

yuboriladi. Bu 12–24 soatdan keyin takrorlanadi. Òalvasada seduk-

sen, natriy oksibutirat qilinadi. Bronxosðazm yoki hiqildoqda shish

bo‘lganda salbutamol yoki venaga 5% li glukoza eritmasida 2,4% li

eufillin, atroðin sulfat 0,1% li – 0,5 ml teri ostiga, 40% li – 20 ml

glukoza venaga oqim bilan, ðrednizolon 60 mg hamda kislo-

rodoteraðiya tayinlanadi.

Nazorat savollari

1. Yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni davolash qoidalari

nimalardan iborat?

2. Sðetsifik immunoteraðiya nima?

3. Kimyoteraðiya uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi?

4. Qanday ferment ðreðaratlarni bilasiz?

5. Infuzion teraðiyada qanday eritmalar ishlatiladi?

6. Simðtomatik davo nima?

7. Bemordagi qanday holatlar shoshilinch yordam talab qiladi?



110

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Yuqumli kasalliklar bilan ogrigan bemorlarni

davolash boyicha testlar va vaziyatli masalalar

1. Antibiotiklar yordamida dezintoksikatsiya o‘tkazish mum-

kinmi?

A) ha; B) yo‘q.



2. Interferon virusga qarshi ta’sir ko‘rsata oladimi?


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling