M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

kechadigan shaklidir. Faqat ular kasallikka xos bo‘lgan qo‘shimcha

immunologik (bunda sðetsifik antitelolarning oshishi kuzatiladi) va

boshqa laboratoriya tahlillarining o‘zgarishlari asosidagina aniq-

lanishi mumkin.

Autoinfeksiya (endogen) – organizmning asosiy vazifalarini

boshqarib turgan fiziologik mexanizmlar (immunitet, almashinuv

jarayonlari va b.)ning buzilishi natijasida rivojlanadigan kasallik.

Latent infeksiya – uzoq (6 oydan ortiq) davom etadigan yuqumli

kasallik bo‘lib, ko‘ðincha ijobiy natija bilan yakunlanadi. Bu kuchsiz

immun javobiga ega bo‘lgan kishilar organizmida uchraydi. Uzoq

cho‘ziladigan kasallikning shakllanishidagi asosiy sabablardan biri–

bu mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligidir.

Sust infeksiya – organizmga viruslar (virionlar, ðrionlar)

tushishi natijasida rivojlanadigan yuqumli kasallikdir. Bu infeksiya

uzoq (oylar, yillar) davom etadigan yashirin davrga egaligi, sekin

rivojlanib borishi, to‘qima va a’zolarning o‘ziga xos zararlanishi,

onkogen ta’siri va ko‘ðincha o‘lim bilan tugashi bilan xarakterlanadi.

Infeksiya tashuvchanlik – infeksiya tashib yuruvchilar (bakte-

riya, ðarazit, virus tashuvchanlik) sog‘lom bo‘lishlari mumkin

(tranzitor tashuvchanlik). Bunda organizmda kasallik qo‘zg‘atuv-

chisining bo‘lishiga qaramay nafaqat kasallik belgilari, balki im-

munologik o‘zgarishlar ham kuzatilmaydi. Yuqumli kasallik yaku-

nida 3 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchisining toðilishi o‘tkir rekon-

valessent deb yuritiladi, 3 oydan oshsa – surunkali deyiladi.

Reinfeksiya – mazkur mikrobning organizmga qayta tushishi

natijasida kasallikning yana rivojlanishidir.



Suðerinfeksiya – birlamchi mikrobning organizmda yo‘qol-

masdan turib qaytalanishidir.



13

Umumiy qism

Yuqumli kasalliklarning xususiyatlari

Yuqumli kasalliklarga qator xususiyatlar xos bo‘lib, shular

orqali ular umumsomatik (yuqumli bo‘lmagan) kasalliklardan farq

qilinadi. Bularga quyidagilar kiradi:

 – etiologik xususiyati (yuqumli kasallikning o‘zining sðetsifik

qo‘zg‘atuvchisiga egaligi);

– eðidemiologik xususiyati (yuqumliligi);

– klinik xususiyati (kasallikning davrlar bilan kechishi);

– immunologik xususiyati (immunitet ðaydo bo‘lishi).

Etiologik xususiyati – yuqumli kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga

ega bo‘lgan ðatogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) mikroblar ya’ni

bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, sðiroxetalar vujudga kelishi-

ning bevosita sababi hisoblanadi. Infeksion jarayonni chaqirish

xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning asosiy xususiyatlariga

ðatogenlik, virulentlik, invazivlik va toksigenlik kiradi.



Patogenlik – bu mazkur mikrobning kasallik qo‘zg‘ata olish

xususiyatidir. Bu belgiga ko‘ra mikroorganizmlar ðatogen, shartli

ðatogen va noðatogen (saðrofit) mikroorganizmlarga bo‘linadi.

Patogenlik faqat ma’lum sharoitda unga moyil organizmda namoyon

bo‘ladi. Masalan, tovuqlardagi vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchilari

odam organizmiga ðatogen ta’sir o‘tkaza olmaydi, gonokokklar va

qizamiq virusi esa hayvonlarda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi.

Virulentlik – ðatogenlik darajasidir. Virulentlik faqat tirik hujay-

ralarga xos bo‘lib, tajribada shartli qabul qilingan birliklar – Dlm

(Dosis letelis minima – o‘limga sababchi bo‘luvchi minimal doza)

bilan o‘lchanadi. Bu ma’lum vaqt ichida ma’lum bir usulda tajriba

hayvoniga yuborilganda uni o‘limga olib keladigan eng kam miq-

dordagi mikroblarga teng bo‘lgan miqdordir. Bunda o‘lgan hayvonlar

soni 95% dan kam bo‘lmasligi kerak. Mikrobning virulentligi

o‘zgarib turishi mumkin (infeksion jarayon mobaynida yoki anti-

bakterial teraðiyada).

Invazivlik – bu mikroorganizmning to‘qima hamda a’zolarga kira

olish va ularda tarqalish xususiyatidir. Bu xususiyat ularning

gialuronidaza va neyraminidaza kabi fermentlar ishlab chiqarish

qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu fermentlar qo‘shuvchi va boshqa

to‘qimalar o‘tkazuvchanligini buzadi va mikrobning organizmda

tarqalishi uchun sharoit yaratadi.



14

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Òoksigenlik – mikrobning toksinlar ishlab chiqarish va ajratish

xususiyati. Bakteriya hujayrasi ishlab chiqargan toksik moddalar ikki

guruhga – ekzotoksinlar va endotoksinlarga bo‘linadi. Ekzotoksinlar

(oqsil tabiatli moddalar) asosan grammusbat mikroblar, masalan,

stafilokokklar, streðtokokklar, qoqshol, botulizm, difteriya, gazli

gangrena va boshqa mikroblar tomonidan ishlab chiqiladi va tashqi

muhitga (to‘liq yoki qisman) ajratiladi. Ekzotoksinlar asosan

termolabil (yuqori haroratga chidamsiz) hisoblanadi. Ekzotoksinlar

uchun sðetsifiklik xos, ya’ni ular makroorganizmga ta’sir qilganda

bu toksinga xos belgilar namoyon bo‘ladi. Masalan, qoqshol

qo‘zg‘atuvchisi ekzotoksinlari mushaklarning sðastik qisqarishiga

olib kelsa, difteriya qo‘zg‘atuvchisi toksini nekrotik va ðaralitik

ta’sirga ega. Bundan tashqari ekzotoksinlar zaharlilik (kam miqdorda

kuchli ta’sir etish) va antigenlik (organizmning ularga nisbatan

javob reaksiyasi tariqasida antitelolar hosil qilishi) xususiyatlarini

namoyon qiladi. Endotoksinlar mikrob hujayrasi bilan mustahkam

birikkan bo‘lib, ular ko‘ðincha mikrob hujayrasining ðarchalanishi

(yorilishi) natijasidagina ajralishi mumkin. Endotoksinlar asosan

grammanfiy mikroblar (tif-ðaratif, brusellyoz, tularemiya,

esherixioz va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari)da uchraydi.  Ular

ekzotoksinlardan farqli  o‘laroq yuqori haroratga ancha chidamli,

kam zaharli va kam sðetsifik xususiyatga ega. Ayrim bakteriyalar ham

ekzotoksinga, ham endotoksinga ega bo‘ladi. Bunday mikroblarga

ichak tayoqchasi, vabo va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari kiradi.

Eðidemiologik xususiyati. Yuqumli kasalliklarning asosiy xusu-

siyatlaridan biri uning yuqumliligidir, ya’ni uning kasallangan

odamdan sog‘lom odamga o‘tishidir. Kasallangan odam infeksiya

manbai hisoblanadi va atrofdagi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi.

Infeksiya turli yo‘llar bilan yuqishi mumkin (havo,suv va b.).

Klinik xususiyati. Yuqumli kasalliklarga davriylik xos, ya’ni

kasallik ma’lum davrlar almashinishi bilan kechadi. Kasallikning

yashirin (inkubatsion), ðrodromal (dastlabki belgilarning ðaydo

bo‘lishi), avj olish va rekonvalessensiya (sog‘ayish) davrlari

uchraydi.



Yashirin davr. Bu davr mikrobning organizmga tushgan ðaytidan

boshlab kasallikning dastlabki belgilari ðaydo bo‘lgunga qadar

o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda mikroblar organizmda

ko‘ðayadi va tarqaladi. Organizm esa bunga javoban o‘z reaktivligini



15

Umumiy qism

oshiradi. Lekin bu  o‘zgarishlar klinik jihatdan namoyon bo‘lmaydi.

Yashirin davr turlicha davom etadi. Bu davr bir necha soatdan

(griðð, botulizm, ovqat toksikoinfeksiyasi) bir necha hafta, oy va

hatto yillargacha (qoqshol, quturish, OIÒS) davom etishi mumkin.

Yashirin davr davomiyligi karantin muddatini aniqlashda, shifo-

xona ichi infeksiyalari ðrofilaktikasida va kasallikdan keyin bemor-

larga jamoa orasida bo‘lishga ruxsat berishda hisobga olinadi.



Prodromal davr. Bu davrda kasallikning dastlabki belgilari

kuzatiladi. Bular holsizlik, haroratning ko‘tarilishi, uyquning

buzilishi va ishtahaning ðasayishi kabilar bo‘lib, ular ko‘ðgina

yuqumli kasalliklar uchun umumiydir. Shuning uchun bu davrda

kasallikka aniq tashxis qo‘yish ancha qiyin bo‘lishi mumkin.

Lekin ayrim yuqumli kasalliklarda ðrodromal davrdayoq kasal-

likka xos bo‘lgan asosiy belgilarni ko‘rish mumkin. Masalan,

qizamiqning ðrodromal davrida uchraydigan kataral belgilar,

chinchechakda terida o‘ziga xos joylashgan toshmalar, virusli

geðatitda – kataral, disðeðtik, artralgik, astenovegetativ yoki

ularning birga uchrashi kasallikka tashxis qo‘yishda hal qiluvchi

belgilar bo‘lib hisoblanishi mumkin.



Kasallikning avj olish davri. Bu davrda kasallikka xos bo‘lgan

barcha belgilar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Klinik belgilarni to‘g‘ri

baholash uchun ularni kardinal fakultativ va umumiy belgilarga

ajratish zarur. Kardinal belgilar kasallik uchun  xos bo‘lgan asosiy

belgilardir. Masalan, qoqsholda trizm (chaynash mushaklarining

tarangligi va tortishib qisqarishi), botulizmda diðloðiya (ko‘zga

buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi) va ðtoz (yuqori qovoqning

osilishi) kardinal belgilar hisoblanadi. Fakultativ belgilar ham

kasallik uchun xos belgilar hisoblansa-da, ular boshqa ayrim

kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Masalan, dizenteriyada kuza-

tiladigan shilimshiq va qon aralash ich ketishi salmonellozda ham

kuzatilishi mumkin. Umumiy belgilar ko‘ðgina kasalliklarda kuza-

tiladi (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning buzilishi va

hokazolar). Kasallikning avj olish davrida ichki a’zolarda o‘zga-

rishlar ðaydo bo‘ladi, ya’ni ðatologik jarayon ularni ham qamrab

oladi. Bu davrda laboratoriya tahlillari va instrumental ko‘rsat-

kichlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.

Ko‘ðgina yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan belgilardan biri

haroratning ko‘tarilishidir. Bemorda tana harorati asosan qo‘ltiq osti


16

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

sohasida o‘lchanadi. Haroratni o‘lchashdan oldin qo‘ltiq osti sohasi

quruq artiladi. Òermometr dezinfeksiya qilingan, quruq va simob

ustunchasi shkaladan ðastga tushirilgan bo‘lishi zarur. Òana harorati

sutkada kamida 2 marta (zarur bo‘lganda undan ortiq) o‘lchanadi va

olingan natijalar haroratni belgilovchi varaqqa belgilab boriladi (egri

chiziq hosil bo‘ladi). Òermometr ishlatilgandan keyin tubiga ðaxta

solingan stakandagi dezinfeksiyalovchi eritmada saqlanadi. Òana

harorati ko‘tarilishi (isitma reaksiyalari)ning davomiyligi, balandligi

va isitma egri chiziqlarining tiðlari bo‘yicha bir necha turlarga

bo‘linadi. Davomiyligi bo‘yicha isitma o‘tkir (2 haftagacha davom

etadi), o‘rtacha o‘tkir (6 haftagacha davom etadi) va surunkali (6

haftadan ziyod) bo‘ladi. Haroratning balandligi bo‘yicha quyidagi

turlari farq qilinadi: subfebril (37–38°C), febril (38–39°C),

yuqori, ya’ni ðiretik (39–40°C) va o‘tkir yuqori, ya’ni giðerðiretik

(41°C va undan yuqori). Isitma egri chiziqlarining quyidagi turlari

mavjud: doimiy, remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi), almashib

turadigan, qaytalama, to‘lqinsimon, gektik (holdan toydiruvchi),

aynigan, atiðik va hokazolar (1-rasm).

Doimiy isitma (febris continua) – ertalabki va kechqurungi

harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi. Bunday isitma qorin tifi,

toshmali tif, o‘lat, qizamiq kasalliklarining avj olish davrida

kuzatiladi.

Remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitma (febris remittens) –

ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq ko‘ðincha 2–2,5°C ga

yetadi (normaga tushmagan holda). Bu isitma seðsis holatlarida, A-

ðaratif, Ku-isitma, kanadan yuqadigan qaytalama tifda uchraydi.

Subfebril isitma – haroratning sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan

oshmaydi.

Almashib turadigan isitma (febris intermittens) – tananing

yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan alma-

shadi. Bunday isitma tiði uch kunlik va to‘rt kunlik bezgak kasalligi

uchun tiðik hisoblanadi.

Qaytalama isitma (febris recurrens) – tana harorati birdan

yuqori  ko‘tarilib 3–7 kun davomida shunday saqlanadi va odatda

tezda normaga tushadi. Bir necha kundan keyin harorat yana ko‘ta-

riladi. Bunday isitma qaytalama tif kasalligiga xos.

Òo‘lqinsimon isitma (febris indulans) – bir necha kun, hatto

hafta davomida isitma egri chizig‘i to‘lqinsimon ko‘tarilib va ðasayib


17

Umumiy qism

turadi. Isitmaning mazkur tiði brusellyoz bilan kasallangan

bemorlarda kuzatiladi.

Gektik  (holdan toydiruvchi) isitma (febris hectica) – bunda

haroratning remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitmaga nisbatan

katta sutkalik oraliq bilan o‘zgarishi (3–5°C) hamda birdaniga

normagacha va undan ham ðastga tushishi kuzatiladi. Bu seðsis va

silning og‘ir shakllarida uchraydi.

Aynigan isitma (febris inversa) – ertalabki haroratning kech-

qurungi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sil,

seðsis va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Atiðik isitma (febris irregularis et atiðica) – yuqori va o‘rtacha

haroratning har xil va qonuniyatsiz sutkalik o‘zgarishi bilan

xarakterlanadi. Meningit, griðð, kuydirgi kasalliklarida kuzatilishi

mumkin.

Òana harorati kritik (birdaniga) va litik (asta-sekin) tushishi



mumkin. Kritik tushishda – harorat bir necha soatlar davomida

normaga tushadi (masalan, qaytalama tifda). Bunda kollaðs holati

kuzatilishi mumkin. Harorat esa asta-sekin (5–8 kun davomida)

normaga tushadi.

1-rasm. Isitma egri chiziqlarining tiðlari.

a–doimiy; b–remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi); d–subfebril; e–almashib

turadigan; f–qaytalama.

2 – Yuqumli kasalliklar



18

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Òoshmalar ham yuqumli kasalliklar uchun xarakterli belgilar

hisoblanadi. Òoshmalarning har xil turlari farq qilinadi.

R o z e o l a  alohida uchraydigan, kam sonli, och qizil rangli

dog‘lardir. Odatda ular teridan ko‘tarilib turadi va o‘zaro qo‘shilib

ketmaydi. Òoshmalar barmoq, shisha bilan bosib ko‘rilganda yoki

atrofidagi teri tortilganda yo‘qoladi va unga nisbatan bosim to‘xta-

tilganda yana ðaydo bo‘ladi. Ular odatda 2–5 kundan keyin izsiz

yo‘qoladi.

P e t e x i a l  toshmalar asosan mayda elementlardan tuzilgan

bo‘lib, bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydi. Bu toshmalar mayda qon

tomirlardan qon quyilishi tufayli ðaydo bo‘ladi. Shuning uchun ham

ularning rangi har xil bo‘ladi: yangi hosil bo‘lganlari – och qizil,

keyinchalik esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi.

U r t i k a r  toshma qichitqi o‘t ta’sirida terida kuzatiladigan

o‘zgarishlarni eslatadi. Buni ko‘ðincha eshakyemi nomi bilan

yuritadilar. U teridan ozroq ko‘tarilgan bo‘lib, toshma elementlari

ancha yirik va qizg‘ish rangda bo‘ladi. Birdaniga ðaydo bo‘ladi va uzoq

vaqt saqlanmaydi – izsiz yo‘qoladi. Kasallikning o‘ziga xos belgila-

ridan kuchli qichishish kuzatiladi.

E r i t e m a – terining ma’lum sohada yaxlit qizarishidir.

P a ð  u l a – har xil kattalikdagi va shakldagi qattiq yoki yumshoq

tuguncha.

V e z i k u l a – ichida seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan ðufakcha.

P u s t u l a – ichida yiring bo‘lgan ðufakcha.

Yuqumli kasalliklarda limfatik tugunlarning  kattalashishi alohida

e’tiborga loyiq bo‘lib, bu ayniqsa tularemiya va o‘latning asosiy

belgilaridan biri hisoblanadi. Ko‘ð hollarda bo‘g‘imlar (brusellyoz)

va shilliq ðardalar (toshmali tif, leðtosðiroz) zararlanadi. Deyarli

hamma vaqt u yoki bu darajada ichki a’zolarda  o‘zgarishlar kuza-

tiladi: yurak-qon tomir sistemasida – yurak tonlarining bo‘g‘iqligi,

arterial bosimning ðasayishi, ðulsning tezlashishi yoki susayishi

(haroratga mos bo‘lmagan holda susayishi –qorin tifiga xos); nafas

olish a’zolarida – nafas yetishmasligi, ko‘karish, o‘ðkani eshitib

ko‘rganda xirillashlar; ovqat hazm qilish sistemasida – ich ketishi

(ovqat toksikoinfeksiyasida), shilimshiq va qon aralash ich ketish

(dizenteriyada), guruch qaynatmasi rangida ich ketishi (vaboda);

siydik ajratish sistemasida – siydikning to‘q sariq tusga kirishi

(virusli geðatit), siydikda qon bo‘lishi (buyrak sindromi bilan


19

Umumiy qism

kechadigan gemorragik isitma). Nerv sistemasining zararlanishi ham

yuqumli kasalliklarda ko‘ð uchraydigan holatlardan bo‘lib (alah-

sirash, ta’sirlanuvchanlik, qo‘zg‘alish va b.), bunday bemorlarni

doimiy kuzatib turish lozim. Yuqumli kasalliklarga chalingan

bemorlarni har tomonlama tekshirish uchun tukillatib ko‘rish

(ðerkussiya), eshitib ko‘rish (auskultatsiya), ðayðaslab ko‘rish

(ðalðatsiya) usullari va boshqalar qo‘llaniladi. Laboratoriya tahlillari

eng asosiy tekshirish usullaridan hisoblanadi. Bundan tashqari

instrumental tekshirish usullaridan ham keng foydalaniladi.

Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri. Bu davr ko‘ðincha to‘la

sog‘ayish bilan tugallanmasligi, ya’ni bunda qoldiq belgilar

kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda kasallikning o‘tkir shakli

surunkali shakliga o‘tishi mumkin (brusellyoz, virusli geðatitlar).

Ba’zi infeksiyalarda (bezgak) kasallikning qaytalanishi – residiv-

lar kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechganda o‘lim bilan yakunlanishi

mumkin. Hozirgi vaqtda tibbiy fanlarning jadal rivojlanishi va bunda

katta yutuqlarni qo‘lga kiritilishi tufayli yuqumli kasalliklardan

o‘lish hollari ancha kamaygan.

Immunologik xususiyati. Mikroorganizmlar va ularning zaharlari

antigen (yot) xossaga ega, ular ta’sirida organizmda normal

fiziologik jarayonlar buziladi va bir vaqtda mikroblar va ularning

zaharlarini yo‘qotish va ðatologik jarayonni to‘xtatish uchun

himoya omillari ishga tushadi (immunitet hosil bo‘ladi). Immunitet

ta’sirida organizm ðatogen mikroorganizm va uning zaharidan ozod

bo‘ladi.


Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi

Yuqumli kasalliklar infeksiya manbai bo‘yicha ikkita katta guruhga

bo‘linadi:

 1. Antroðonozlar – faqat odamlar kasallanadigan kasalliklar. Bu

kasalliklar hayvonlarda uchramaydi. Bularga qorin tifi, difteriya,

virusli geðatitlar va boshqalar kiradi. 2. Zoonozlar – odam va hay-

vonlar kasallanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Bularga brusellyoz,

quturish, kuydirgi va boshqalar kiradi.

Ma’lumki, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kasal odam-

lardan sog‘lom odamlarga turli yo‘llar bilan yuqadi, bu esa kasallik



20

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

qo‘zg‘atuvchilarining organizmda joylashgan joyiga bog‘liq.  Infek-

siyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning

L.V.Gromashevskiy  klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga

bo‘linadi:

I. Ichak infeksiyalari. Bu infeksiyada bemor va kasallik qo‘z-

g‘atuvchilarini tashib yuruvchilar infeksiya manbai hisoblanadi.

Bemor organizmidan ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari asosan

axlat, qusuq massalari va siydik bilan ajraladi. Infeksiya tashqi

muhitdan organizmga ifloslangan ovqat yoki ichimlik suvi bilan

oshqozon-ichak yo‘llari (fekal-oral yuqish) orqali tushadi (2-

rasm).


Ichak infeksiyalariga ovqat toksikoinfeksiyalari, dizenteriya,

salmonellozlar, esherixiozlar, tif-ðaratif kasalliklari, botulizm,

vabo, ko‘ðchilik gelmintozlar va boshqalar kiradi.

2-rasm. Ichak infeksiyalarining yuqish mexanizmi.

A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–qo‘zg‘atuvchining

defekatsiyada chiqishi; 2–infeksiyani yuqtiruvchi omillar; 3–qo‘zg‘atuvchining og‘iz

orqali kirishi.

  II. Nafas yo‘llari infeksiyalari. Kasallik manbai bemor va

bakteriya (virus) tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yo‘talganda,


21

Umumiy qism

aksirganda va gaðlashganda og‘iz va burun bo‘shlig‘ida ðatogen

mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar) havoga ajralib chiqadi.

Sog‘lom odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarkibida

mikroorganizmlar bo‘lgan havodan nafas olish natijasida tushadi

(3-rasm).

Bu guruhga griðð, ðaragriðð, adenovirusli infeksiya, difteriya,

meningokokk infeksiyasi, chinchechak, ornitoz, mononukleoz va

ko‘ðgina boshqa bolalar infeksiyalari kiradi.

III. Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari

asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib,  sog‘lom odamga infeksiya

yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar – bitlar, burgalar,

chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi (4-rasm).

Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasal-

liklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon

so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham ðarazitlik qilishga mos-

lashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va

3-rasm. Nafas yo‘llari infeksiyalarining yuqish mexanizmi.

A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–nafas yo‘llaridan

qo‘zg‘atuvchining chiqishi; 2–qo‘zg‘atuvchining tashqi muhitda bo‘lishi; 3–

qo‘zg‘atuvchining nafas bilan organizmga tushishi.


22

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari

eðidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh

infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan

rikketsioz, ðaððatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi.

IV.Òashqi qoðlamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga

tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoðlamlar (teri va shilliq ðardalar)

orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri

va shilliq ðardalar orqali organizmga streðtokokk kiradi), qoqshol

(yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuðroq tushganda rivoj-

lanadi) va boshqalar misol bo‘ladi.

Qator eðidemiologik xususiyatlarga asosan alohida guruh sifatida

zoonoz infeksiyalar farq qilinadi. Bular kasal hayvonlardan odam-

larga yuqadigan kasalliklardir (leðtosðiroz, brusellyoz, tularemiya,

o‘lat, kuydirgi, quturish va b.). Biz o‘quvchilarning mazkur

kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va ðrofilaktika tadbirlari

bilan tanishishi osonroq bo‘lishi uchun zoonoz infeksiyalar haqida

alohida bo‘limda to‘laroq ma’lumot berishni lozim toðdik.

4-rasm. Qon (transmissiv) infeksiyalarning yuqish mexanizmi.

A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–qon so‘ruvchi

tashuvchining bemor organizmidan qon so‘rishi; 2–qo‘zg‘atuvchining tashuvchi

organizmida bo‘lishi; 3–qo‘zg‘atuvchining tashuvchi chaqqanda organizmga kirishi.



23

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling