M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

ularning yashashlari uchun noqulay vaziyat yaratishdir. Kemiruv-

chilarni qirish tadbirlari kimyoviy, mexanik va biologik usullar

yordamida amalga oshiriladi.

Kimyoviy usullar. Òurli xildagi kemiruvchilar bilan kurashish

uchun zaharli yemlar qo‘llaniladi. Ichak orqali ta’sir qiladigan

zaharlarga krisid, rux fosfid, zookumarin va boshqalar kiradi. Shuni

ham unutmaslik kerakki, rux fosfid odam uchun kuchli zahar

hisoblanadi. Shahar sharoitlarida yemlarni maxsus qutilar ichiga

qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Qutining bir yoki ikki tomonidan

kemiruvchilar erkin kirib-chiqa oladigan teshiklar bo‘lishi kerak.

Mexanik usullar. Mexanik usulning mohiyati shundan iboratki,

bu usulda maxsus qurollar va turli moslamalar (ðrujinali qoðqonlar

va b.) qo‘llaniladi. Kalamush va sichqonlarni ushlab oluvchi

qurollarga oziq-ovqatlardan tayyorlangan yemlar qo‘yiladi.

Biologik usullar. Bunda kemiruvchilar uchun ðatogen bakte-

riyalar kulturalaridan  foydalaniladi.  Bakteriyalar  kalamush va

sichqonlarda tez orada o‘limga sabab bo‘luvchi tifsimon kasalliklar

(eðizotiyalar)ni qo‘zg‘atadi. Bu qo‘zg‘atuvchilar odamlar va uy

hayvonlari uchun zararsiz bo‘lishi zarur.



43

Umumiy qism

Aholining kasal yuqtirmaslik qobiliyatini oshirish

bo‘yicha tadbirlar

Aholining kasal yuqtirmaslik xususiyatini oshirish bo‘yicha

tadbirlar jismoniy tarbiya va organizmni chiniqtirish, sanitariya

madaniyatini oshirish va ðrofilaktik emlashlar o‘tkazish orqali

sðetsifik immunitet yaratishdan iboratdir. Organizm mikroblar

kirishi va yuqumli kasalliklar vujudga kelishiga qarshilik qiladigan

qator himoya mexanizmlari (teri va shilliq qavatlar, limfatik tugun-

lar va b.)ga ega.

Sog‘liqni saqlash sistemasining eng dolzarb vazifalaridan biri, bu

sðetsifik ðrofilaktikadir, ya’ni bunda organizmning sðetsifik immu-

nitetini oshirishga qaratilgan ðrofilaktik emlashlar orqali kasallikka

moyillik kamaytiriladi.

Immunitet

Immunitet  (immunitas – nimadandir ozod bo‘lish, xalos

bo‘lish) – bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik

yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir).

Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Òabiiy va

sun’iy immunitet farqlanadi.

Òabiiy immunitet o‘z navbatida tug‘ma va orttirilgan immunitetga

bo‘linadi.

Òug‘ma (turga xos) immunitet – bu bir turdagi hayvon yoki

odamning boshqa turlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm-

larni yuqtirmaslik xususiyatidir. Odamning tovuqlardagi vabo va

shoxli hayvonlardagi o‘lat kasalliklariga, hayvonlarning o‘z nav-

batida esa odamda kuzatiladigan so‘zak, meningit, qizamiq, qorin

tifi va qator odam uchun ðatogen bo‘lgan mikroorganizmlar

qo‘zg‘atadigan kasalliklarga berilmasligi immunitetning bu turiga

misol bo‘la oladi. Onadan homiladorlik ðaytida bolaga qizamiq,

difteriya, ko‘kyo‘tal kabi kasalliklarga qarshi immunitet o‘tadi

(ðlatsentar immunitet) va bola tug‘ilgandan keyin bir necha oygacha

bu kasalliklar bilan og‘rimaydi.

Orttirilgan immunitet – bu odam organizmi yoki hayvonning

shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning

individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta sðetsifiklik



44

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli

kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan

immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan

bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga

moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mum-

kin. Yuqumli kasallikdan keyin ðaydo bo‘lgan immunitet har xil

muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u griðð, dizenteriyada

qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli

bir umr saqlanadi.

Sun’iy immunitet – organizmni yuqumli kasalliklardan asrash

uchun sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Sun’iy immunitet 2 xil

bo‘ladi: faol (aktiv) va faol bo‘lmagan (ðassiv). Vaksinalar ta’sirida

hosil qilinadigan immunitet faol immunitet hisoblanadi. Chunki,

bunda organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki

ularning toksinlarini neytrallaydigan sðetsifik antitelolar sintez-

lanadi (bunda organizm faol qatnashadi). Bunday immunitet orga-

nizmni uzoq vaqtgacha mazkur kasallikdan asraydi.

Faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet organizmga boshqa immun

organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida ðaydo

bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (ðassiv)

immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina

organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib

chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash

mumkin.

Profilaktik emlashlar (vaksinatsiya) reja asosida o‘tkaziladi.



Yuqumli kasalliklar bilan kurashishda erishilgan yutuqlar asosan

emlash bilan bevosita bog‘liqdir. Kelajakda ayrim yuqumli kasal-

liklarni tugatish ishlari ayni shu asosda amalga oshiriladi.

Immunoðrofilaktika bo‘yicha umumiy ma’lumotlar

Immunoðrofilaktika – bu immun ðreðaratlar yuborish yo‘li

bilan inson organizmini himoyalashdir. Immunoðrofilaktika maqsa-

dida ishlatiladigan ðreðaratlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) sun’iy faol immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar;

2) faol bo‘lmagan immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar;

3) qo‘zg‘atuvchining o‘sish va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðre-

ðaratlar.


45

Umumiy qism

Birinchi guruh ðreðaratlarga vaksinalar va anatoksinlar kiradi.

V a k s i n a l a r – faol immunitet hosil qilish maqsadida

ishlatiladigan ðreðaratlardir. Bu nom sigir (vacca – sigir)dan

yuqumli material olib, undan chinchechakka qarshi vaksina yara-

tishda foydalangan ingliz olimi Eduard Jenner sharafiga berilgan. Bu

ðreðaratlar yordamida immunizatsiya qilish – vaksinatsiya deyiladi.

Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlar shtammla-

ridan tayyorlanadi. Bu shtammlar birinchi navbatda to‘liq immuno-

gen xususiyatiga ega bo‘lmog‘i va odam organizmida yetarli miqdorda

antitelolar hosil bo‘lishini ta’minlashi lozim.

Vaksinalar 2 xil bo‘ladi: tirik va o‘lik.

Òirik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi ðasaytiril-

gan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olin-

gan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tay-

yorlanadi. Òirik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi.

Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida

1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi.

Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va

bakterial infeksiyalar ðrofilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday

vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya,

ðoliomiyelit, qizamiq, eðidemik ðarotit va boshqa kasalliklarga qarshi

vaksinalar kiradi.

O‘lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikro-

organizmlar susðenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga

ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil

usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultra-

binafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin,

sðirt, aseton va b.)dir. Òirik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar

ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS

vaksinasi komðonenti), qorin tifi, vabo, leðtosðiroz va boshqa

kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.

A n a t o k s i n l a r – formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida

yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana – teskari, orqaga)

tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3–0,4% formalin

qo‘shiladi va 30–32 kun davomida 37

°

C haroratda saqlanadi. Natijada



toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab

qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet

hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatok-

sinlar qo‘llanmoqda.



46

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Ayrim turdagi vaksinalar gen-injeneriyasi texnologiyasi bo‘yicha

ishlab chiqilmoqda, masalan, B geðatitga qarshi ishlab chiqilgan

DNK-rekombinant vaksina bunga misol bo‘ladi.

Vaksinalarni qo‘llash qoidalari. Vaksinatsiya qilish natijasida

ðaydo bo‘ladigan immunitet kuchi organizmning immun sistemasi

holatiga bog‘liq. Bunda qilingan vaksinalar soni va ularni yuborish

intervali ham katta ahamiyatga ega. Ayrim vaksinalar immunitet

hosil qila olmaydi, shuning uchun ma’lum intervallardan keyin bu

vaksinalar bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi.

Vaksinalarning ayrimlari reja asosida o‘tkazilsa, boshqalari kichik

guruhdagi kishilar orasida eðidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha, ya’ni

kasallik yuqtirish xavfi bo‘lganda (kanadan yuqadigan ensefalitga

qarshi, tularemiyaga qarshi va boshqa vaksinalar) qo‘llaniladi.

Ikkinchi guruh ðreðaratlarga immun zardoblar va immuno-

globulinlar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasallik jarayonida, ayniqsa

sog‘ayish davrida, organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir

ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan antitelolar

hosil bo‘ladi. Lekin yetarli miqdordagi antitelolarning to‘ðlanishi

ko‘ð hollarda kasallik boshlanganidan keyin kamida 3–4 hafta

o‘tgach kuzatiladi. Shuning uchun sðetsifik antitelolarni yuborish

(seroðrofilaktika) bevosita yuqumli kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda

kasallik vujudga kelishining oldini oladi.

Immun zardoblar va immunoglobulinlar sun’iy immunlangan

hayvon va odam organizmidan olinadi. Ular qonda aylanib yurib, 4–

5 hafta ichida faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet hosil qiladi. Hozirgi

ðaytda amaliyotda qoqshol, botulizm, difteriya, griðð kasalliklariga

qarshi zardoblar hamda qizamiq, quturish, kanadan yuqadigan

ensefalitga qarshi gamma-globulinlar qo‘llanilmoqda.

Qo‘zg‘atuvchining o‘sishi va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðreðarat-

lar guruhiga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining ko‘ðayishiga

ingibitsiyalovchi (susaytiruvchi) yoki litik (erituvchi) ta’sir

ko‘rsatadigan bioðreðaratlar kiradi. Bularga qorin tifi, dizenteriya,

salmonelloz, stafilokokk, streðtokokk bakteriofaglari  va interferon

(odam leykositar interferoni – griðð va boshqa virusli resðirator

infeksiyalarini davolash va ðrofilaktikasi uchun ishlatiladi) kiradi.

Rejali vaksinoðrofilaktika emlashni ma’lum sxema asosida va

ma’lum muddatlarda o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Uni emlash taqvimi

(kalendari) deyiladi. O‘zbekistonda hozirgi kunda amal qilinayotgan


47

Umumiy qism

emlash taqvimi (2-jadval) 1997-yildan qo‘llanib kelinmoqda. Shuni

ta’kidlash zarurki, emlash taqvimiga, lozim bo‘lganda o‘zgar-

tirishlar kiritib turiladi.



2-jadval

Rejali ðrofilaktik emlashlar taqvimi (Qzbekiston

 Resðublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan

11.09.97-yil tasdiqlangan)

a

y

i



s

t

a



n

i

s



k

a

V



it

a

d



d

u

m



i

m

o



n

g

n



i

n

h



s

a

l



m

E

i



m

o

n



g

n

i



n

a

n



i

s

k



a

V

a



d

a

k



t

u

s



1

B

i



h

s

r



a

q

a



g

ti

t



a

ð

e



g

1

-



V

G

V



a

d

n



u

k

5



2

i



h

s

r



a

q

a



g

li

S



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



l

e

y



i

m

o



il

o

P



1

-

J



S

B

0



-

V

P



O

a

d



k

il

y



o

2

i



h

s

r



a

q

a



g

l

a



t

o



y

k



o

k

,l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



l

e

y



i

m

o



il

o

P



B

i

h



s

r

a



q

a

g



ti

t

a



ð

e

g



1

-

S



D

K

A



1

-

V



P

O

2



-

V

G



V

a

d



k

il

y



o

3

i



h

s

r



a

q

a



g

l

a



t

o



y

k



o

k

,l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



l

e

y



i

m

o



il

o

P



2

-

S



D

K

A



2

-

V



P

O

a



d

k

il



y

o

4



i

h

s



r

a

q



a

g

l



a

t



o

y

k



o

k



,l

o

h



s

q

o



q

,

a



y

i

r



e

tf

i



D

i

h



s

r

a



q

a

g



ti

l

e



y

i

m



o

il

o



P

3

-



S

D

K



A

3

-



V

P

O



a

d

k



il

y

o



9

i

h



s

r

a



q

a

q



q

i

m



a

z

i



Q

B

i



h

s

r



a

q

a



g

ti

t



a

ð

e



g

1

-



q

i

m



a

z

i



Q

3

-



V

G

V



a

d

k



il

y

o



6

1

i



h

s

r



a

q

a



g

l

a



t

o



y

k



o

k

,l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



l

e

y



i

m

o



il

o

P



i

h

s



r

a

q



a

q

q



i

m

a



z

i

Q



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



t

o

r



a

ð

k



i

m

e



d

i

ð



E

4

-



S

D

K



A

4

-



V

P

O



2

-

q



i

m

a



z

i

Q



1

-

ti



t

o

r



a

ð

d



i

ð

E



)

f

n



i

s

-



1

(

a



d

h

s



o

y

7



i

h

s



r

a

q



a

g

l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



i

h

s



r

a

q



a

g

ti



l

e

y



i

m

o



il

o

P



i

h

s



r

a

q



a

g

li



S

5

-



m

-

S



D

A

5



-

V

P



O

2

-



J

S

B



)

f

n



i

s

-



9

(

a



d

h

s



o

y

5



1

i

h



s

r

a



q

a

g



li

S

3



-

J

S



B

a

d



h

s

o



y

7

1



6

1



i

h

s



r

a

q



a

g

l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



6

-

m



-

S

D



A

a

d



h

s

o



y

6

2



i

h

s



r

a

q



a

g

l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



7

-

m



-

S

D



A

a

d



h

s

o



y

6

4



i

h

s



r

a

q



a

g

l



o

h

s



q

o

q



,

a

y



i

r

e



tf

i

D



8

-

m



-

S

D



A

48

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

  Mazkur  taqvimni  amalda  qo‘llash  natijasida  bugungi kunda

butun dunyo bo‘yicha muammo  hisoblangan B virusli  geðatit ham

kamaytirildi.

Har qanday vaksina va erituvchini ishlatishdan oldin tekshirib

ko‘rish zarur. Bunda flakon – amðulaning etiketkasi borligi,

vaksinaning to‘g‘ri tanlanganligi, vaksina yoki erituvchining

muddati tugamaganligi tekshiriladi. Ifloslanish (kontaminatsiya)

ehtimoliga alohida e’tibor beriladi, ya’ni flakonning, darz ketma-

ganligi, ichidagi suyuqlikning oqmaganligi, flakon ichida suzib

yurgan narsalar yoki boshqa ifloslanish belgilari yo‘qligi sinchkovlik

bilan ko‘zdan kechiriladi. Flakon qoðqog‘i igna bilan teshilgan bo‘lsa

vaksina yoki erituvchi ifloslangan hisoblanadi.Òo‘la bo‘lmagan

flakonlardan vaksinani bir flakonga yig‘ish vaksinani ifloslantiradi.

Har qanday shubhali flakon yo‘q qilinishi shart.

Vaksinalar sezgir biologik ðreðaratlar sifatida ma’lum rejimda

saqlanishi lozim. Òurli vaksinalarni saqlashda harorat rejimining

buzilishi ularning samaradorligini ðasaytirishdan tashqari, ularni

qo‘llaganda turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Masalan,

muzlatilgan adsorblangan ðreðaratlarni qo‘llash allergik reak-

siyalarga olib kelsa, yuqori haroratda saqlangan odam immuno-

globulinini qo‘llash kollaðtoid holatga sabab bo‘ladi.

Ko‘ðgina vaksinalar, ayniqsa BSJ va qizamiqqa qarshi vaksina,

yorug‘likka juda sezgirdir. Shu sababli ularni doimo qorong‘i joyda

saqlash zarur. Vaksinalar odatda muzlatgichlar, termokonteynerlar

va vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus sumkalarda saqlanishi

kerak.

Davolash-ðrofilaktika muassasalari (ðoliklinika, QVA – qishloq



vrachlik ambulatoriyalari, QVP – qishloq vrachlik ðunktlari, FAP

– feldsher-akusherlik ðunktlari)da barcha vaksinalar ko‘ði bilan 1

oygacha muddatda 0°C dan + 8°C haroratda saqlanadi. Poliklinika

yoki boshqa davolash-ðrofilaktika muassasalarida vaksinalar uy

sovutgichlarida ham saqlanishi mumkin. Bu vaqtda sovutgichda

termometr bo‘lishi shart va har kuni 2 marta harorat qayd etib

boriladi. Sovutgichda harorat tez ko‘tarilishini e’tiborga olib,

sovutgich eshigini zaruratsiz bir daqiqa ham ochish mumkin emas.

Xona harorati 20°C bo‘lgan vaqtda eshigi ochilgan sovutgichda 30

sekund ichida haroratning 4°C dan 12°C gacha ko‘tarilishi isbot-

langan.


49

Umumiy qism

Haroratni qayta 4°C gacha tushirish uchun kamida 20–30 minut

vaqt kerak bo‘ladi. Elektroenergiya bo‘lmay qolishi mumkinligini

inobatga olgan holda muzlatgichning muzlatish kamerasida muzli

ðaketlar bo‘lishi shart.

Sovutgichdagi muzlar o‘z vaqtida eritib turiladi. Bu vaqtda

vaksinalar vaqtincha termokonteynerga o‘tkaziladi. AKDS, ADS,


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling