M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

yoki foizlarda ifodalanadi. Qizamiqda bu ko‘rsatkich 1 ga yoki 100%

ga yaqin. Infeksiya tarqalishida ijtimoiy sharoitlar, bemor yoshi,

umumiy madaniy darajasi, aholining sanitariya madaniyati, ovqat-

lanish xarakteri hamda immunitet holati katta rol o‘ynaydi.

Kasallikning tabiiy yo‘nalishini ðrofilaktik tadbirlar va ayniqsa

faol immunizatsiya o‘tkazish orqali tubdan o‘zgartirish mumkin.

Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasi

Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasida mamlakatimizning barcha

aholisi faol qatnashishi shart. Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasi o‘z

ichiga keng ma’noda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan

umumiy tadbirlar sistemasini oladi. Bular aholi yashash joylarini

obodonlashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash,

chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotish, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil

qilish, mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash va

boshqalardir.

3 – Yuqumli kasalliklar


34

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasining tabiiy jihatlari quyida-

gilardan iborat: suv ta’minoti bo‘yicha sanitariya nazoratini o‘rna-

tish, oziq-ovqatlar sifatini sanitar-bakteriologik tekshirib ko‘rish,

kasallik tarqatuvchilari (ðashsha, burga, bit va chivinlar) ni

yo‘qotish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, reja asosida ðrofilaktik

emlashlarni o‘tkazish va hokazolar.

Ma’lumki, infeksiya eðidemik zanjirning uchta bo‘g‘ini (infeksiya

manbai, uning yuqish yo‘llari va immunitet holati) mavjud

bo‘lgandagina tarqaladi. Demak, ðrofilaktik tadbirlar xuddi shu

yo‘nalishlarda o‘tkazilishi zarur. Ular tashkiliy tadbirlar (izolatsiya,

karantin), maxsus sanitariya tadbirlari (dezinfeksiya, dezinseksiya,

deratizatsiya) va sðetsifik ðrofilaktika (immunizatsiya)dan tarkib

toðgan.


Infeksiya manbaini zararsizlantirish

bo‘yicha tadbirlar

Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda,

bu tadbirlar ðuxta ishlab chiqilgan sistema asosida o‘tkaziladi, bu

bemorni izolatsiya va kasallikni qayd qilishdan boshlanadi. 24 soat

ichida Davlat sanitariya-eðidemiologiya nazorat markazi

(DSENM)ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida

bu haqda telefon orqali xabar beriladi va barcha ma’lumotlar

daftarda qayd qilinadi.

Bemorni shifoxonaga yotqizish ðaytidayoq shifoxona ichi

infeksiyasining oldini olish maqsadida kasallikning yuqish mexa-

nizmini hisobga olgan holda bemorlarni alohidalashga qat’iy rioya

qilish zarur.

Infeksiya o‘chog‘ida zudlik bilan eðidemiologik tekshiruv o‘tka-

ziladi va bu asosda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun

ðrofilaktik tadbirlar bajariladi. Bemorni infeksiya turiga qarab har xil

muddatlarga izolatsiya qilinadi.

Izolatsiya uchun asosan shifoxondagina yetarli sharoitlar bo‘ladi.

Lekin kasallik turi va kechishiga qarab ayrim holatlarda bemorni uyida

izolatsiya qilish mumkin. Bunda bemor alohida xonaga joylash-

tiriladi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda ðarvarish

qilinadi va iloji boricha uning ajratmalari dezinfeksiya qilinadi.



35

Umumiy qism

Bemorga jamoat joylarida bo‘lish, jumladan birlamchi tibbiy

muassasalarga borish ham qat’iyan taqiqlanadi.

Infeksiyaning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor

atrofidagi va u bilan aloqada bo‘lgan kishilar orasida infeksiya

manbaini aniqlash borasida ishlar olib boriladi. Bemor bilan aloqada

bo‘lganlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va ulardan laboratoriya

tahlili uchun materiallar olib tekshiriladi. Bemor yoki infeksiya

tashib yuruvchilar bilan real aloqada bo‘lgan kishilar orasida

karantin tayinlanadi. Ma’lum yashirin davrga ega bo‘lgan infek-

siyalar uchun karantin qat’iy bir muddatga belgilanadi. Boshqa

hollarda karantin bakteriologik tekshiruvlar natijasi olingunga qadar

o‘tkaziladi (difteriya, dizenteriya).

Ayrim kasalliklarning birdan avj olgan eðidemiyasi davrida imkon

boricha kasallikni oldindan aniqlash va barcha bemorlarni o‘z vaqtida

izolatsiya qilish maqsadida uyma-uy aylanib chiqiladi va tekshiruvlar

o‘tkaziladi. Bu vrachlar, feldsherlar va tibbiy hamshiralar tomo-

nidan amalga oshiriladi. Bunda yuqumli kasalliklarga gumon qilingan

barcha isitmali bemorlar atrofdagilardan izolatsiya qilinadi va zarurat

tug‘ilganda shifoxonaga yotqiziladi.

Shuni ham aytish zarurki, bemor shifoxonadan chiqqandan

keyin ham infeksiya tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Shuning

uchun yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni shifoxonadan

chiqarishda nafaqat klinik ma’lumotlar, balki eðidemiologik ko‘r-

satkichlar (laboratoriya tahlillari natijasi) e’tiborga olinishi shart.

Ayrim kasalliklarda bemorning shifoxonadan chiqishida bakteriologik

tekshiruvlar ikki va uch martadan o‘tkaziladi.

Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf qilish

bo‘yicha tadbirlar

Òashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar

sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqalish yo‘llarini uzish, yuqum-

sizlantirish va bemor atrofida, uning yashash joylarida, turli

buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladi.

Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni

yo‘qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi

zarur.


36

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Dezinfeksiya



Dezinfeksiya – bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof-

muhitda yo‘qotish. Dezinfeksiya o‘choqli va ðrofilaktik bo‘ladi.

O‘choqli dezinfeksiya eðidemik o‘choqlarda –  xonadon, yotoq-

xona, davolash-ðrofilaktika muassasalari va hokazo joylarda o‘t-

kaziladi. O‘tkazilish sharoiti bo‘yicha joriy va yakunlovchi dezin-

feksiya farqlanadi. J o r i y  d e z i n f e k s i ya  o‘choqda infeksiya

manbaidan tashqi muhitga ajralib chiqqan qo‘zg‘atuvchilarni zudlik

bilan yo‘q qilish maqsadida bir necha bor o‘tkaziladi. Birinchi

navbatda organizmdan ajralgan ajratmalar dezinfeksiya qilinadi. Joriy

dezinfeksiyaga binolarni muntazam ravishda dezinfeksiyalovchi

eritmalar yordamida namlab artish, sovunlab yuvish, o‘yin-

choqlarni, idish-tovoqlarni, choyshablarni qaynatish va boshqalar

kiradi. Havo-tomchi infeksiyalarini yo‘qotishda bemorlar yotgan

xonalarni kvars lamðalari yordamida nurlantirish dezinfeksiyaning

samarali usullaridan hisoblanadi. Havo-tomchi infeksiyasi bo‘lim-

larida tibbiy xodimlar  dokadan  niqob-resðiratorlar  taqishlari

zarur. Y a k u n l o v c h i     d e z i n f e k s i y a    o‘choqda (odatda

bir marta) infeksiya manbai yo‘qolgandan keyin (shifoxonaga yot-

qizish, sog‘ayib shifoxonadan chiqish, boshqa joyga ko‘chirish yoki

o‘lganda) o‘tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiyaning vazifasi joriy

dezinfeksiyadan keyin qolgan qo‘zg‘atuvchilarni batamom yo‘-

qotishdir.

Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasalliklar bo‘lish-bo‘lmas-

ligidan qat’i nazar, tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘z-

g‘atuvchilarining ðaydo bo‘lishi va ularning tarqalishining oldini

olish maqsadida o‘tkaziladi (xonalarni shamollatish, namli artish,

ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish).

Dezinfeksiya o‘tkazishda yuqumsizlantirishning fizikaviy va

kimyoviy vositalari qo‘llanadi.

Dezinfeksiyaning fizikaviy vositalari. Fizikaviy vositalarga mexa-

nik, termik va nur vositalari kiradi. Mexanik vositalar – bular

tozalash, artish, yuvish va boshqalardir. Bu vositalar orqali ko‘ð

narsalar va ularning yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga,

ancha mikroorganizmlardan ham xalos qilinadi. Masalan, chang-

yutgich yordamida chang bilan birga 98 % gacha mikroblar yo‘q

qilinadi. Binoni 15 minut davomida shamollatganda havoda mikro-


37

Umumiy qism

organizmlar soni keskin kamayadi. 30 minutdan keyin esa deyarli

qolmaydi, chunki bino havosi ðatogen mikroblarga ega bo‘lmagan

tashqi havo bilan to‘liq almashadi. Òermik va nur vositalari – bular

yuqori va ðast haroratdan foydalanish, har xil bakterisid (lotincha

caedo – o‘ldirish) nurlar bilan nurlantirish, ultratovush ta’siri va

hokazolardir. Bular ma’lum ðarametrlarda bakterisid ta’sir ko‘r-

satadi. I s s i q  h a v o  havoli sterilizatorlarda va boshqa aððaratlarda

laboratoriya idishlari va instrumentlarini zararsizlantirishda qo‘lla-

niladi. Uzoq vaqt to‘qima (mato)larni dazmollaganda mikroorga-

nizmlarning vegetativ shakllari hamda bitlar nobud bo‘ladi. Yuvish

vositalari eritilgan issiq suv mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun

kir yuvishda va tozalashda ishlatiladi. Idishlar, bemorlarni ðarvarish

qilish buyumlari, choyshablar va o‘yinchoqlar zararsizlantirish

uchun  qaynatiladi.  Suv bug‘laridan dezinfeksiyalash kameralarida

kiyimlar, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlarni zarar-

sizlantirishda foydalaniladi. Quyosh  hamda ultrabinafsha nurlari

havo va yuzalardagi bakteriyalarni kamaytirish maqsadida qo‘l-

laniladi. Qog‘oz, latta, yaroqsiz o‘yinchoqlar, ovqat qoldiqlari va

ajratmalar maxsus ðechlarda, olovda kuydirish orqali zarar-

sizlantiriladi. Ko‘ðgina ðatogen mikroorganizmlar uzoq muddatli

quritish natijasida nobud bo‘ladi.

Dezinfeksiya formalinli dezinfeksiyalash kameralarida ham

o‘tkazilishi mumkin (5–6-rasmlar).



Dezinfeksiyaning kimyoviy vositalari. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi

kimyoviy moddalar – bakte-

risid moddalar, ularning o‘sish

va rivojlanishini to‘xtatuvchi

moddalar esa – bakteriostatik

moddalar deyiladi. Kimyoviy

dezinfeksiya uchun har xil

kimyoviy moddalar – oksid-

lovchilar, sðirtlar, fenollar,

yuvish vositalari, kislotalar,

ishqorlar va boshqalar ish-

latiladi.

X l o r l i  o h a k  oq rangli

quruq kukun bo‘lib, undan

xlorning o‘tkir hidi kelib tu-

5-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli

kamera KDF-3.


38

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

radi. U gaz holatidagi xlorni

so‘ndirilgan ohak orqali o‘t-

kazish yo‘li bilan zavodlarda

tayyorlanadi. Faol xlorli ohak

uch turda –26%, 32% va 35%

li  turlarda chiqariladi. Xlorli

ohak kuchli bakterisid (bak-

teriyalarni o‘ldirish) xusu-

siyatga ega. Uning ishchi erit-

malari asosiy hisoblangan 10%

li eritmalardan tayyorlanadi.

Buning uchun toza tayyor-

langan 10% li xlorli ohak eritmasini qorong‘i joyda yoðiq idishda 1

sutka davomida tindirish uchun qo‘yiladi. Bu vaqtda xlorli ohakning

erimaydigan qismlari idish tubiga cho‘kadi. Xlorli ohakning tin-

dirilgan eritmasi dokaning bir necha qavatidan o‘tkaziladi. Bu

eritmadan bevosita qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyalarda

ishchi eritmalar tayyorlanadi (1 - jadval).

1- jadval

10 %  li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi

eritmalarini tayyorlash

a

d



a

m

ti



r

e

i



h

c

h



s

I

k



a

h

o



il

r

o



l

x

i



s

a

y



i

s

t



a

r

t



e

s

n



o

k

)



%

(

a



d

a

m



ti

r

e



i

h

c



h

s

I



i

r

o



d

q

i



m

r

o



l

x

l



o

a

f



)

%

(



i

g

a



d

a

y



i

s

t



a

r

t



e

s

n



o

k

r



u

r

a



Z

0

1



l

a

m



ti

r

e



i

h

c



h

s

i



y

i

s



o

s

a



n

u

h



c

u

h



s

a

l



r

o

y



y

a

t



)l

m

(



i

r

o



d

q

i



m

a

m



ti

r

e



il

r

o



l

x

n



u

h

c



u

a

m



ti

r

E



)

g

(



i

r

o



d

q

i



m

k

a



h

o

1



,

0

5



2

0

,



0

0

0



1

0

1



2

,

0



5

0

,



0

0

0



2

0

2



5

,

0



5

2

1



,

0

0



0

5

0



5

0

,



1

5

2



,

0

0



0

0

1



0

0

1



0

,

3



5

7

,



0

0

0



0

3

0



0

3

0



,

5

5



2

,

1



0

0

0



5

0

0



5

6-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli

statsionar kamera KDF-5.


39

Umumiy qism

N e y t r a l  k a l  s i y   g i ð o x l o r i d  xlor hidli oq rangdagi

kukundir. Uning tarkibida 70%, 60%  va 50% faol xlor bo‘lgan

turlari chiqariladi. Neytral kalsiy giðoxlorid eritmalari keng doirada

ta’sir qiluvchi antimikrob xususiyatga ega. Preðarat foydalanil-

maydigan binolarni, ichak va nafas yo‘llari infeksiyalarida tozalash-

artish inventarlarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.

X l o r a m i n  B yo k i  X B, 25–28% faol xlorga ega. U xlorli

ohakdan farqli o‘laroq chidamli birikma bo‘lib, yillar davomida o‘z

kuchini saqlab qoladi. Bu modda ta’sirida to‘qima (mato)lar, buyum-

lar va bo‘yoqlar kam yemiriladi. Xloramin kiyim-kechaklar, choy-

shab, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilishda qo‘lla-

niladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida qo‘l va cho‘tkalarni dezinfeksiya

qilishda ishlatiladi.

O z o n  –  gaz, kislorodning shakl o‘zgarishi. U bakterisid ta’sirga

ega bo‘lib, suvni yuqumsizlantirishda ishlatiladi.

V o d o r o d  ð e r o k s i d  – rangsiz  suyuqlik. Uning 3%

konsentratsiyadagi suvli eritmasi bakterisid xususiyatga ega, bu

modda ko‘ðincha yuvish vositalari bilan aralashma holida qo‘llaniladi.

E t i l  s ð i r t i  –  rangsiz uchuvchan suyuqlik. Jarrohlik va

laboratoriya amaliyotida, inyeksiyalarda va boshqa holatlarda keng

qo‘llaniladi.

L i z o l  –  3–10% li eritmalar tarzida choyshablarni dezinfeksiya

qilish hamda devor, ðol va boshqalarni tozalashda ishlatiladi.

S i r k a  k i s l o t a –  bakterisid va bakteriostatik ta’sirga ega. Uning

3% li eritmasida qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi, 4% li eritmasida ichak

tayoqchasi, 90% li eritmasida  esa –  tilla rang stafilokokklar nobud

bo‘ladi.


X l o r g e k s i d i n  –  tiniq hidsiz eritma bo‘lib, grammanfiy va

grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollikka ega.

0,01 dan 0,5% konsentratsiyada davolash muassasalarida o‘choqli

dezinfeksiya o‘tkazish va jarroh qo‘lini tozalashda ishlatiladi.

Ayrim buyum va obyektlarni yuqumsizlantirish. Dezinfeksiya

amaliyotida har xil buyum va obyektlarni yuqumsizlantirishda

ko‘ðincha kombinatsiyali dezinfeksiya ishlatiladi. Qo‘zg‘atuvchining

vegetativ shakllari mavjud bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini

gidroðult yordamida yuqumsizlantirish uchun odatda xonadagi

ðolning har metr kvadratiga 0,3–0,5 l dan kam bo‘lmagan miqdorda

eritma sarflanadi. Bu miqdordagi eritma odatda mazkur xonada


40

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bo‘lgan buyumlarni yuqumsizlantirishga ham yetadi. Patogen

mikroorganizmlarning chidamli turlarini yo‘qotish uchun ðolning

bir metr kvadrat maydoni uchun qo‘llaniladigan eritmalarning

sarflash normasini 1–2 l gacha oshirish zarur. Yerning chuqur yoki

yuza qatlamlaridagi tuðroqni dezinfeksiya qilish uchun ishchi eritma

miqdori har bir metr kvadrat uchun 5–10 l ga oshiriladi.

Bemor yoki bakteriya tashuvchilarning ajratmalarini dezinfek-

siyalashda quruq xlorli ohak kukunsimon tarzda ishlatilgani ma’qul.

Ajratmalar uchun ishlatiladigan idishlar (tuvaklar, tufdonlar va

b.) ajratmalardan tozalangandan keyin dezinfeksiya qilinadi. Bu

idishlar ichida dezinfeksiyalovchi eritmalar (tindirilgan ohak,

xloramin, lizol va b.)dan biri solingan, yaxshi yoðiladigan bak ichiga

tushiriladi.

Kiyim-kechaklar va choyshablar dezinfeksiyalash kameralarida

yoki qaynatish yo‘li bilan yuqumsizlantiriladi, buning iloji

bo‘lmaganda ularni dezinfeksiyalovchi eritmalarga solish mumkin.

Oshxona idishlari ovqatlanishdan keyin har safar yuqum-

sizlantirilishi shart. Ular 1–2% natriy gidrokarbonat yoki 1% sovun

qo‘shilgan suvda qaynatiladi. Qaynay boshlagandan keyingi vaqt –

15 min, virusli geðatitda – 45 min, kuydirgida esa – 1 soatni tashkil

qilishi kerak.

Dezinseksiya

«Dezinseksiya» so‘zi (lotincha insectum – hasharot va des – yo‘q,

inkor) hasharotlarni yo‘qotish, degan ma’noni anglatadi. Bunda

dezinfeksiyaning quyidagi usullari qo‘llaniladi.

Mexanik usullar – bular tozalash, qoqish, ushlab (tutib) olish

va boshqa usullardir. Masalan, ðashshalarni ushlash va yo‘qotish

uchun ðashsha ushlagichlar, yoðishqoq qog‘ozlar yoki ðashsha

urgichlar ishlatiladi.  So‘nalarni ushlash uchun sharsimon ushla-

gichlar qo‘llanilmoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda.

Fizikaviy usul – hasharotlar fizikaviy usul yordamida yuqori va

ðast haroratlarda yo‘qotiladi. Masalan, burgalar, qandala (tax-

takanalar) bilan zararlangan buyumlar kuydiriladi, kiyimlarni

yuvishda bitlar va ularning tuxumlarini yo‘qotish uchun issiq suv

ishlatiladi. Dezinfeksiyalash kameralarida issiq havo va bug‘ keng

qo‘llaniladi. Oldingi ðaytlarda suvaraklarni muzlatib yo‘qotganlar.



41

Umumiy qism

Kimyoviy usul – insektisidlar deb ataluvchi kimyoviy modda-

larning bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’sir qilishiga asoslangan. Ayrim

insektisidlar (DDÒ, DDV aerozollari va b.) bo‘g‘imoyoqlilar

organizmiga nafas yo‘llari orqali kiradi. Boshqa insektisidlar (natriy

ftorit, borat kislota, bura, xlorofos va b.) esa bo‘g‘imoyoqlilar yoki

hasharotlar organizmiga (ichagiga) ovqat orqali tushishi natijasida

o‘zining toksik ta’sirini namoyon qiladi. Odatda insektisidlar turli

oziq-ovqat mahsulotlariga aralashtirib hasharotlarga beriladi,

masalan, xlorofos eritmasi qo‘shilgan shakar yoki ammoniy

karbonat ðashshalar uchun kuchli zahar hisoblanadi.

Kimyoviy zaharlarning keyingi guruhi – bo‘g‘imoyoqlilar

organizmiga tashqi qoðlamlar orqali kiradigan kontakt insek-

tisidlardir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha uglevodorodlar (DDÒ,

geksaxloran), fosfororganik birikmalar (xlorofos, karbofos va b.),

o‘simliklarga tegishli (ðiretrum) va kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan

insektisidlar (albixtol, kerosin, skiðidar, karbol kislota va b.) bunga

misol bo‘ladi.

Ayrim kimyoviy insektisidlar haqida quyidagilarni bilish zarur:

Dixlordifeniltrixloretan (DDÒ) deyarli barcha bo‘g‘imoyoqli-

larga ta’sir qiladigan zahardir. Dezinseksiya uchun 10% li dust–

DDÒ ishlatiladi. DDÒ sovun shaklida ham ishlatilishi mumkin (5%

texnik DDÒ qo‘shilgan xo‘jalik sovuni).

Geksaxloran organik erituvchilarda aerozol, kukun va eritmalar

shaklida ishlatiladi. Geksaxloran bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’siri

bo‘yicha DDÒ dan bir necha bor kuchlidir va bu ta’sir uni turar

joylarda qo‘llashni chegaralaydi.

Xlorofos ko‘ðgina bo‘g‘imoyoqlilar (burgalar, qandalalar,

suvaraklar, ðashshalar) uchun zaharli bo‘lib, ularni tezda o‘ldiradi.

Xlorofos ularga uchta yo‘l orqali ta’sir qilishi  mumkin: kontakt,

nafas yo‘llari va ichak orqali. Xlorofosni dezinseksiya uchun har xil

shakllarda qo‘llash mumkin (dustlar, suvli eritmalar, susðen-

ziyalar shaklida). Pashshalar bilan kurashishda suyuq va qattiq yem

ishlatiladi. Suyuq yemlar xlorofosning 0,5% suvli eritmasiga

ðashshalarni jalb qiladigan moddalar (10% shakar qiyomi, 50%

non kvasi)ni qo‘shish orqali tayyorlanadi.

Kavkaz yoki fors moychechagi gullarining kukun darajasigacha

maydalangani – ðiretrum hasharotlarning deyarli barcha turlari

uchun zaharli hisoblanadi. Òananing sochli joylaridagi bitlarni


42

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

yo‘qotish uchun karbofos, metilsetofos va boshqa insektisidlarga ega

bo‘lgan shamðunlar ishlatiladi.

Qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilardan saqlanish maqsadida indivi-

dual himoya vositalari sifatida – reðellentlar (bo‘g‘imoyoqlilarni

cho‘chitib haydovchi moddalar) keng qo‘llaniladi. Bunday reðel-

lentlarga dimetilftalat, dietiltoluamid (DEÒA), benzimin va bosh-

qalar kiradi. Reðellentlar bo‘g‘imoyoqlilardan individual himoya-

lanish uchun tavsiya etiladigan malhamlar, kremlar va losyonlar

tarkibiga kiradi. Ular tananing ochiq joylariga surtish uchun

qo‘llaniladi.

Deratizatsiya



Deratizatsiya  (fransuzcha  rat – kalamush va de – yo‘q) –

kalamushlarni yo‘qotish demakdir. Hozirgi vaqtda bu termin asosida

nafaqat kalamushlarni, balki eðidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan

va katta iqtisodiy ziyon keltiruvchi zararli kemiruvchilarni yo‘qotish

tushuniladi. Kemiruvchilar bilan kurashishdagi asosiy yo‘nalish


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling