M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
ðrofilaktik emlashlar o‘tkazilmoqda. Vaksina eðidemik o‘choqda bo‘lgan va oldin leyshmanioz bilan og‘rimagan kishilarga qilinadi. Nazorat savollari 1. Leyshmanioz nima? 2. Leyshmanioz tarqatuvchilariga nimalar kiradi? 3. «Leyshmanioma» nima?
403 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar 4. Òeri leyshmaniozining qanday turlari farqlanadi? 5. Leyshmaniozni N.M.Mirzoyan bo‘yicha solyusurmin bilan davolash sxemasini gapirib bering. Òriðanosomoz (tryðanosomosis) Kasallik qo‘zg‘atuvchilari triðanosomalardir. Òriðanosomalardan odam uchun uch xili ðatogen hisoblanadi: Tryðanosoma gambiense va Tryðanosoma rhodesiense Afrika triðanosomozi (uyqu kasalligi)ni qo‘zg‘atadi va Tryðanosoma cruzi — Amerika triðanosomozi (Shagas kasalligi)ni qo‘zg‘atadi. Òriðanosomalar (grekcha tryðanon — ðarma va soma — tana) tanasi ensiz (nozik), bo‘ylama bo‘lib, xivchinlar va to‘lqinsimon membranaga ega. Òriðanosomalar tanasining uzunligi 17—28 mkm bo‘lib, uning o‘rta qismida oval shakldagi yadrosi bo‘ladi. Hayotining dastlabki davri ðashshaning hazm yo‘llarida, ikkin- chisi esa — xo‘jayini organizmida o‘tadi. Umurtqali xo‘jayini (odam, uy va yovvoyi hayvonlar) qonida aniqlanadi, kasallik tarqatuvchisi chaqqan vaqtda ular tarqatuvchining oshqozoniga tushadi. Afrika triðanosomozi qo‘zg‘atuvchilarining tarqatuvchilari — Glossina turidagi qon so‘ruvchi ðashshalar yoki sese ðashshasi, Amerika triðanosomozida esa — triatom taxtakanalari, qandala va jo‘laklardir. Chaqqan joydan triðanosomalar qonga, limfatik tugunlarga va limfatik tomirlarga tushadi, keyinchalik — orqa miya suyuqligiga o‘tadi.
Bemorlarda tana harorati ko‘tarilib, terida toshmalar ðaydo bo‘ladi.
Gambiya tiðidagi Markaziy va G‘arbiy Afrikada uchraydigan Afrika triðanosomoziga limfatik tugunlar, ayniqsa bo‘yin, jigar va taloq kattalashishi hamda anemiya va holsizlik xarakterlidir. Kasallik bir necha yil davom etadi. Bu vaqtda markaziy nerv sistemasi zararlanishi — meningoensefalit rivojlanishi natijasida ko‘ðroq uyqu kuzatiladi. Odatda bu holat o‘lim bilan tugaydi. Òriðanosomozning rodeziy tiði o‘tkir kechishi, uzoq vaqt davom etadigan isitma, ichki a’zolar zararlanishining tezda rivojlanishi bilan farqlanadi. O‘z vaqtida davolanmasa, kasallik bemorlar kasallik yuqtirganidan boshlab 3—9 oy ichida ikkinchi davr — uyqu davri rivojlangunga qadar o‘lim bilan tugashi mumkin.
404 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Shagas kasalligi — og‘ir kasallik bo‘lib, bunda ichki a’zolar, yurak mushaklari va bosh miya zararlanadi. Òana harorati ko‘tarilib, jigar va taloq kattalashadi. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarda o‘tadi, ko‘ðincha o‘lim bilan tugaydi. Afrika triðanosomozi kasalligining boshlanishida qo‘zg‘atuvchini kasallik yuqtirgan sese ðashshasi chaqqan joyda, ðeriferik qonda (rodeziy tiði) yoki bo‘yin limfatik tugunlarida (gambiy tiði) aniqlash mumkin. Markaziy nerv sistemasining zararlanish simðtomlari ðaydo bo‘lgan davrda ðarazitlar qonda va limfatik tugunlarda bo‘lmaydi. Bu davrda ular orqa miya suyuqlig‘ida toðiladi. Harakatchan triðanosomalarni aniqlash uchun natriy sitrat bilan aralashtirilgan qon tomchisi, limfatik tugunlar ðunktati yoki orqa miya suyuqlig‘i buyum oynasiga tomiziladi, qoðlagich oyna bilan yoðiladi va mikroskoðda tekshiriladi. Òekshirishning Romanovskiy bo‘yicha bo‘yalgan surtma va yirik tomchi usuli keng tarqalgan. Òriðanosomalar tanasi osmon rangida, yadro va xivchinlari — qizil rangga bo‘yaladi. Mikroskoðiyada ijobiy natija olinmasa murakkabroq usul — biologik usul qo‘llaniladi. Òekshirish materiali oq sichqonlarning teri osti yoki mushak orasiga yuboriladi. Bu vaqtda zararlashning 2—3- kuniyoq qonda ðarazitlar ðaydo bo‘ladi. Kasallikning surunkali bosqichida ðarazitlar qonda juda kam uchraydi. Bunday ðaytlarda oq sichqonlar yoki dengiz cho‘chqalari zararlantiriladi va oziq muhitlarga ekma qilinadi, serologik usullar qo‘llanadi. Shaxsiy ðrofilaktikasi — ðrofilaktik ðreðaratlarni qabul qilishdan iborat. Umumiy ðrofilaktikasi — kasallik tarqatuvchilari va ular to‘ðlanadigan joylarda tuxumlarni yo‘q qilishdan iborat. Nazorat savollari 1. Òriðanosomalar nima va ularning qanday tiðlari mavjud? 2. Òriðanosomozga tashxis qo‘yish usullarini gaðirib bering. 3. Òriðanosomozni biologik tekshirishni tushuntirib bering. 4. Òriðanosomozning oldini olish uchun qanday tadbirlar o‘tkaziladi? 405 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Lamblioz (lambliosis) Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar (Lamblia intestinalis) vegetativ shaklda (trofozoit) uchraydi va sistalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Vegetativ shakli faol va harakatchan bo‘lib, ular noksimon shaklda ko‘rinadi. Òanasining oldingi qismi to‘mtoq, orqa qismi esa o‘tkir bo‘lib, uzunligi 9—18 mkm bo‘ladi. Òanasining oldingi qismida so‘rg‘ich disklar mavjud. Ular 2 ta yadro va 4 juft xivchinlarga ega. Xivchinlari qisman sitoðlazmadan o‘tgan bo‘lib, bo‘yalganda yaxshi ko‘rinadigan ikkita bo‘ylama tutam hosil qiladi. Harakati xarakterli bo‘lib, ðarazit doimo o‘z o‘qi atrofida yon tomoni bilan aylanib harakat qiladi. Preðaratda xona haroratida lambliyalar tez nobud bo‘ladi. Oziqni butun tanasining yuzasi bilan so‘radi. Uzunasiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi. Sistalar — lambliyalarning harakatsiz shakllari hisoblanadi. Uzunligi 10—14 mkm, oval shaklda, qobig‘i nisbatan qalin. Lugol eritmasida sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bo‘yalgan yetuk sistada 4 ta yadroni ko‘rish mumkin. Lambliyalar ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida hayot kechiradi, so‘rg‘ich disklari yordamida vorsinkalarga yoðishib oladi. Ular o‘t ðufagida yashay olmaydi, chunki o‘t suyuqlig‘i ta’sirida nobud bo‘ladi. Ularning duodenal zondlash vaqtida ko‘ð toðilishi lambliyalarning o‘n ikki barmoq ichak devorlaridan tushganligi bilan tushuntiriladi. Vegetativ shakllari odatda najas bilan chiqmaydi, ammo ular ich ketganda najasda ðaydo bo‘lishi mumkin. Lambliyalar ichakning ðastki bo‘limlariga tushganda noqulay muhitga uchraydi va u yerda yashay olmasdan sistalarga aylanadi, ular esa odatda najas bilan ajralib chiqadi. Sistalar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi, havo namligi va haroratiga qarab tashqi muhitda bir oygacha saqlanishi mumkin. Quritilganda tezda nobud bo‘ladi. Odam kasallikni iflos qo‘llari, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mah- sulotlari va suv orqali yuqtirishi mumkin. Sistalar ichakka tushib, vegetativ shakllarga aylanadi. Bitta sistadan ikkita vegetativ shakl hosil bo‘ladi.
406 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Lambliyalar keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa bolalarda ko‘ð uch- raydi. Ular organizmga ko‘ð miqdorda tushganda ichak shilliq ðardalarini mexanik ta’sirlashi va ma’lum darajada so‘rilishning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda qorinda kuchli bo‘lmagan og‘riq, qorin dam bo‘lishi (meteorizm) va quldirashi, ich kelishi- ning buzilishi, ishtaha ðasayishi, ko‘ngil aynishi, ba’zan esa o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda lambliyalar organizmdagi boshqa ichak va o‘t yo‘llari kasalliklarining qayta zo‘rayishiga sabab bo‘ladi. Lambliyalarni kasallik yuqtirgan kishilarda aniqlash odatda oson. Agar najas shakllangan holda bo‘lsa, u vaqtda surtmada mikroskoð yordamida sistalar aniqlanadi. Lugol eritmasida bo‘yalgan surtma ðarallel tekshiriladi. Yangi suyuq najasda va duodenal zondlash orqali olingan mate- rialda harakatchan vegetativ shakllarni aniqlash mumkin. Najasda sistalarning toðilishi tashxis qo‘yish uchun yetarli tasdiq hisob- lanadi, shuning uchun vegetativ shakllarini aniqlash maqsadida materiallarni tekshirishning hojati qolmaydi. Ammo ko‘ð hollarda koðroskoðiya usuli va duodenal zondlash usullarini birga olib borish lambliozning aniqlash chastotasi (soni)ni oshiradi. Profilaktikasi boshqa ichak invaziyalari ðrofilaktikasi bilan bir xildir. Nazorat savollari 1. Lamblioz qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar haqida gaðirib bering.
2. Duodenal zondlashda lambliyalar uchrashi mumkinmi? 3. Ichakning qaysi bo‘limida lambliyalar sistalarga aylanadi va nima uchun? 4. Lamblioz klinikasi va tashxisi haqida gaðirib bering. Òrixomonoz (trichomonosis) Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — trixomonadalardir. Odam organiz- mida trixomonadalarning uch turi ðarazitlik qiladi: Trishomonas hominis — yo‘g‘on ichakda; Trishomonas tenax — og‘iz bo‘sh- lig‘ida; Trishomonas vaginalis — siydik-tanosil (qin) yo‘llarida.
407 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Ichak trixomonadasi noksimon shaklda bo‘lib, tanasining uzun- ligi 8—20 mkm ga teng. Òanasining oldingi qismi (uchi)dan odatda 5 ta xivchin chiqadi. Òanasining bitta tomonidan butun uzunligi bo‘ylab to‘lqinsimon membrana joylashgan, uning tashqi qirrasidan nozik ið o‘tgan bo‘lib, u xivchin shaklida erkin turadi. Bo‘yalganda sitoðlazmasida yadro va o‘q ið, ya’ni aksostil ko‘rinadi. Òrixomonadalar tartibsiz faol harakat qiladi. Oldinga harakat qilish bilan birga o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qila oladi. Membranasi trixomonada harakati ðasaygan yoki to‘xtagandagina tanasining bir tomonida tebranib turuvchi ðarda tarzida ko‘rinishi mumkin.
Bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi. Sistalar hosil qilmaydi. Odam yo‘g‘on ichagida hayot kechiradi. Ko‘ð miqdorda ich ketganda suyuq najasda aniqlanadi. Ayniqsa bolalarda yo‘g‘on ichak kasalliklari rivojlanganda yoki ular kechganda asoratlar kuzatilganda ma’lum rol o‘ynaydi. Og‘iz trixomonadasi tuzilishiga ko‘ra ichak trixomonadasiga o‘xshaydi, uning uzunligi 6—13 mkm bo‘lib, tebranib turuvchi membranasi tana oxirigacha yetib bormaydi va sista hosil qilmaydi. Patogenlik ahamiyati to‘la tasdiqlangan bo‘lmasa-da, og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarning har xil kasalliklari (gingivit, ðaradontoz, tishlar kariyesi)da juda ko‘ð uchrashi aniqlangan. Òrixomonadalar o‘ðka kasalligi bilan kasallangan bemorlar balg‘amida hamda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan bronxoektazlar va o‘ðka abssesslarida toðiladi. Bularning hammasi og‘iz trixomonadalarini aniqlash uchun stomatologik va teraðevtik muassasalarda laboratoriya usullarini keng qo‘llashni taqozo etadi. Òrixomonadalar nativ yoki bo‘yalgan surtmalar hamda og‘iz bo‘shlig‘idan — tishlar, milklar, yallig‘lanish va yiringli o‘choq- lardan qirib olingan materiallarni, bronxial shilimshiq va balg‘amni mikroskoðiya qilganda toðiladi. Oziq muhitlarga ekma qilish usullarini qo‘llaganda trixomonadalarning toðilish chastotasi yanada oshadi. Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi noksimon tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 14—30 mkm bo‘ladi. Òanasining oldingi uchida 4 ta xivchin va to‘lqinlanib turuvchi membrana joylashgan, bu membrana tananing o‘rta qismigacha yetib boradi. Òanasining oldingi uchiga yaqin joyda yadro joylashgan. Butun tanasi bo‘ylab o‘q iði (aksostil) 408 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya o‘tadi hamda orqa uchining oxirida bo‘rtib chiqqan tikansimon shaklda tugaydi. Sitoðlazmada vakuolalar mavjud. Sista hosil qilmaydi va atrof-muhitda tez nobud bo‘ladi. Ayniqsa ayollarda siydik va jinsiy yo‘llar ðatologiyasida ma’lum rol o‘ynaydi. Ko‘ðincha erkaklarda uzoq vaqt davom etadigan belgilarsiz tashuv- chanlik uchraydi. Asosiy kasalliklaridan biri — siydik va tanosil yo‘llari trixomonozidir, uning asosiy belgilari qichishish, og‘riq va seroz-yiringli ajratma (oqsil)lardir. Òrixomonadalarning bu turi jinsiy yo‘l bilan yuqadi. Ular ichak- dan qinga o‘tib, kasallik chaqirishi mumkin emas, chunki siydik- tanosil trixomonadalari bilan ichak trixomonadalari har xil turlarga mansub bo‘lib, ular hayot kechirishi uchun turli xil sharoitlar talab etiladi. Òashxis nativ va Romanovskiy usulida bo‘yalgan ðreðaratlarda trixomonadalar toðilgan vaqtdagina tasdiqlanadi. Ular siydik-tanosil yo‘llaridan ajralib chiqqan ajratmalar va kateter bilan olingan siydik cho‘kmasi (sentrifuga yo‘li bilan olinadi)dan tayyorlanadi. Mikroskoðiyaning ijobiy bo‘lmagan natijalari kuzatilgan ko‘ð hollarda (tashuvchanlikka gumon qilinganda, davolash tugagandan keyin nazorat uchun va hokazolar) oziq muhitlarga ekma qilinadi va serologik usullardan foydalaniladi. Nazorat savollari 1. Òrixomonadalarning asosiy turlarini sanab bering. 2. Òrixomonadalar odam organizmining qaysi qismida hayot kechiradi? 3. Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi qanday yuqadi? 4. Òashxis qo‘yishda qanday usullardan foydalaniladi? Sðoralilar qo‘zg‘atadigan kasalliklar Sðoralilarda ko‘ðayishning jinsiy siklida erkak hamda urg‘ochi jinsiy hujayralarning qo‘shilishi natijasida sðora (sista) hosil bo‘ladi, unda sðorozoitlar shakllanadi. So‘ngra turli xil yo‘llar bilan sðo- rozoitlar bir xo‘jayinidan boshqasiga o‘tadi.
409 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Bezgak (malaria) Bezgak — o‘tkir ðrotozoy kasallik bo‘lib, isitma xurujlari, anemiya, jigar hamda taloq kattalashishi bilan kechadi. Etiologiyasi. Odamda 4 xil qo‘zg‘atuvchilar bezgak kasalligini chaqiradi: Plasmodium falciðarum — troðik bezgak qo‘zg‘atuv- chisini, Plasmodium vivax — uch kunlik bezgak (vivaks-bezgak) qo‘zg‘atuvchisini, Plasmodium ovale — ovale bezgak qo‘zg‘atuvchisi va Plasmodium malariae — to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisini chaqiradi. Bezgak ðlazmodiylari ikki bosqichda, ya’ni: jinsiy yo‘l bilan (sðorogoniya), kasallik tarqatuvchi — Anoðheles turidagi bezgak chivinlari organizmida va jinssiz yo‘l bilan (shizogoniya, grekcha schizen — bo‘linmoq) odam organizmida ko‘ðayadi. Anoðheles turidagi bezgak chivinlarining faqat urg‘ochilarigina qon so‘ruvchi chivinlar hisoblanadi, chunki erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Sðorogoniya. Kasal odamni chivin chaqqanda chivin oshqozoniga erkak (mikrogametositlar) va urg‘ochi (makrogametositlar) jinsiy hujayralari tushadi. Gametositlar rivojlanish jarayonida gametalarga aylanadi, bunda mikrogametalar xivchinlarni chiqaradi, ular hujayradan ajralib, makrogametalarga kiradi va ularni urug‘- lantiradi, natijada zigota hosil bo‘ladi. Zigota esa ovokinetaga aylanadi va chivin oshqozonining shilliq osti qavatiga kiradi va u bir necha marta bo‘linish jarayonida oosista va sðorosistaga aylanadi. Sðorosista buzilishi natijasida 10000—15000 va undan ham ortiq sðorozoitlar chiqib, chivinning so‘lak bezlarida to‘ðlanadi. Shu vaqtdan boshlab chivin yuqumli hisoblanadi, chunki u chaqqan so‘laklari orqali sðorozoitlar odam organizmiga tushadi. Sðorozoitlar chivin orga- nizmida 2—2,5 oy saqlanadi. Shizogoniya. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga chivin chaqqan vaqtda sðorozoitlar shaklida tushadi. Qon oqimi bilan ular jigar ðarenximasi hujayralariga boradi. U yerda esa ularning bo‘linishi — to‘qima shizogoniyasi kuzatiladi. Bu rivojlanish sikli bezgakning yashirin davri hisoblanadi. Òo‘qima shizogoniyasi natijasida sðoro- zoitlar to‘qima shizontlariga aylanadi, ular o‘sadi va ko‘ð marta bo‘linib, katta miqdorda, ya’ni uch kunlik va ovale bezgakda 10000— 15000 tagacha, troðik bezgakda esa har bir shizontdan — 40000— 410 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 50000 tagacha to‘qima merozoitlari hosil bo‘ladi. Òo‘qima mero- zoitlari jigar hujayralaridan qonga tushadi hamda eritrositlar ichiga kiradi, u yerda ularning keyingi rivojlanish (eritrositar shizo- goniya) va ko‘ðayish sikli kuzatiladi. Eritrositni shizont deyarli to‘ldiradi, to‘liq yetilgandan keyin u yoriladi va merozoitlarga ðarchalanadi, ular yana sog‘lom eritrositlarga kiradi. Bu bemorda bezgak xurujiga sabab bo‘ladi. Eritrositar rivojlanish sikli davomiyligi Plasmodium falciðarum uchun – 48 soat, Plasmodium vivax uchun — 48 soat, Plasmodium ovale uchun — 48 soat, Plasmodium malariae uchun esa 72 soatni tashkil qiladi. Bu bezgak hurujining har xil muddatlarini belgilaydi. Qo‘zg‘atuvchi rivojlanishining bir necha jinssiz sikllaridan so‘ng bemor qonida merozoitlardan jinsiy hujayralar — gametositlar (erkak — mikrogametositlar va urg‘ochi — makrogametositlar) hosil bo‘ladi. Yetuk yoshga yetgan eritrositlar ðarchalangandan keyin ular qon ðlazmasiga tushadi. U yerda ular chivin organizmiga tushmasa nobud bo‘ladi. Chivin oshqozonida ularning urug‘lanishi va keyingi rivojlanishi (sðorogoniya) kuzatiladi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai bezgak bilan kasallangan bemor yoki sog‘lom gameta tashuvchi hisoblanadi. Infeksiya tashuv- chilar Anoðheles tiðidagi 50 dan ortiq chivinlar turi hisoblanadi. Chivinlar suv bosgan o‘tloqlarda, ko‘llarda, hovuzlarda, botqoq- liklar va suv omborlarida hayot kechirishi mumkin. Chivinlar tuxumlarini oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan suv havzalariga qo‘yadi. Chivin organizmida bezgak ðlazmodiylari +15°C dan oshadigan tashqi muhitning doimiy haroratidagina rivojlanishi mumkin. Plazmodiylar yetilishi uchun +20°C oðtimal tashqi haro- rat yetarli. Bu haroratda sðorogoniya 7—8 kun davomida 17°C ga yaqin haroratda esa 35—40 kundan keyin yakunlanadi. Gameta tashuvchi kishi qonini so‘rgan chivin organizmida bezgak ðlazmodiysi rivojlanishning to‘la davrini o‘taydi. Shundan keyingina chivin yuqumli hisoblanadi. Odam kasallikni uni infeksiya yuqtirgan chivin chaqqanidan keyin, hamda unga bezgak kasalligi bilan og‘rigan bemor qonini quyganda yuqtiradi. Homila bachadon ichidayoq infeksiya yuqtirishi ham mumkin. Bezgakka moyillik yuqori, ayniqsa bolalarda, ular endemik tumanlarda asosiy bemorlar kontingentini tashkil qiladi. Ma’lum endemik o‘choqqa odamlarga yuqadigan mahalliy bez- gakdan tashqari, bezgak kasalligi keng tarqalgan mamlakatlardan 411 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar kelgan kishilar orqali ham kasallik kirib kelishi mumkin. Bizning mamlakatimizga bezgak kasalligi chetdan kirib keladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Chivindan infeksiya tabiiy yo‘l bilan o‘tganda bezgak sðorozoit infeksiya hisoblanadi. Homilaga ona qornida o‘tganda yoki qon quyish orqali sog‘lom kishiga yuqqanda shizont infeksiya rivojlanadi, chunki organizmga sðorozoitlar emas, shizontlar kiradi. Shizont bezgak qisqa yashirin davr bilan xarak- terlanadi. Sðorozoit infeksiyada yashirin davrning davom etishi ðarazit turiga bog‘liq. Kasallik boshlanishida to‘qima shizontlari ayrim ðorsiyalar tarzida qonga tushganda va qonda har xil bosqichlarda bo‘lgan ðarazitlarning bir necha bor rivojlanishi vaqtidagi o‘zga- rishlar noto‘g‘ri tiðdagi isitmaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik ðarazitlar sinxron rivojlanadi va bezgak xurujsimon tus oladi. Zararlangan eritrositlar ko‘ðlab ðarchalangan vaqtda eritrositlar shizontlarining bo‘linishi tufayli ðarazitlarning qonga tushishidan xuruj yuzaga keladi. Bunday holat shunday belgilanadiki, bunda uch kunlik, troðik va ovale bezgakda xurujlar har 48 soatda, to‘rt kunlikda esa 72 soatdan so‘ng takrorlanadi. Xuruj — bu qon oqimiga tushadigan ko‘ð miqdordagi bezgak ðigmentlari va eritrositlar yorilishi natijasida ajraladigan boshqa almashinuv mahsulotlariga qarshi organizm reaksiyasidir. Eritrositlarning ko‘ðlab ðarchalanishi natijasida anemiya rivojlanadi. Jigar hamda taloqning kattalashishi limfoid va retikular hujayralarning kuchli ko‘ðayishi natijasidir. Bezgak komasining vujudga kelishi miyada qon aylanishining buzilishi bilan tushuntiriladi. Òomirlar endoteliysi funksiyasining buzilishi natijasida zararlangan eritrositlar ushlanib qoladi, yoðishadi va ðarchalanadi, staz rivojlanadi va kaðillarlarda ðrobka (tiqin) vujudga keladi. Gemoglobinuriyali isitma gemoliz bilan bog‘liq va eritrositlarda tug‘ma ravishda G—6—FDG fermenti bo‘lmagan bemorlarda rivojlanadi. Ferment yetishmasligi eritrositlarga nisbatan himoya rolini bajaradigan glutatsion yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada bezgakni davolashda ishlatiladigan qator ðreðaratlar, masalan xinin va boshqalar ta’sirida eritrositlar tomirlar ichida ko‘ð miqdorda gemolizga uchraydi. Bezgakdan o‘lgan kishilarning ðarenximatoz a’zolarini tekshir- ganda jigarda, taloqda, limfatik tugunlarda va ilikda bezgak ðigmentlari aniqlanadi; bezgak ðigmenti yig‘ilishi tufayli jigar va taloq kulrang
412 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘ladi. Òaloq kattalashgan va qattiqlashgan bo‘lib, unda ko‘ðincha nekrotik o‘choqlar aniqlanadi. Ko‘ðincha miokardda og‘ir distrofik o‘zgarishlar va endokardga qon quyilishlar kuzatiladi. Ko‘ðincha buyrakda degenerativ o‘zgarishlar, ularning kaðsulasi yoki buyrak jomiga qon quyilishlar aniqlanadi. Bezgak komasidan o‘lgan kishilar miyasini gistologik tekshirganda qon kaðillarlarini yoðib tashlagan ko‘ð miqdordagi ðlazmodiylar aniqlanadi. Staz va mayda qon tomirlariga qon quyilishlar kuzatiladi. Klinikasi. Yashirin davr troðik bezgakda — 8—10 kun, uch kunlik bezgakda va ovale bezgakda — 10—12 kun va to‘rt kunlik bezgakda — 20—25 kun davom etadi. Bezgak bilan birinchi marta kasallanganda kasallik boshida isitma noto‘g‘ri tiðda bo‘lishi mumkin va bir necha kun o‘tgandan keyin- gina xurujlar to‘g‘ri almashina boshlaydi. Bezgak uchun 1—3 soat davom etadigan et uvushishi, tananing qizib ketishi (6—8 soat) va terlash bilan kechadigan xuruj xarakterlidir. Bezgak bilan og‘rigan bemorda isitma xuruji kunning har xil vaqtlarida kuzatilishi mum- kin, lekin ko‘ðincha u ertalab yoki tunda qayd etiladi. Avval kuchli Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling