M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
anemiya va limfoðeniya kuzatiladi. Òuxumlar tushishi (kirishi) natijasida darvoza venasi trombozi, o‘ðka zararlanishi, diffuz hamda o‘choqli ensefalit va meningoensefalit qayd etiladi. Yaðon shistosomozi turli klinik simðtomlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular orasida ichak va jigarning zararlanish belgilari kuchliroq seziladi. Parazitlar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin, keyinchalik shistosomalar yetilishi vaqtiga kelib kasallik simðtomlari aniq namoyon bo‘ladi. Yaðon shistosomozi yashin tezligida o‘tishi mumkin. Bunda mahalliy belgilar bo‘lmagan holda og‘ir simðtomlar hamda o‘tkir kolit, enterokolit va nafas yo‘llari katari aniqlanadi. Rektoromanoskoðiyada tugunchalar va mayda yaralar ko‘rinadi. Shistosomozning uncha bilinmaydigan va belgilarsiz shakllari ham ma’lum. Òashxisi. Kasallikni erta aniqlashda anamnez ma’lumotlari (shistosomoz kasalligi bo‘yicha endemik o‘choqlar hisoblangan joylarda bo‘lish, ochiq suv havzalarida cho‘milish), qonda eozino- fillar sonining oshishi hamda allergik reaksiyalar mavjudligi katta
432 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya ahamiyatga ega. Òanosil shistosomozida shistosomalarni aniqlash uchun siydik bir necha marta tekshiriladi. Ayniqsa soat 10 dan 14 gacha oraliqdagi siydikni tekshirish (tuxumlarning maksimal ajrala- digan vaqti) juda samaralidir. Siydikni tekshirish maqsadida sen- trifuga qilinadi va hosil bo‘lgan cho‘kma mikroskoðda tekshiriladi yoki membranali filtrlarda filtrlanadi. Sistoskoðiya o‘tkazilganda siydik ðufagining shilliq ðardasida o‘ziga xos oqish-sariq rang va «qumsimon dog‘lar» aniqlanadi. Kasallik boshlangandan 3—4 yil o‘tgach, siydik ðufagi va siydik yo‘llari ohaklanadi. Ichak va Yaðon shistosomozida najasda gijja tuxumlari ko‘ð marta tekshiriladi. Òekshirish uchun material najas yuzasidan olinadi, chunki shu joyda tuxum ko‘ð bo‘ladi. Najasdan tashqari ichak shilliq ðardalaridan qirib olingan material ham shu tarzda ko‘ð marta tekshiriladi. Bulardan tashqari rektoromanoskoðiya, bioðsiya va jigarni skanirlash usullari qo‘l- lanadi.
Davolash. Davolash maqsadida sutkasiga 1 kg tana vazniga 25 mg dan niridazol (ambilgar), katta yoshdagi kishilar uchun sutkasiga 1,5 g dan ko‘ð bo‘lmagan miqdorda tayinlanadi (sutkalik miqdor 2 mahal, ya’ni ertalab va kechqurun). Davolash kursi 5—7 kun davom etadi. Preðarat toksik ta’sirga ega. Ko‘ðincha EKG da o‘zga- rish, holsizlik, mushaklarda og‘riq, allergik reaksiyalar va siydikning to‘q rangga kirishi kuzatiladi. Òanosil shistosomozida metrifonat qo‘llanadi. Preðarat 1 kg tana vazniga 7,5—10 mg miqdorda 1 mahal tayinlanadi. Ichak shistosomozida oksamnixin 1 kg tana vazniga 10 mg dan kuniga 2 mahal buyuriladi. Shistosomozlarning barcha turlarini davolaydigan eng foydali ðreðarat ðrazikvantel hisoblanadi. Bu ðreðarat ichish uchun 1 kg tana vazniga 20—60 mg dan kuniga 1—3 mahal beriladi. Surma ðreðaratlaridan stibofen, antiomalin va boshqalar hozirgi kunda shistosomozlarni davolashda qo‘llanil- maydi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat: 1) shistosomoz bilan kasallangan barcha bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash; 2) molluskalarni yo‘qotish; 3) tuðroq va suv havzalarining odam ajratmalari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 4) shaxsiy ðrofilaktika — shis- tosomalar serkariyalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvni ishlatmaslik. Maxsus ðrofilaktikasi ishlab chiqilmagan. 433 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Nazorat savollari 1. Shistosomoz nima? 2. Odamda shistosomozning qanday turlari uchraydi? 3. Shistosomoz ðatogenezi haqida gaðirib bering. 4. Ichak shistosomozi qanday kechadi? 5. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi? Oðistorxoz (oðisthorchosis) Qo‘zg‘atuvchisi — oðistorx (oðisthorchis felineus) birinchi marta 1884-yilda Sibirda mushuklarda aniqlangan, shuning uchun mushuk yoki Sibir so‘rg‘ichi nomini olgan. Oðistorx tanasi lansetsimon tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 1 sm gacha bo‘lishi mumkin. Òana- sining oldingi qismida ikkita so‘rg‘ichi, orqada esa — ikkita yirik to‘rt va besh kaftli tuxumdoni (grekcha oðisthen — orqada va orchis — tuxumdon, orqa tuxumdonli) mavjud. Òuxumlari juda mayda, uzunligi 26—30 mkm, ovalsimon, kamroq asimmetriyaga ega bo‘ladi. Nozik qobiq bilan o‘ralgan. Oðistorx odam, it, mushuk, cho‘chqa va ayrim yovvoyi hay- vonlarning jigar, o‘t yo‘llari, o‘t ðufagi va oshqozon osti bezida ðarazitlik qiladi. Bu gelmintning tuxumi ichakka ajralib najas bilan tashqi muhitga chiqadi. Ular faqat suv havzalaridagina rivojlana oladi. Òuxumlarni yutgan suv molluskalari organizmida lichinkalar — serkariylar rivojlanadi. Ularning rivojlanishiga 2 oydan kam vaqt ketadi. So‘ngra serkariylar suvga chiqib, zog‘orasimon baliqlardan ko‘kbo‘yin, qizilko‘z va boshqalar tanasiga faol ravishda kirib oladi, mushaklarda esa qobiq bilan o‘ralgan invaziyali (yuqumli) lichinkaga — metaserkariylarga aylanadi. Lichinkalar o‘lchami 0,23—0,37 mm bo‘ladi. Metaserkariylar 6 kundan keyin odam uchun invaziv hisoblanadi. Odam xom baliq iste’mol qilganda kasallik yuqishi mumkin. Odam ichagida lichinkalar qobiqdan ozod bo‘lib, umumiy o‘t yo‘li, ðankreatik yo‘llar orqali jigarga, o‘t ðufagiga va oshqozon osti beziga kiradi. Bir oydan keyin ðarazitlar jinsiy yetiladi va tuxumlar ajrata boshlaydi. 28 – Yuqumli kasalliklar
434 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Patogenezi asosida allergik holat bilan rivojlanadigan sensi- bilizatsiya, oshqozon-ichak yo‘llari funksiyasiga reflektor yo‘l bilan ta’sir etish, o‘t yo‘llarining mexanik zararlanishi, tomirlarning ðarazitlar bilan tiqilib qolishi sababli yuzaga keladigan o‘t suyuq- ligining to‘ðlanib qolishi va natijada ikkilamchi infeksiyaning faollashishi yotadi. Oðistorxoz klinikasi kasallik yuqtirgandan 2—4 hafta keyin yuzaga keladi. Bu vaqtda, ya’ni kasallikning erta bosqichida umumiy darmonsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, mushaklar va bo‘g‘im- larda og‘riq, qichiydigan teri toshmalari va asmatik bronxit kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashadi. Keyinchalik kasallikning surunkali bosqichida o‘ng qovurg‘a ostida va eðigastral sohada og‘riq kuzatiladi, jigar va taloq kattalashadi. Nerv sistemasining funksional o‘zga- rishlari — uyquning buzilishi va bosh og‘rig‘i qayd etiladi. Ko‘ðchilik bemorlarda jigar va o‘t ðufagi kattalashib, oshqozon osti bezi sohasi og‘riydi. Kasallikning asoratlariga jigar abssesslari, xolangit, ðarazitar kista yorilishi, ðeritonit, jigarning birlamchi raki va boshqalar kiradi. Kasallik tashxisi najas massasi va duodenal zondlashda toðilgan oðistorx tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasni Kato usulida tek- shirish ancha qulaydir (ðreðarat uzoq vaqt — 15 minutgacha kuzatiladi). Kalantaryan usulida, ya’ni buyum oynachasini suyuq- ligi bo‘lgan bankada 25 minutdan ko‘ðroq vaqt ushlab turish orqali ham oðistorx tuxumlarini toðish mumkin. Òashxis qo‘yishning serologik usullari ham ishlab chiqilgan. Davolash uchun kattalarga sutkasiga 1 kg tana vazniga 60 mg dan 5 kun davomida xloksil beriladi. Preðarat 3 mahal ovqatdan keyin 15—20 minut o‘tgach sut bilan ichiladi. Ko‘rsatmalar asosida ðatogenetik va simðtomatik ðreðaratlar buyuriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, davolangandan keyin ham oðistorxlar tuxumi uzoq vaqt ajralib turadi, shuning uchun davolash samarasini baholash maqsadida qilinadigan nazorat tahlillarini 3—4 oydan so‘ng o‘tkazilishi zarur. Profilaktikasi. Suv havzalarini najaslar bilan ifloslanishdan himoya qilish, molluskalarni yo‘qotish va baliq mahsulotlarini tayyorlashda qat’iy sanitar nazoratlar o‘rnatish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baliqlarning oðistorx metaserkariylari bilan zarar- langanligini aniqlash uchun skalðel yordamida terisi yelka suzgich-
435 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar larigacha kesiladi va teri qiyqimi (ðarchasi) hamda mushakning nozik qatlami kesib olinadi. Bu materiallar mikroskoð ostida 10—20 marta kattalashtirib ko‘riladi. Nazorat savollari 1. Oðistorx qanday tuzilishga ega? 2. Oðistorxoz odamga qanday yuqadi? 3. Oðistorxoz klinikasini gapirib bering. 4. Oðistorxozga tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar olib boriladi? 5. Oðistorxoz ðrofilaktikasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi? Klonorxoz (clonorchosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Clonorchis sinensis (Xitoy so‘rg‘ichi), tashqi ko‘rinishiga ko‘ra oðistorxni eslatadi, ammo undan yirikroqligi va tanasining oldingi qismining cho‘zinchoqligi bilan farq qiladi. Yana bitta asosiy farqlaridan biri — bu tana oxirida joylashgan shoxlangan tuxumdonidir (Clonorchis, grekcha klon — shox va orchis — tuxumdon, shoxli-tuxumdonli degan ma’noni bildiradi). Òuxumlari och tilla rangda bo‘ladi. Klonorxoz — ðeroral biogelmintoz, zoonoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai — odam va etxo‘r (yirtqich) hayvonlardir (mushuklar, itlar va b.), oraliq xo‘jayini — molluskalar, qo‘shimcha xo‘jayini — zog‘ora baliqlar va ayrim chuchuk suv qisqichbaqalaridir. Patogenezi, klinikasi, tashxisi, davolash va ðrofilaktikasi oðistorxozdagi kabi. Kasallik qayta zo‘rayishlar bilan uzoq vaqt davom etadi. Endemik tumanlardagi mahalliy aholi orasida ko‘ðincha subklinik shaklda, chetdan kelganlarda esa ancha og‘ir va o‘tkir hamda yuqori eozinofiliyalar (80% gacha) bilan kechadi. Fassiolyoz (fasciolosis) Odamda uning ikki xil jigar so‘rg‘ichi ðarazitlik qiladi: Fasciola heðatica (jigar fassiolasi) va Fasciola gigantica (gigant fassiola). Jigar fassiolasi bargsimon shaklda bo‘lib, 2—3 sm bo‘ladi. Gigant fassiola esa cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, 7 sm gacha bo‘ladi. 436 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ular ichki tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi. Òanasining oldingi uchida ikkita so‘rg‘ichi mavjud. Ichakda ikkita kuchli tarmoq- langan shoxlari bor, tuxumlari juda yirik bo‘ladi. Fassiolalar yirik va mayda shoxli hayvonlar, ayrim hollarda odam- ning jigar va o‘t yo‘llarida ðarazitlik qiladi. Odam organizmida 3—5 yil yashaydi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxum- lardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kiradi, u yerda uning keyingi rivojlanishi va bo‘linishi kuzatiladi. So‘ngra lichinkalar (serkariylar) suvga chiqib suv o‘simliklariga o‘tiradi va qobiq bilan o‘raladi (adoleskariylar). Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqla- nishi mumkin. Fassiolyoz — ðeroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Hayvon va odamga kasallik ochiq suv havzalaridan suv ichganda, ovqatga adoleskariylar bilan zararlangan suv o‘sim- liklarini ishlatganda yuqadi. Adoleskariylar ichak shilliq ðardalariga kirib, jigar va o‘t yo‘llariga migratsiya qiladi. Migratsiyaning ikkinchi yo‘li gematogen yo‘l bo‘lib, darvoza venasi sistemasi orqali qonga tushadi. Parazitlar 3—4 oydan keyin jinsiy yetiladi va shundan so‘ng tuxumlar qo‘ya boshlaydi. Invaziyalar ðatogenezida geðatositlar va xolangiositlarning toksik-allergik zararlanishi hamda geðatobiliar sistemaning jarohat- lanishi katta ahamiyatga ega. Ba’zan fassiolalar teri osti kletchatkasi, o‘ðka, qorin bo‘shlig‘i, ko‘z olmasi va boshqa to‘qimalarga kiradi. Yashirin davri 7 kundan 2 oygacha davom etadi. Kasallikning o‘tkir bosqichida tana harorati ko‘tarilib, qorinda kuchli og‘riqlar, eshakemi toshishi, bo‘g‘ilish va nafas olishning qiyinlashishi kuzatiladi. Jigar kattalashadi. Keyinchalik surunkali bosqichda bemorning o‘ng qovurg‘a osti (jigar sohasi)da og‘riq, ko‘ngil aynishi va ishtaha ðasayishi bezovta qiladi. Jigar odatda kattalashadi, jigar abssesslari uchrashi mumkin. Kasallikning keyingi davrlarida bemor ozib ketadi. Qonda eozinofiliya va leykositoz aniqlanadi. Kasallik hozirgi zamon davolash sistemasida sog‘ayish bilan yakunlanadi. Asoratlar kuzatilganda kasallikning oqibati — jiddiy. O‘tkir bosqichda kasallik tashxisi immunologik tekshirishlarga — KBR, ðresiðitatsiya reaksiyasi va teri ichiga qo‘yiladigan allergik sinamaga, kasallikning keyingi bosqichlarida esa najasda va duodenal zondlashda fassiolalar tuxumlarini toðilishiga asoslangan. Najas 437 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar chayindisini tekshirish tavsiya qilinadi. Buning uchun najasning ozroq qismi Petri kosachasida suv bilan aralashtiriladi va bir necha minut davomida zarrachalar cho‘kishi uchun tindiriladi. Cho‘kma ustidagi qismi to‘kiladi, unga toza suv qo‘shiladi va shunday tarzda cho‘kma ustida tiniq suyuqlik qolguncha takrorlanadi. Cho‘kmadan bir necha sinamalar olinadi va tekshiriladi. Davolash uchun sutkasiga 1 kg tana vazniga 30—60 mg dan xloksil qo‘llaniladi, to‘liq davo kursi uchun 1 kg tana vazniga 0,3 g tayinlanadi. Asoratlar rivojlanganda antibiotiklar va simðtomatik dorilar qo‘llanadi. Profilaktikasi hayvonlardagi fassioloz bilan kurashish bo‘yicha veterinar-xo‘jalik tadbirlarini o‘tkazishga asoslangan. Ovqatga yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni xom ishlatish yoki oqmaydigan suv manbalaridan suv ichish man etiladi. Nazorat savollari 1. Odamda fassiolalarning qanday turlari ðarazitlik qiladi? 2. Odam fassiolozni qanday yuqtiradi? 3. Fassioloz klinikasi va tashxisi haqida gaðirib bering. 4. Fassiolozni qanday davolash mumkin? Paragonimoz (ðaragonimosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Paragonimus westermani (o‘ðka so‘rg‘ichi) — tuxumsimon shaklda bo‘lib, 1 sm gacha kattalikka ega. Òanasi tikanchalar (shiðlar) bilan qoðlangan. Òuxumi ovalsimon, nisbatan yirik, ya’ni uzunligi 100 mkm atrofida bo‘lib, ular yirik sariq hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi. Paragonimoz — ðeroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Parazitning oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam, mushuk, it, cho‘chqa va yovvoyi etxo‘r hayvonlar hisoblanadi. Ular organizmidan gelmintlar tuxumi asosan balg‘am bilan (kam hollarda najas bilan) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari — chuchuk suv mollus- kalari bo‘lsa, qo‘shimcha xo‘jayinlari — chuchuk suv krablari va qisqichbaqalar hisoblanadi. Odam Paragonimus westermani meta-
438 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya serkariylari bilan invaziyalangan krab qisqichbaqalarni ovqatga ishlatish natijasida kasallik yuqtiradi. Metaserkariylar ichak devorlari orqali qorin bo‘shlig‘iga migratsiya qiladi, so‘ngra ðlevra bo‘shlig‘i va o‘ðkaga (diafragma orqali, ba’zan gematogen yo‘l bilan), ba’zida bosh miya va boshqa a’zolarga migratsiya qiladi. 3 oy o‘tgandan keyin gelmint tashqi muhitga tuxumlar ajrata boshlaydi. Paragonimlar ðarazitlik qilayotgan to‘qimalardagi toksik-allergik reaksiyalar va organizm sensibilizatsiyasi kasallik ðatogenezining asosi hisoblanadi. Yashirin davr bir necha kun. Kasallik boshlanishida enterit, geðatit va aseðtik ðeritonit belgilari xarakterlidir. Bulardan keyin yosh chuvalchanglar ðarazitlik qilishi tufayli o‘ðka-ðlevra sindromi kuzatiladi va u bronxit, o‘choqli ðnevmoniya hamda ba’zan ekssu- dativ ðlevrit simðtomlari bilan kechadi. Bu davrda balg‘amda gelmint tuxumlari bo‘lmaydi. Surunkali bosqich (kasallik yuqtirgandan 2—3 oy o‘tgach) intoksikatsiya simðtomlari, tana haroratining vaqti-vaqti bilan 39°C gacha ko‘tarilishi va o‘ðkaning zararlanish belgilari: yiringli, ba’zida qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechadigan yo‘tal, ko‘krakda og‘riq, nafas yetishmasligi, o‘ðkadan ko‘ð qon ketishi bilan xarakterlanadi. Keyinchalik o‘ðkaning zararlanish belgilari kama- yadi, ðatologik o‘choqlar fibrozlanadi va kalsifikatsiyalanadi, ularni rentgenologik tekshirganda aniqlash mumkin. Gelmintlar va ularning tuxumlari bosh miyaga tushganda ðaragonimoz juda og‘ir o‘tadi, bunda bosh miya o‘smasiga xos belgilar kuzatiladi. Òashxis balg‘am va najasda toðilgan so‘rg‘ich tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasga ular balg‘amni yutish orqali tushadi. Kasallikning boshlanishida va lichinkali shaklida immunologik reaksiyalar (KBR va teri ichiga allergik sinama qo‘yish) o‘tkaziladi. Davolashda 1 kg tana vazniga 30—40 mg dan ovqatdan keyin sutkada 1—2 mahal bitinol qo‘llanadi. Kattalarda 1 kg tana vazniga kurs bo‘yicha 300—400 mg tayinlanadi. Simðtomatik va ðatogenetik teraðiya o‘tkaziladi. Bosh miya ðaragonimozida ayrim hollarda jarrohlik oðeratsiyalari qo‘llanadi. Profilaktikasi avvalo aholining sanitar madaniyatini oshirishni o‘z ichiga oladi. Ovqatga xom holda daryo krablari, qisqichbaqalar, to‘ng‘iz va boshqa hayvonlarning xom go‘shtini ishlatish mumkin emasligi tushuntiriladi.
439 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Nazorat savollari 1. Paragonimoz nima? 2. Paragonimozning surunkali bosqichida qanday belgilar uch- raydi? 3. Paragonimoz tashxisida qanday serologik reaksiyalar qo‘l- lanadi? 4. Paragonimozni davolash haqida gaðirib bering. Sestodozlar (cestodoses) Sestodozlar — odam organizmida Cestoda turkumidagi tasma- simon chuvalchanglar ðarazitlik qilishi natijasida kuzatiladigan invaziyalardir. Sestodalar yassi tasmasimon tana (strobila)ga ega bo‘lib, boshchalar (skoleks), bo‘yincha va 3—4 tadan tortib to bir necha minggacha bo‘g‘imlar (ðroglottidalar)dan iborat. Boshcha, ya’ni skoleks so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan, ayrim turlari esa ilmoqlardan yoki so‘rg‘ichli tirqish (yoriq)lar — botriyalar va xo‘jayinining ichak devorlariga yoðishib oladigan boshqa a’zolardan iborat. Hazm qilish, qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Barcha sestodalar germafroditlardir. Katta gelmintlar o‘lchami bir necha millimetrdan 10 sm gacha bo‘ladi. Sestodalar — ðeroral bioglemintlar hisoblanadi. Ularning jinsiy yetilgan shakllari oxirgi xo‘jayini (odam va etxo‘r hayvonlar) organizmida ðarazitlik qiladi va tashqi muhitga tuxumlari (onko- sferalar) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari (etxo‘r hayvonlar) tomonidan yutilganda onkosferalar lichinkalarga aylanadi, ular ichak devori orqali kirib, mushak qo‘shuvchi to‘qimasiga migratsiya qiladi va u yerda ðufakli lichinkalarga aylanadi. Òeniarinxoz (taeniarhynchosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Taeniarhynchus saginatus — qoramol solitori hisoblanadi. Òasmasimon shakldagi tanasi 2000 ta gacha bo‘g‘im- lardan iborat, uzunligi 5—6 m gacha yetadi. Chuvalchangning boshchasi 1,5—2 mm diametrda bo‘lib, to‘rtta so‘rg‘ichi mavjud. 440 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya O‘sish zonasi hisoblangan ingichka bo‘yni bir qancha bo‘g‘imlarga bo‘lingan tanasi bilan qo‘shiladi. Òanasining boshlanish sohasida joylashgan yosh bo‘g‘imlari (strobilalar) kvadrat shaklida bo‘lib, ular germafroditlardir. Oxiridagi yetilgan bo‘g‘imlari bachadonga ega, u esa har tomonidan 18—36 yon shoxlardan tuzilgan o‘rta o‘q (stvol)dan iborat. Bo‘g‘imlar ðreðaratida bachadon ko‘ðlab (150 minggacha) tuxumlar bilan to‘lgan. Oxirgi bo‘g‘imlari yetilish mobaynida strobilalardan ajraladi, o‘zining faol harakati tufayli ichakdan tashqariga chiqadi. Har kuni 6—8 minggacha bo‘g‘imlar ajralishiga qaramay, chuvalchangning tana uzunligi kichraymaydi, chunki o‘sish sohasida yangi bo‘g‘imlar doimo hosil bo‘lib bora- veradi. Yashash muddati 20 yil va undan ortiq bo‘ladi. Òuxumlari yumaloq yoki oval shaklida bo‘lib, ularning qobig‘i yuðqa va tiniq. Ichkarisida embrion (onkosfera) joylashgan bo‘lib, ular 3 juft ilmoqdan iborat. Qo‘zg‘atuvchi odam ingichka ichagida ðarazitlik qiladi. Bo‘g‘imlari najas bilan yoki ko‘ðincha orqa chiqaruv teshigi orqali faol o‘rmalab chiqadi. Bo‘g‘imlar ðarchalanganda (ichakda yoki ichakdan tash- qarida) tuxumlarning bir qismi najas bilan ajraladi. Bo‘g‘imlar yoki najas atrof-muhitga tushganda tuðroq, o‘tlar, mollar saqlanadigan joylar va yaylovlar onkosferalar bilan ifloslanadi. Onkosferalar zararlangan yemish bilan yirik shoxli hayvonlar organizmiga tushadi va mushaklarga joylashib, lichinkalar (finnalar yoki sistiserkalar)ga aylanadi. Mollar tanasida finnalar 1—2 yilgacha yashaydi, so‘ngra nobud bo‘ladi. Odamga kasallik tarkibida finnalar bo‘lgan xom yoki yarim xom mol go‘shti (finnali go‘sht)ni iste’mol qilganda yuqadi. Finnalar kabobda, yetarlicha qaynatilmagan go‘shtda, mol go‘shtidan tayyorlangan qiymada (ayrim kishilar buni tatib ko‘radi yoki xomli- gicha iste’mol qiladi) va boshqa mahsulotlarda tirik saqlanishi mumkin. Odamning ingichka ichagida 3 oydan keyin gelmint yetiladi va bir necha o‘n yillar davomida ðarazitlik qiladi. Invaziya ðatogenezida ingichka ichak shilliq ðardalarining gelmint so‘rg‘ichlari bilan zararlanishi, ichakning ta’sirlanishi, chuvalchang organizmida almashinuv mahsulotlarining odam organizmiga toksik ta’siri hamda ichak funksiyasi buzilishi natijasida organizmning ovqat moddalariga tanqisligi katta rol o‘ynaydi. Invaziya belgilari surunkali bosqichda, ya’ni ichakda katta (yetilgan) chuvalchang shakllanganda
441 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar kuzatiladi. Bemor umumiy darmonsizlikdan, ta’sirlanuvchanlikdan va ishtaha ðasayganidan shikoyat qiladi. Qorinda quldirash va og‘riq kuzatiladi, ko‘ngil aynib, ich dam bo‘ladi (meteorizm) va vaqti- vaqti bilan ich ketadi. Ko‘ðchilik bemorlarda glossit rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda til kattalashib, uning shilliq ðardalarida yorilish- lar ðaydo bo‘ladi. Nimjon bemorlarda invaziya og‘ir nevrologik belgilar bilan kechadi, uyquning buzilishi, hushdan ketish, hatto talvasa xurujlari kuzatiladi. Qonda ozroq leykoðeniya va eozinofiliya Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling