M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
vermoks (mebendazol) ham berilishi mumkin. Preðarat 3—4 kun davomida kuniga 2 mahal 100 mg dan beriladi. Yuqori darajada foydali dekaris (levamizol) ham qo‘llanadi. Uning bir martalik (bir kurs) miqdori kattalar uchun 150 mg, bolalar uchun — 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Preðarat kechki ovqatdan so‘ng, uxlashdan oldin beriladi. Kombantrin (ðirantel ðamoat) 10 mg/kg tayinlanadi, u ovqatlanish vaqtida bir marta beriladi. Askaridozning ichak bosqichida keng qo‘llaniladigan va yuqori darajada samara beradigan ðreðarat ðiðerazin va uning tuzlari (adiðinat, sulfat, sitrat, fosfat) hisoblanadi. U 1 g dan 2 kun davomida kuniga 3—4 mahal tayinlanadi. Davolashning foydasini aniqlash maqsadida 2 haftadan keyin najas laboratoriya usulida tekshiriladi. Askaridoz bilan kurashishdagi asosiy tadbirlardan biri — mazkur kasallik tarqalishi gumon qilingan aholi ðunktlarida aholini ommaviy tekshirishlar orqali invaziyalangan kishilarni aniqlashdir. Bundan tashqari, jamoalar, ambulatoriya va statsionar sharoitidagi bemorlar ham shunday tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kasallik aniqlangan bemor- lar zudlik bilan degelmintizatsiya qilinadi, davolash jarayonida najaslar tuðroqni askarida tuxumlari bilan ifloslantirmasligi uchun xlorli ohak yordamida zararsizlantiriladi. Aholi yashaydigan joylar najas bilan ifloslanishining oldini olish uchun obodonlashtirilgan bo‘lishi zarur. Nazorat savollari 1. Urug‘langan tuxum urug‘lanmagan tuxumdan qanday farq- lanadi? 2. «Invazion tuxum» nima? 461 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar 3. Askaridozning ichak bosqichi klinik jihatdan qanday xarak- terlanadi? 4. Askaridozning asoratlarini gaðirib bering. 5. Askaridozni davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi? Òrixosefaloz (trychoceðhalosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Trychceðhalus trichiurus hisoblanadi (grekcha trichos — soch va keðhale — bosh). Bu nozik gelmint bo‘lib, uzunligi 3—5 sm ga teng. Oldingi qismi nozik bo‘lib, ið yoki sochni eslatadi va tana uzunligining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Òanasining orqa qismi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, unda ichak, urg‘o- chilarida esa — bachadon joylashadi. Parazitlarning ingichka qismi ichak devorining shilliq ðardalari tanasiga kiradi, orqa qismi esa ichak bo‘shlig‘idan chiqib turadi. Qobig‘i silliq, qalin va ko‘ð qavatlidir. Òuxumi mayda qumsimon ko‘rinishda. Òrixosefaloz — ðeroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam hisoblanadi. U odamning yo‘g‘on ichagida ðarazitlik qiladi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Faqat tuðroqda yetarli namlik va havo harorati (15—37°C) bo‘lganda tuxumlarda invaziyali lichinkalar rivojlanadi. Ular 2 haftadan 3—4 oygacha yetiladi. Òuxumlar tuðroqda 1—2 yilgacha yashashi mumkin. Shakllangan lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlar odamga yuqish va uni kasal- lantirish xususiyatiga ega. Odam yetilgan lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlarni sabzavot, meva va suv orqali yuqtiradi. Bundan tashqari ðolizda ishlaganda, bolalar yerda o‘ynaganda va boshqa hollarda ifloslangan qo‘llar orqali ðarazit tuxumlarining og‘izga tushishi natijasida ham invaziyani yuqtirib olish mumkin. Ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi, ular ingichka ichak qilchalari (vorsinkalari)ga kiradi va u yerda 3—10 sutka davomida rivojlanadi. So‘ngra lichinkalar qilchalarni yorib ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Undan yo‘g‘on ichakka borib, u yerda ushlanib, bir oy davomida yetilgan (katta) bosqichga aylanadi. Organizmda ðarazitlar soni bir nechadan mingtagacha yetishi mumkin. Gelmint 5—6 yil, ba’zan esa ko‘ðroq yashaydi. Òrixosefalyozga moyillik umumiydir.
462 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Parazit yo‘g‘on ichakda ðarazitlik qilishi natijasida ichakni ma’lum darajada shikastlaydi, ba’zida shilliq osti va mushak qavatlariga kiradi. Parazitlar atrofida infiltratlar hosil bo‘lib, qon quyilishlar, shish, ba’zan eroziya va nekrozlar aniqlanadi. Kasallik ðatogenezida orga- nizmning ðarazit metabolitlari bilan sensibilizatsiyaga uchrashi ham katta ahamiyatga ega. Invaziyaning dastlabki klinik belgilari kasallik yuqqandan 1—1,5 oy keyin yuzaga chiqadi. Bu ðarazitlar ko‘ð bo‘lganda oshqozon- ichak faoliyati buziladi. Bemorda ishtaha ðasayib, u ba’zan qusadi, ko‘ðincha ich ketish bilan qabziyat almashib turadi, meteorizm kuzatiladi. Bemorni oshqozon sohasi (eðigastriy)dagi kuchli og‘riq bezovta qiladi va bu yara kasalligini eslatadi. Ko‘richak sohasidagi og‘riq ko‘ðincha o‘tkir aððenditsitni eslatadi va bu xato tashxis qo‘- yilishiga sabab bo‘ladi. Lekin trixosefalyozda ko‘richak invaziyalanishi natijasida haqiqiy aððenditsit ham kuzatilishi mumkin. Kasallikda uyqu buzilib, bosh og‘riydi, aylanadi, ish faoliyati ðasayadi, bolalarda talvasa sindromi ðaydo bo‘lishi mumkin. Qonda eozinofiliya aniqlanadi. Og‘ir invaziyada anemiya kuzatiladi. Òashxis najasni mikroskoðda tekshirishga asoslangan. Para- zitlarning tuxumlari boyitish va Kato usullarida oson toðiladi. Òrixosefalozni davolash mas’uliyatli va murakkab masala hisob- lanadi. Vermoks (mebendazol) 200 mg dan sutkasiga 3—4 kun davomida buyuriladi. Defezil va bemosat ancha foydali ðreðaratlar hisoblanadi. Ular bir xil miqdorlarda: kattalarga sutkasiga 5 g dan, bolalarga 2—5 yoshda — 2,5—3 g, 6—10 yoshda — 3,5—4 g, 11—15 yoshda — 4—4,5 g dan 5 kun davomida tayinlanadi. Ovqatlanishdan 1—2 soat oldin 3 mahal qabul qilinadi. Davolashdan 2—3 hafta keyin najas nazorat uchun tekshiriladi. Kasallik bilan kurashish tadbirlari askaridozdagi kabi. Nazorat savollari 1. Òrixosefaloz qo‘zg‘atuvchilari haqida gaðirib bering. 2. Odamga trixosefaloz qanday yuqadi? 3. Òrixosefalozning klinikasi qanday kechadi? 4. Òrixosefalozga tashxis qo‘yishda nimalarga ahamiyat beriladi? 5. Òrixosefaloz davosini gapirib bering. 463 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Ankilostomidozlar (ancylostomidoses) Qo‘zg‘atuvchilari — ikki turdagi yumaloq chuvalchanglardir: Ancylostoma duodenale (egri bosh) va Necator americanus (neka- tor yoki Amerika egri boshi). Bu nematodalarning o‘lchami 1—2 sm ga teng. Ular tuzilishiga ko‘ra juda o‘xshash. Bosh qismi og‘iz kaðsu- lasiga ega. Erkak ðarazitlarning dum qismida qo‘ng‘iroqsimon (jomsimon) kengayish yoki sumkacha mavjud. Ankilostomalar va nekatorlar tuxumi tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Ular ovalsimon shaklda bo‘lib, yuðqa tiniq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Najasda bir sutka ichida tuxumlarda lichinkalar rivojlanadi. Ankilostomidozlar — geogelmintozlardir. Invaziya manbai bemor odam hisoblanadi. Ankilostoma va nekator odamning ingichka ichagida ðarazitlik qiladi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Òuxumlar iliq, nam tuðroqqa tushgandan keyin 10—15 kun davomida lichin- kalar rivojlanadi va ular bir necha oy tuðroqda yashashi mumkin. Ankilostomalar lichinkasi sabzavot va mevalar yoki iflos qo‘llar bilan og‘izga tushadi. Nekatorlar lichinkasi, ba’zida ankilostomalar oyoqyalang yurganda yoki o‘tlar ustida yalang‘och yotganda organizmga teri orqali kiradi. Lichinkalar organizmga kirgach, qon oqimi bilan o‘ðkaga mig- ratsiya qiladi. U yerdan alveolalar hamda bronxlar orqali halqumga tushadi va yutib yuboriladi. Oshqozondan ingichka ichakka o‘tib, u yerda kattalashadi. Invaziya yuqqan vaqtdan tuxum qo‘yadigan davr- gacha rivojlanish davri 2 oyni tashkil etadi. Ankilostomalar orga- nizmda 5—15 yil ðarazitlik qiladi. Kasallikka moyillik umumiy. Qishloq xo‘jalik va shaxta ishchilari, yerda ishlovchilar hamda bolalar ko‘ðroq invaziya yuqtirib, kasal- lanadilar. Patogenezining dastlabki bosqichlarida ðarazitar metabolit- larning toksik-allergik ta’siri, surunkali bosqichi ðatogenezida esa — ankilostomidalar oziqlanishining xususiyatlari tufayli temir yetish- masligi natijasida yuzaga keladigan anemiya asosiy rol o‘ynaydi. Ankilostomidalar og‘iz kaðsulalari yordamida 1—3 minut davomida shilliq ðardalarga yoðishib, ichak shilliq ðardalarini zararlaydi va bunda ajralib chiqqan qon bilan oziqlanadi. Sutkada bitta ankilostom 0,3 ml, bitta nekator — 0,1 ml qon so‘radi. Ular tez-tez yoðishish joyini o‘zgartirib turadi va natijada o‘sha joylarda uzoq vaqt davomida 464 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya qonab turadigan yaralar hosil bo‘ladi. Bular ham anemiya rivoj- lanishida muhim ahamiyatga ega. Òeri orqali zararlanganda kasallikning dastlabki kunlari (soatlari) lichinkalar kirgan joyda dermatit rivojlanadi, qayta zararlanganda bu yanada og‘ir o‘tadi. Òurli toshmalar, teri qichishishi, ba’zida mahalliy shishlar kuzatiladi. Òerining qashlangan joylariga ikki- lamchi infeksiyalar tushishi juda xarakterlidir. Keyinchalik anki- lostomidlar lichinkalari migratsiyasi va ularning almashinuv mahsulotlari ta’siri natijasida organizmda sensibilizatsiya rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘ðkani zararlab, bronxit va laringit kabi jarayonlarni yuzaga keltiradi. Invaziyaning dastlabki bosqichi yuqori eozinofiliya, ba’zan yuqori isitma bilan kechadi. Peroral zararlanganda bu belgilar kuzatilmaydi. Ankilostomidozlarning surunkali bosqichida kasallikning asosiy ko‘rinishlari gelmintning o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda ðarazitlik qilishiga bog‘liq. Bemorni ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish va qabziyatga moyillik bezovta qiladi. Bemorni ba’zan eðigastral sohadagi juda kuchli, ya’ni o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini eslatadigan og‘riq bezovta qiladi. Bora-bora temir yetishmasligi tufayli kelib chiqadigan anemiya rivojlanadi va bunda tegishli klinik hamda laboratoriya belgilari namoyon bo‘ladi. Òashxis najasda toðilgan ankilostomidalar tuxumlariga qarab qo‘- yiladi. Najas boyitish usulida tekshiriladi. Ankilostomidalar diffe- rensiatsiyasi lichinkalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bemorlarni davolashning asosi degelmintizatsiya hisoblanadi. Bunda ko‘ðincha quyidagi antigelmint ðreðaratlar qo‘llanadi: 1) kombantrin (ðirantel ðamoat) bir kursga 10—20 mg/kg, ovqat vaqtida; 2) mebendazol (vermoks) 100 mg dan kuniga 2 mahal 3 kun davomida; 3) levamizol (dekaris) 2,5 mg/kg dan (bir martalik va kurs bo‘yicha miqdori) uxlashdan oldin; 4) tiabendazol (min- tezol) 25 mg/dan sutkasiga 2 mahal ovqatdan keyin 2 kun davo- mida; 5) naftamon (alkoðar) bir martalik (kurs bo‘yicha) miqdori saharlab 5 g. Kuchli anemiyada temir ðreðaratlari va folat kislota tayinlanadi. Davolashdan keyin 2—3 hafta o‘tgach, najasni nazorat uchun tekshiriladi.
465 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Profilaktikasi ankilostomidalar bilan invaziyalanganlarni aniq- lash va davolash bo‘yicha komðleks tadbirlar, shaxta va yer osti inshootlarini tozalash hamda najaslar bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha sanitar-eðidemiologik tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Nazorat savollari 1. Ankilostomalar ichakning qaysi bo‘limida ðarazitlik qiladi? 2. Ankilostomidozda anemiya holatining rivojlanishiga asosiy sabab nima? 3. Ankilostomidozni davolashda qanday ðreðaratlar qo‘llanadi? 4. Ankilostomidoz ðrofilaktikasini gapirib bering. Strongiloidoz (strongyloidosis) Qo‘zg‘atuvchisi — strongiloid yoki ichak ugritsasi (Strongyloides stercoralis) — mayda tiniq iðsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi 2—3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida ichak kriðtalari (liberkun bezlari) bo‘shlig‘i hamda o‘t va ðankreatik yo‘llarga kirib yashaydi. Har bir urg‘ochi ðarazit bir sutkada 50 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Òuxumlardan ichakda rabditsimon (invaziv bo‘lmagan) lichinkalar chiqadi, ularning kattaligi 0,1—0,3 mm ni tashkil qilib, oldingi uchi — to‘mtoq, orqa uchi esa o‘tkir bo‘ladi. Strongiloidoz — geogelmintoz bo‘lib, invaziya manbai odam hisoblanadi. Rabditsimon lichinkalar odam najasi bilan tuðroqqa tushib, 1—4 kundan so‘ng filariysimon (invazion) lichinkalarga aylanadi. Ko‘ðincha rabditsimon lichinkalar erkin harakatlanuvchi urg‘ochi va erkak ðarazitlarga aylanadi, ular esa tuðroqda uzoq vaqt yashashi va rabditsimon lichinkalarning yangi avlodlarini ðaydo qilishi mumkin, ular ham filariysimon shakllarga aylanadi. Odam ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalarni iste’mol qilish orqali filyariysimon lichinkalarni yutib yuborganda hamda ularning teri orqali faol kirishi natijasida kasallik yuqtiradi. Filariysimon lichinkalar odam organizmiga tushgandan so‘ng qon oqimi bilan migratsiya qiladi va o‘ðkaga kiradi. Bu yerda kaðillarlarni yorib, ular alveolalar bo‘shlig‘iga, so‘ngra — bronxlar va shilimshiq bilan og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak bilan yutilgandan keyin ichakka yetib borib, jinsiy yetilish davrigacha rivojlanadi. Odam organizmidagi 30 – Yuqumli kasalliklar 466 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya strongiloid 17—27 sutka davomida rivojlanadi. Invaziyaga barcha yoshdagi kishilar beriluvchandir. Invaziya ðatogenezida, ayniqsa dastlabki migratsion bosqichda ðarazit almashinuvi mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Katta urg‘ochi gelmint yoðishib, ðarazitlik qilishi natijasida ingichka ichak mexanik jarohatlanadi. Oshqozon- ichak yo‘llarida qon quyilishlar, eroziyalar va hatto yaralar aniq- lanadi. O‘ðkada ðarazitar o‘choqlar, jigar va oshqozon osti bezida distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikning dastlabki bosqichida holsizlik, bosh og‘rig‘i, terining qichishishi, tana haroratining biroz ko‘tarilishi va toshmalar toshishi mumkin. Bronxit va ðnevmoniya simðtomlari kuzatiladi. Kasallikning ichak bosqichida ishtaha ðasayib, og‘izda achchiq ta’m seziladi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, qorin, o‘ng qovurg‘a soha- sida og‘riq va qabziyat (ayrim bemorlarda esa aksincha — ich ketishi) qayd etiladi. Ko‘ðincha oshqozon osti bezi zararlanishi (ðankreatit) belgilari kuzatiladi. Strongiloidoz uchun qonda eozinofiliya xos. ECHÒ 40—60 mm/ soatgacha oshishi mumkin. Kasallikka erta tashxis qo‘yishda qondagi ko‘rsatkichlarda bo‘lgan eozinofiliyaga e’tibor beriladi. Migratsiya qilayotgan lichinkalarni toðish uchun mikroskoðda balg‘am tekshiriladi. Ichak bosqichida tashxis duodenal suyuqlik va najasni tekshirish orqali lichinkalarni toðishga asoslangan. Najas asosan yangiligida, iloji boricha ich suruvchi dorilar qabul qilgandan so‘ng tekshiriladi. Strongiloidozga gumon qilinganda birinchi laboratoriya natijasi ijobiy bo‘lmasa, 5— 7 kunlik interval bilan 3—5 marta takroran tekshiriladi. Davolashda tiabendazol (mintezol) sutkasiga 25—50 mg/kg dan ovqatdan 30 daqiqa keyin 2 kun davomida beriladi. Shu bilan birga desensibilizatsiyalovchi va siðtomatik ðreðaratlar qo‘llanadi. Profilaktikasi bemorlarni aniqlash va davolash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda tuðroqni najaslar bilan ifloslani- shining oldini olish kabilarni o‘z ichiga oladi. Nazorat savollari 1. Odam strongiloidozni qanday yuqtirishi mumkin? 2. Strongiloidozda qonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
467 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar 3. Strongiloidozni davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘l- lanadi? 4. Strongiloidoz ðrofilaktikasi nimalardan iborat? Òrixinelloz (trichinellosis) Qo‘zg‘atuvchisi trixinella (Trichinella sðiralis) — mayda ayrim jinsli tirik tug‘adigan nematoda, uzunligi 1—3 mm. Voyaga yetgan gelmintlar etxo‘r hayvonlar va odamning ingichka ichak shilliq ðardalarida rivojlanadi. Trichinella sðiralis odatda cho‘chqa, it, mushuk va kemiruvchilar, qator hollarda esa otlarda ðarazitlik qiladi. Odamda Trichinella nativa ðarazitlik qiladi, u ko‘ðincha yovvoyi hayvonlardan bo‘ri, tulki, ayiq, bo‘rsiq va to‘ng‘izlarda uchraydi. Òrixinelloz biogelmintoz hisoblanadi. Invaziyaning tabiiy o‘choq- larida yovvoyi hayvonlar kasallikni invaziya yuqtirgan o‘lik hayvon- lar (bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, to‘ng‘iz, ayiq) go‘shtini yeyish natijasida yuqtiradilar. Sinantroð o‘choqlarda cho‘chqa, mushuk, it, kala- mush va boshqa uy hayvonlari kasallikni trixinella lichinkalari bo‘lgan o‘ldirilgan hayvonlarning tashlandiq go‘shtlari, ovqat qoldiqlarini yeyish tufayli yuqtiradi. Odamga invaziyalangan hayvon go‘shtini yetarlicha termik ishlanmagan holda iste’mol qilganda kasallik yuqishi mumkin. Go‘sht bilan yutilgan trixinella lichinkalari xo‘jayinining oshqo- zon va ingichka ichagida kaðsuladan ozod bo‘lib, shilliq qavatga kiradi. U yerdan ingichka ichakning shilliq osti qavatiga kirib, 2 kundan so‘ng jinsiy yetilgan hisoblanadi. Òrixinellalar urg‘ochisi 3—6 hafta davomida tirik lichinkalar tug‘adi. Bitta urg‘ochi trixinella 100 dan 2000 tagacha yosh trixinellalarni tug‘adi. Ular ichak devorlari orqali qon va limfaga tushib, butun organizmga tarqaladi, xo‘jayinining ko‘ndalang-targ‘il mushaklarida joylashadi. Bu yerda lichinkalar kattalashib, sðiralsimon buraladi va 3—4 haftadan keyin ular atrofida 0,2—0,6 mm kattalikdagi qo‘shuvchi to‘qimali kaðsula ðaydo bo‘ladi. Xo‘jayini organizmida lichinkalar ko‘ð yillar davo- mida yashaydi. Bora-bora kaðsulalari kalsifikatsiyalanib, ulardagi li- chinkalar nobud bo‘ladi. Odam organizmiga ðarazitlarning almashinuv mahsulotlari va o‘ligining sensibilizatsiyalovchi ta’siri ðatogenezning asosi hisob- lanadi.
468 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Patogenezda mushaklardagi sðetsifik o‘zgarishlar, ya’ni gelmint- lar atrofida rivojlanadigan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan kaðsula ham alohida ahamiyatga ega. Allergik vaskulitlar, ba’zan bemor ichki a’zolarida tarqalib ketgan infiltratlar xarakterlidir. Yashirin davr 7 kundan 4—5 haftagacha (o‘rtacha 10—25 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanib, dastlab qorinda og‘riq, ich ketishi va holsizlik, ba’zida tanada allergik toshmalar kuzatiladi. Òrixinellozning kardinal belgilari qovoq va yuzning shishib ketishi, mushaklar og‘rishi, isitma va qonda eozinofiliyalar mav- judligidir. Shishning bo‘yin, gavda, qo‘l-oyoqlarga tarqalishi kasallik oqibati yomonligini bildiradi. Ko‘ðincha ko‘z, chaynash, bo‘yin, bel va boshqa mushaklarda og‘riq qayd etiladi. Mushaklarda tinch turganda og‘riq kuzatilmaydi, salgina harakatlanganda yoki ðay- ðaslaganda esa kuchayadi. Intensiv invaziyada trixinelloz juda og‘ir kechib, ichki a’zolarda asorat aniqlanadi. O‘tkir yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan miokardit qayd etiladi. Pnevmoniya, meningoensefalit, trixinollezli geðatit, nefrit va tromboflebitlar haqida ma’lumotlar mavjud. Kasallik 1—2 haftadan 5—6 haftagacha davom etishi mumkin. Òrixinelloz bir guruh kishilarda bir vaqtda uchragan va xarakterli belgilar mavjud bo‘lganda, kasallikka tashxis qo‘yish qiyin emas. Har qanday holatda ham laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilishi shart. Òrixinellozga gumon qilinganda kasallikka shubha tug‘dirgan go‘sht qoldiqlari tekshiriladi. Zarurat tug‘ilganda bemor mushaklaridan bioðsiya olinadi. Serologik reaksiyalardan KBR, kolseðresiðitatsiya va boshqa reaksiyalar qo‘llanadi. Reaksiya kasallik yuqtirgandan keyin 3 hafta o‘tgach ijobiy natija beradi. Òeri-allergik sinamasi ayniqsa juda katta ahamiyatga ega. Davolash uchun tiabendazol (mintezol) va mebendazol (ver- moks) buyuriladi. Davo qancha erta (invaziyaning birinchi 2—3 haftaligida) boshlansa, shuncha foyda beradi. Òianbendazol kuniga 2 marta 5 mg/kg (sutkasiga 3 g dan oshmasligi zarur) dan 10 kun davomida, mebendazol — sutkasiga 300—400 mg dan 2 hafta davomida tayinlanadi. Desensibilizatsiyalovchi va siðtomatik ðreða- ratlar buyuriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida kortikosteroidlar qo‘llanadi. Òrinxinelloz ðrofilaktikasida albatta go‘sht trixinellalarga tekshi- riladi. Komðressoriumda 24 ta go‘sht kesmalaridan birortasida
469 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar bittagina trixinella toðilsa ham, go‘sht iste’moldan chetlashtiriladi va yo‘qotiladi. Hayvonlarni nazoratdan o‘tkazmasdan turib uy sha- roitida so‘yish mumkin emas. Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borishda go‘shtni mayda bo‘lakchalar holida kamida 2,5 soatgacha qaynatilgandagina trixinellalar nobud bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Boshqa usullar — uzoq muddat muzlatish, tuzlash yoki qoqi qilish (quritish) kabilar go‘shtni zararsizlantira olmaydi. Nazorat savollari 1. Òrixinellalar haqida gaðirib bering. 2. Odamga trixinelloz qanday yuqadi? 3. Òrixinellozning kardinal simðtomlarini gaðirib bering. 4. Òrixinelloz tashxisida qanday serologik reaksiyalar o‘tkaziladi? 5. Òrixinelloz ðrofilaktikasi va davosi haqida gaðirib bering. Parazitar kasalliklar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar 1. Balantidiaz gelmintozlarga kiradimi? A) ha; B) yo‘q.
2. Bezgak ðrotozoy kasallikmi? A) ha;
B) yo‘q. 3. Amyoba ayrim jinslimi? A) ha; B) yo‘q.
4. Et uvushishi, isitma va terlash (triada belgi) bilan kechadigan xuruj toksoðlazmozga xosmi? A) ha; B) yo‘q.
5. Askaridalar nafas yo‘llariga tushishi mumkinmi? A) ha;
B) yo‘q. 6. Protozoa so‘zi nimani anglatadi? A) gelmintlar; B) sodda organizmlar; C) sðoralar; D) sistalar; E) xivchinlar. 7. Amyobaga xos xarakterli belgilarni ko‘rsating: A) jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi, xivchinlari mavjud; B) bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘ðayadi; C) xivchinlari yo‘q, harakatlana ol- maydi; D) yolg‘on oyoqlar hosil qiladi, harakatlanadi; E) B va D. 470 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 8. Amyobiazni davolashda ishlatiladigan asosiy ðreðarat nima? Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling