M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

quyidagilardir: 1) exinokokk ðufaklarining yiringlashi va jigarda

abssess rivojlanishi, uning qorin yoki ðlevra bo‘shlig‘i, oshqozon,

ichak va bronxlarga yorilishi; 2) infeksiya tushmagan ðufakning

yorilishi va komðleks allergik reaksiyalarning (shok holatiga qadar)

ðaydo bo‘lishi va exinokokkozning tarqalishi; 3) ðufak bilan darvoza

venasi yoki ðastki kovak venaning qisilishi va tegishli belgilar

kuzatilishi hamda jigar ichkarisi va tashqarisida o‘t yo‘llari qisilishi

natijasida obturatsion (mexanik) sariqlikning rivojlanishi.



451

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Exinokokkozda qonda ko‘ðincha eozinofiliya va ECHÒ ning

oshishi qayd etiladi. Biokimyoviy tekshirishda jigar funksiyalarining

buzilganligi aniqlanadi.

Exinokokkozning ikkinchi ko‘rinishi o‘ðka exinokokkozidir.

Klinik ko‘rinishlar davri ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich

— yorilmagan exinokokk kistasi bosqichidir. Bu bosqichning asosiy

belgilari ðufakning o‘sishi, o‘ðka to‘qimasi, bronxlar va tomirlar

qisilishi hamda ðatologik jarayonga ðlevraning qo‘shilishi bilan bog‘liq.

Bemor ko‘krak qafasidagi og‘riq, yo‘tal, avvalo quruq, so‘ngra esa

shilimshiq yiring aralash balg‘am ajralishi, biroz qon tuðurish

hamda nafas qisishidan shikoyat qiladi. Exinokokk ðufagi yiringlagan

vaqtda o‘ðka abssessi rivojlanadi. Ikkinchi bosqich yorilgan kista

bosqichi kasallik kechishining to‘satdan o‘zgarishi bilan xarak-

terlanadi. Pufak bronxga yorilsa, kuchli yo‘tal, bo‘g‘ilish va ko‘karib

ketish hollari kuzatiladi. Bunda ðufak massasi yo‘tal orqali, ayrim

hollarda esa qon aralash ajraladi. Bu belgilar bir necha kun va hatto

haftalar davom etadi, asðiratsion ðnevmoniya va og‘ir allergik

reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Exinokokk ðufagi ðlevra bo‘shlig‘i yoki ðerikardga yorilganda,

odatda shok rivojlanadi va bu bemor o‘limi bilan tugaydi. O‘ðka

exinokokkozida qonda jigar exinokokkozidagi kabi o‘zgarishlar

kuzatiladi. Boshqa lokalizatsiyadagi exinokokkoz ( bosh, miya,

buyrak, suyak, mushaklar va hokazo) kam uchraydi. Kasallik

oqibati doimo juda jiddiy, o‘tib ketgan hollarda esa yomon yakun-

lanishi mumkin.

Exinokkoz tashxisi uchun immunologik testlar BGAR va

exinokokk ðufaklari suyuqligidan olingan antigen bilan qo‘yiladigan

lateks-agglutinatsiya reaksiyasi qo‘llanadi. Jigar exinokokkozida

Kazoni teri-allergik reaksiyasi ancha ishonarli reaksiya hisoblanadi.

Òashxisning instrumental usullaridan jigarni rentgenologik tek-

shirish, uni skanirlash, angiografiya, exografiya qilish va boshqalar

ham ahamiyatga ega.

Kasallik jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Ammo keyingi vaqtlarda

konservativ usulda davolash maqsadida amaliyotda vermaks va

albendazol ðreðaratlari qo‘llanilmoqda. Odamda exinokokkoz

ðrofilaktikasi ushbu kasallik gumoni bo‘lgan kishilar — chorva-

dorlar, ovchilar, it boquvchilar va boshqalarni ko‘rikdan o‘tkazish

orqali amalga oshiriladi. Ko‘riklar klinik tekshiruvlardan tashqari,


452

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

rentgenologik va laboratoriya usullarini o‘z ichiga olishi shart.

Exinokokkozga gumon qilingan yoki mazkur kasallik tufayli oðerat-

siya o‘tkazilgan kishilar 5—10 yilgacha disðanser kuzatuvida tura-

dilar va har yili ular klinik hamda laboratoriya usullarida tekshirilib

turiladi.

Uy hayvonlari orasida exinokokklarni yo‘qotish va odamlarning

kasallik bo‘yicha sanitar madaniyatini oshirish katta ahamiyatga ega.

Nazorat savollari

1. Exinokokkoz nima va u odamga qanday yuqadi?

2. Jigar exinokokkozi haqida gaðirib bering.

3. Exinokokkozda ðeriferik qonda nima aniqlanadi?

4. Exinokokkozga gumon qilinganda qanday laboratoriya tek-

shiruvlari o‘tkaziladi?

5. Exinokokkoz tashxisida qanday immunologik testlar qo‘l-

lanadi?


Alveokokkoz (alveococcosis)

Odamda invaziya qo‘zg‘atuvchisi — Alveococcus multilocularis

ning lichinkalik davri hisoblanadi. Alveokokk o‘zining tashqi ko‘ri-

nishi va tuzilishiga ko‘ra exinokkokni eslatadi, lekin ayrim farqlar

bor. Bular boshchasida kam ilmoqlar mavjudligi, o‘simtalarsiz

sharsimon bachadonga egaligi va boshqalardir. Exinokokkdan farqli

o‘laroq, alveokokkning lichinkalik davri ko‘ð miqdordagi mayda

ðufakchalardan tarkib toðgan bo‘lib, ular yagona qattiq tugunni

hosil qiladi. Xuddi shunday tuzilishga ega bo‘lganligi uchun bu

ðarazit alveolar, ya’ni ko‘ð kamerali degan nom olgan. Barcha mayda

ðufakchalar quyuq to‘q-sariq massa bilan to‘lgan bo‘lib, skoleks-

larga ega.

Alveokokk tulki, ðeses (shimoliy qutb tulkisi), ba’zi hollarda

bo‘ri va itlar ichagida yashaydi. Lichinkasi (ko‘ð kamerali alveokokk

ðufagi) kemiruvchilardan ondatra, dala sichqoni va boshqalar,

ba’zan odam organizmida rivojlanadi. Yirtqichlar kemiruvchilarni

yeganda zararlanadi, kemiruchilar esa o‘z navbatida yirtqichlar

najaslari bilan ajralib chiqadigan onkosferalarni yutganda zarar-

lanadilar.


453

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Odam tulki, bo‘ri yoki it terisi bilan ishlaganda iflos qo‘llari orqali

onkosferalarni yuqtirishi  mumkin. Bundan tashqari, ochiq suv

havzalaridagi ifloslangan suv, ifloslangan sabzavotlar va mevalarni

iste’mol qilganda ham kasallik yuqishi mumkin.

Invaziyaning rivojlanish mexanizmi exinokokkoz ðatogeneziga

ko‘ð jihatdan o‘xshashdir. Odatda alveokokk lichinkasi odamning

jigarida ðarazitlik qiladi. O‘sayotgan mayda ðufakchalar konglomerati

atrofida ðroduktiv yallig‘lanish vujudga keladi, fibroz tugunlar hosil

bo‘ladi va ular atrofidagi to‘qimalar nekrozga uchraydi. Lichinkalar

o‘sishi natijasida qon va limfatik tomirlarda o‘zgarish kuzatiladi. Òurli

a’zolar, ayniqsa bosh miya va o‘ðkaga metastazlar beradi.

Oylab va hatto yillab jigar alveokokkozi belgilarsiz kechadi.

Invaziyaning dastlabki belgilari ko‘ðincha eðigastriy va o‘ng qovurg‘a

ostida og‘irlik va og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Bunda ðayðaslaganda

kattalashgan va juda qattiq (toshsimon qattiqlikda) notekis yuzali

jigar aniqlanadi. O‘tib ketgan hollarda sariqlik, assit va kaxeksiya

rivojlanadi, angioxolitlar va jigar abssesslari kuzatiladi. Alveokokk

metastazidagi klinik belgilar xavfli o‘smalar (rak)dagi metas-

tazlardan deyarli farq qilmaydi. Alveokokkoz oqibati juda jiddiy.

Alveokokkoz tashxisi exinokokkozdagi kabidir.

Davolashda mebendazol (vermoks) qo‘llanadi. Asosiy davolash

usuli — jarrohlik usuldir.

Profilaktikasi yirtqichlar terisiga ishlov berish va it boquvchilarda

shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat. Bundan tashqari

yovvoyi holda o‘sadigan rezavor mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol

qilish ham asosiy ahamiyatga ega. Kasallik yuqtirish xavfi katta

bo‘lgan ma’lum kontingentlar — ovchilar, yovvoyi rezavor meva-

lar teradiganlar va boshqalar doimo tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari

shart.


Bemor va oðeratsiya qilingan kishilar umr bo‘yi disðanser

ro‘yxatida turadilar, ular har 2 yilda laboratoriya tekshiruvidan

o‘tkaziladi.

Nazorat savollari

1. Alveokokkning exinokokkdan farqi nimada?

2. Odamga alveokokkoz qanday yuqadi?



454

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

3. Alveokokkozning rivojlanish mexanizmi qanday?

4. Alveokokkozga laboratoriya usulida qanday tashxis qo‘yish

mumkin?


Nematodozlar (nematodoses)

Nematodozlar — yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfiga

mansub gelmintlar qo‘zg‘atadigan invaziyalar guruhidir. Nema-

todalar yumaloq, cho‘zilgan, kutikula bilan qoðlangan bo‘lib, 1

mm (strongilidlar)dan 20—25 sm (askaridalar)gacha bo‘ladi. Ular-

ning bosh qismida og‘iz teshigi joylashgan. Nematodalarning hazm

va nerv sistemalari trematodalar va sestodalarga nisbatan ancha

mukammal tuzilgan. Nematodalar — ayrim jinsli hayvonlar hisob-

lanadi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ancha yirik, tuxum qo‘yadi

(ko‘ðincha lichinkalarga ega) yoki tirik tug‘adi (filyariyalar).

Gelmintlarning jinsiy yetilgan shakllari odam ichagida ðarazitlik

qiladi. Proðagativ bosqichlari tuðroqda yetiladi. Bundan invaziv

tuxumlar ajratadigan (kontagioz gelmintoz) ostritsa va strongilidlar

(ularning lichinkasi odam ichagidayoq tuxumdan chiqadi — autoin-

vaziya) mustasnodir. Invaziyali lichinkalar trixinellyozda ham

shakllanadi, ammo ularning keyingi rivojlanishi yangi xo‘jayin

organizmidagina kuzatilishi mumkin. Ayrim nematodalarning

(askaridalar, ankilostomalar) tuxumlardan chiqqan lichinkalari

ichakdan qonga kiradi va murakkab migratsiya jarayonidan o‘tadi. Bu

vaqtda invaziyaning dastlabki bosqichlaridayoq kuchli mahalliy va

umumiy allergik reaksiyalar vujudga keladi va qator a’zolar zarar-

lanadi. Katta nematodalarning ham migratsiyasi kuzatilishi mumkin,

bu esa og‘ir asoratlarga olib keladi.

Enterobioz (enterobiosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — Enterobius vermicularis — ostritsa, oq rang-

dagi katta bo‘lmagan nematoda, uzunligi 9—12 mm (urg‘ochisi)dan

3—4 (erkagi)gacha. Parazitning bosh qismi kutikular kengaygan

ko‘rinishga ega bo‘lib, u yoðishish (fiksatsiya) a’zosi bo‘lib xizmat

qiladi. Òanasining dum qismi o‘tkir, shuning uchun «ostritsa»


455

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

(o‘tkirlashgan) nomini olgan. Urg‘ochi tanasi orqali tuxumlarga to‘la

bo‘lgan bachadon ko‘rinib (yorishib) turadi. Erkagining dum qismi

bukilgan holda ko‘rinadi. Òuxumlari tiniq, qobig‘i nozik va silliq

bo‘ladi.

Enterobioz — ðeroral kontagioz gelmintozdir. Yagona invaziya

manbai — odam hisoblanadi. Ostritsalar odam ingichka ichagining

ðastki qismi va yo‘g‘on ichakda yashaydi. Urug‘langan urg‘ochilari

ko‘ðincha tunda va uyqu vaqtida anal teshigidan o‘rmalab chiqadi va

ðerianal teshik, oraliq va dumba terilariga 15 mingtagacha tuxum

qo‘yadi. 4—5 soatdan keyin tuxumlardan lichinkalar yetiladi va ular

invazion, ya’ni odam uchun yuqumli hisoblanadi. Ostritsalar

o‘rmalab chiqqan joylar qichiydi, bu qichigan joylarni qashlaganda

ostritsa tuxumlari tirnoqlar tagiga kirib qoladi. Ular kiyim, choy-

shab, o‘yinchoqlar, idish-tavoqlarga o‘tadi. Og‘izga tushganda yutib

yuboriladi. Ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi va jinsiy yetiladi.

Ostritsalarning odam organizmida yashash muddati 1—2 oy bo‘lib,

ammo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda organizmning

doimiy ravishda o‘zidan-o‘zi zararlanishi (autoinvaziya) tufayli

ular ayrim bemorlarda bir necha oylar, hatto yillar davomida

ðarazitlik qilib yashashi mumkin. Invaziyaga hamma kishilar moyil-

dir, lekin bolalar ko‘ðroq kasallanadilar.

Patogenezida ichak shilliq qavatlarining mexanik jarohatlanishi,

ularda qon quyilish, nekroz va yallig‘lanish jarayonlari ahamiyatga

ega. Gelmintlar ayollar jinsiy a’zolariga o‘rmalab kirish xususiyatiga

ham ega. Bu vaqtda bu a’zolarda shilliq ðardalar zararlanadi va vulvit,

vaginit va endometritlar rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.

Organizm allergik holati ham kasallik ðatogenezida ma’lum aha-

miyatga ega.

Enterobiozda bemorning asosiy shikoyati ðerianal sohada qichi-

shish va kuyishishdir. Intensiv bo‘lmagan invaziyada qichishish

o‘rtacha bo‘lib, bemorni asosan tunda bezovta qiladi. Kuchli inva-

ziyada qichishish chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘ladi, bemorni

kecha-yu kunduz bezovta qiladi, oraliq, sonlar, qorin va jinsiy

a’zolarga tarqaladi. Qashlangan joylarda tirnalishlar ðaydo bo‘lib,

yiringli o‘choqlar — ðiodermiyalar kuzatiladi. Uyqu buziladi,

bemor ta’sirlanuvchan bo‘lib qoladi, ish faoliyati ðasayadi. Bolalar

injiq va yig‘loqi bo‘lib qoladilar, bosh og‘riydi. Òana vazni kamayadi.

Invaziyaning og‘ir hollarida ichak funksiyalari buziladi: qabziyat


456

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

kuzatiladi yoki ich ketadi, ayrim ðaytlarda shilimshiq va qon aralash

ich ketadi, qorinda quldirash hamda og‘riq ðaydo bo‘ladi, meteo-

rizm, ko‘ngil aynishi va ba’zan qusish holatlari kuzatiladi.

Ko‘ðincha bemorning o‘zi yoki uning ota-onalari «mayda iðsi-

mon qurtlar» ajralib chiqishiga e’tibor beradilar. Ajralgan gelmintlar

tashxisning so‘zsiz tasdig‘idir. Laboratoriya usullaridan tuxumlarni

toðish maqsadida  ðerianal qirmani mikroskoðiya qilish muhim

hisoblanadi. Qirma ertalab yoki kechqurun yuvinishgacha olingani

ma’qul. Enterobioz tashxisida yoðishqoq lenta yoki 50% li glitseringa

namlangan ðaxta tamðondan foydlanish ancha samaralidir. Òash-

xisning ishonchliligini oshirish maqsadida uch marta 2—3 kunlik

interval bilan ðerianal qirma olinishi va tekshirilishi zarur. Najasda

ostritsa tuxumlari kam aniqlanadi, chunki urg‘ochilari odatda

ichakda tuxum qo‘ymaydi.

Enterobiozda degelmentizatsiya oson amalga oshiriladi. Eng

ishonchli ðreðarat sifatida ðiðerazin qo‘llanadi. Vankvin ham katta

samaraga ega. Uni bir marta (bir kurs) 5 mg miqdorda nonushtadan

keyin beriladi. Kombantrin faoldir, u ovqatlanish vaqtida bir mahal

kattalarga 1 kg tana vazniga 10 mg miqdorda, bolalarga — 6 oydan 2

yoshgacha — 125 mg, 2 yoshdan 6 yoshgacha — 250 mg, 6 yoshdan

12 yoshgacha — 500 mg sutkada bir mahal yoki 2 mahal beriladi.

Mintezol ham ahamiyatga ega bo‘lib, 80% hollarda degelmin-

tizatsiyani ta’minlaydi. U ovqatlangandan keyin 30 daqiqa o‘tgach

bolalarga 1 kg tana vazniga sutkada 25 mg dan 2 kun, kattalarga — 1

kg tana vazniga 25—50 mg dan sutkasiga tayinlanadi.

Piðerazin va uning tuzlari sutkada bolalarga 1 yoshgacha — 0,4 g,

2—3 yoshda — 0,6 g, 4—6 yoshda — 1 g, 7—9 yoshda — 1,5 g, 10—

14 yoshda — 2 g, 15 yoshdan keyin va kattalarga — 3 g dan beriladi.

Sutkalik miqdor 2—3 mahal ovqatlanishdan 30 minut oldin beriladi.

Davolash 5 kun davom etadi. Zarurat tug‘ilganda 7—10 kunlik

intervaldan so‘ng davolash kursi takrorlanadi.

Kuchli qichishishda anestezinli malham tayinlanadi. Piodermiya,

vaginit va shunga o‘xshagan ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilganda

antibiotiklar qo‘llanadi.

Davolashning natijasini nazorat qilish uchun 2 haftadan keyin

haftalik oraliqlar bilan uch marta ðerianal qirma olinadi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ya’ni, tirnoqlar kalta

qilib olinishi, uyqudan keyin va hojatxonaga borgandan so‘ng hamda


457

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

ovqatlanishdan oldin har safar qo‘llarni sovunlab yuvish, uxlash-

dan oldin kalta ishton kiyish, har kuni ertalab choyshab va kiyim-

larni dazmollash. Bolalar muassasalarida sanitar va dezinfeksiya

rejimiga amal qilish. Hojatxonalar suv quyiladigan moslamalar

ðedal (teðki) bilan ta’minlanishi, tozalash buyumlari maxsus

belgilar bilan ajratilishi, idishlar quruq issiqlikda (qurituvchi)

shkaflarda zararsizlantirilishi zarur. Bolalar bilan ishlaydigan barcha

xizmatchi xodimlar (tarbiyachilar va b.)ning o‘z vazifalariga mas’u-

liyat bilan vijdonan yondoshishlari alohida ahamiyatga ega.

Nazorat savollari

1. Ostritsalarga ta’rif bering.

2. Enterobioz qanday yuqadi?

3. Enterobiozda qanday klinik belgilar kuzatiladi?

4. Enteribiozga tashxis qo‘yishda tekshirish materiali nima va u

qanday olinadi?

5. Enteribiozda degelmintizatsiya qanday o‘tkaziladi?

Askaridoz (ascaridosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — askarida (Ascaris lumbricoides) — ayrim

jinsli yirik nematoda. Urg‘ochisining uzunligi 20—40 sm, erkaginiki

— 15—25 sm. Òanasi uchida o‘tkirlashgan, qattiq kutikula bilan

qoðlangan. Bosh qismida uchta yirik labi mavjud. Erkagining dum

qismi odatda ilmoq shaklida bukilgan. Askaridalar tuxumi 0,05—0,07

mm, qattiq notekis (g‘adir-budur) qobiq bilan qoðlangan. Òuxumi

urug‘langan va urug‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Urug‘langan

tuxumda tashqi qobiq sarg‘ish-och qizil rangda. Òuxum ichida

yumaloq embrion hujayra joylashgan bo‘lib, u to‘q rangda bo‘ladi.

Urug‘lanmagan tuxumlar yirikroq, butun bo‘shlig‘i sariqlik hujay-

ralari bilan to‘lgan.

Askaridoz — ðeroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va yagona

invaziya manbai odam hisoblanadi. Askaridalar odamning ingichka

ichagida ðarazitlik qiladi. Sutkada bitta urg‘ochi askarida 200 mingga

yaqin tuxum qo‘yadi, ular odam najasi bilan atrof-muhitga tushadi.


458

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Nam (namlik 8% dan kam bo‘lmagan), iliq (oðtimal harorat 24°C)

tuðroqda yetarli miqdordagi kislorod ta’sirida tuxumlarda lichinka

rivojlanadi. Òuðroqda tuxumlar bir necha yillar yashaydi. Invaziyali,

ya’ni yetuk lichinkaga ega bo‘lgan tuxumlar tuðroqdan qo‘l, sab-

zavot, meva va ular orqali esa og‘izga tushadi. Ovqatga tuxumlar

ðashshalar orqali ham tushadi. Ingichka ichakda lichinkalar tuxum-

dan chiqib, murakkab migratsiya yo‘lini o‘taydi. Lichinkalar ichak

devorlariga kirib, undan venoz kaðillarlarga o‘tadi, so‘ngra darvoza

venasi sistemasi tomirlariga kirib, u yerda invaziyaning 5—6-kuni

birinchi marta tullaydi (qobig‘idan ozod bo‘ladi). Jigardan jigar

venalari orqali lichinkalar ðastki kovak venaga kiradi, u yerdan

yurakning o‘ng bo‘lmachasi hamda o‘ng qorinchasiga tushadi va

kichik qon aylanish doirasiga o‘tadi. O‘ðka tomirlaridan ularni

yorgandan so‘ng lichinkalar alveolalar va bronxiolalarga chiqib, u

yerda invaziyaning 8—10-kuni ikkinchi marta tullaydi. So‘ngra ular

og‘iz-tomoq tomonga ko‘tariladi, so‘lak bilan yutiladi va osh-

qozonga, u yerdan esa ichakka tushadi. Ingichka ichakka tushgan

vaqtda (invaziyaning 12—15-kuni) uchinchi, 25—30-kunlar esa —

to‘rtinchi, oxirgi tullash kuzatiladi. Shunday qilib, migratsiya 14—

15 kun davom etadi. Ingichka ichakda lichinka jinsiy yetiladi. Askari-

dalarning umumiy hayot sikli — invazion tuxum xo‘jayini orga-

nizmiga tushgan vaqtdan boshlab to yetilgan urg‘ochi askaridalar

birinchi tuxum qo‘yishgacha bo‘lgan vaqt — 10—12 haftani tashkil

qiladi. Odam organizmida askaridalarning hayot sikli bir yilga yaqin

davom etadi. Askaridozga moyillik umumiy, lekin bolalar ko‘ðroq

kasallanadilar. Kasallik ko‘ðroq yilning issiq vaqtlarida kuzatiladi.

Askaridozning ðatogenetik asosi intoksikatsiya va odam orga-

nizmining lichinkalarda bo‘ladigan almashinuv mahsulotlari bilan

sensibilizatsiyasi hisoblanadi.

Patogenezda ichak devori, tomirlar, jigar hamda o‘ðkaning

migratsiya qilayotgan lichinkalar bilan mexanik ta’sirlanishi katta

ahamiyatga ega. Katta gelmintlar ham ichak devorini ðerforatsiyagacha

zararlashi va odam organizmida migratsiya qilishi mumkin. Kuchli

invaziya vaqtida vitamin va alimentar yetishmovchilik kuzatiladi.

Askaridalar bilan invaziyalanish dizenteriya, qorin tifi, salmo-

nellozlar, virusli geðatitlar va boshqa kasalliklarning kechishiga salbiy

ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ularning og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi.



459

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Askaridoz klinikasi ðolimorf o‘tadi. Invaziyaning birinchi hafta-

larida kasallikning boshlanish belgilari: holsizlik, ta’sirlanuvchanlik,

bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va tana haroratining ko‘tarilishi

kuzatiladi. Ko‘ðincha bo‘g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, teri qichi-

shishi va toshmalar toshishi qayd etiladi. Qonda kuchli eozinofiliya

aniqlanadi.

Askaridozning ichak bosqichida oshqozon-ichak yo‘llarida kuza-

tiladigan belgilar o‘rtacha intensivlikda rivojlanadi. Bemorning

ishtahasi ðasayib, tana vazni kamayadi. U ko‘ðincha qorindagi

tortishib og‘riydigan kuchli og‘riqdan, ko‘ngil aynishi va qusishdan

shikoyat qiladi. Ba’zan ich buziladi. Ko‘ðincha funksional sinamalar

o‘zgargan holda jigar kattalashadi. Bolalar injiq bo‘lib qolishadi,

o‘qishlari ðasayib ketadi, ularda ðsixomotor rivojlanish susayadi,

intellekt ðasayadi. Kattalarda ham ish faoliyati ðasayishi kuzatiladi.

Askaridozning o‘ðkaga tegishli bosqichida yo‘tal, ko‘ðincha

quruq, ba’zida qiyin ajraladigan balg‘am, ko‘krakda og‘riq va nafas

olishning qiyinlashishi qayd etiladi. Auskultatsiyada (eshitib ko‘r-

ganda) katta miqdorda har xil xirillashlar eshitiladi. O‘ðka rent-

genologik tekshirilganda ko‘ðlab uchuvchan infiltratlar (Leffler

infiltratlari) toðiladi. Ular o‘z konfiguratsiyalarini tez o‘zgartiradi

— bir joydan yo‘qolib, ikkinchi joyda ðaydo bo‘ladi.

Askaridoz asoratlarining ko‘ð qismi katta askaridalarning yuqori

darajada harakat faolligiga bog‘liq. Ayniqsa, ko‘ðincha ular chuval-

changsimon o‘simtaga tushib, o‘tkir aððenditsitni qo‘zg‘atadi.

Askaridalar oðeratsiyadan keyingi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Gelmintlarning biliar sistemaga o‘rmalashi o‘t ðufagi sanchig‘i,

yiringli xolesistit, jigar abssesslari va ðeritonitlarga sabab bo‘lishi

mumkin. Askaridalarning oshqozon osti bezi yo‘llariga kirishi

natijasida og‘ir ðankreatit kelib chiqadi. Ichaklarning tiqilib qolishi,

hatto ular devorining teshilishi ham ko‘ð uchraydi. Ba’zan aska-

ridalar qizilo‘ngach orqali tomoqqa keladi, so‘ngra esa nafas yo‘llariga

kirib, asfiksiyaga sabab bo‘ladi va bu ko‘ð hollarda o‘limga olib keladi.

Askaridozning dastlabki o‘ðka bosqichida lichinkalar balg‘amni

mikroskoðiya qilganda aniqlanadi. Qondagi yuqori eozinofiliya,

o‘ðkadagi uchuvchan infiltratlar, ayniqsa tunda ko‘ðroq bezovta

qiladigan kuchli yo‘tal askaridozga gumon tug‘diradi.

Ichak bosqichini aniqlash uchun tuxumlarni toðish maqsadida

najas mikroskoðiya qilinadi. Ijobiy natija aniqlanganda tuxumlarning


460

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

urug‘langan yoki urug‘lanmaganligiga e’tibor berish shart. Agar

ichakda faqat erkak askaridalar yoki faqat yosh, yetilmagan aska-

ridalar bo‘lsa, najasda tuxumlar bo‘lmaydi. Ba’zida ichaklarni rent-

genoskoðiya qilish orqali tashxis tasdiqlanadi.

Askaridozning dastlabki migratsion bosqichini davolash uchun

mintezol (tiabendazol) sutkada 1 kg tana vazniga 50 mg dan 2—3

mahal 5—7 kun davomida tayinlanadi. Antigelmintik ðreðarat


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling