M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
Zardoblar va gamma-globulinlar ko‘ðincha mushak orasiga, kam hollarda venaga (bemor ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganda va zudlik bilan effekt olish zarurati tug‘ilganda), juda kam hollarda esa arteriyaga qilinadi. Oxirgi ikki yo‘l anafilaktik shok rivojlanishi ehtimoli borligi bilan xavfli hisoblanadi.
92 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Klinikada seroteraðiya asoratlarining to‘rt xil asosiy ko‘rinishi uchraydi: anafilaktik shok, zardob kasalligi, ikkilangan anafilaktik reaksiya, Artyus fenomeni. Anafilaktik shok zardob yuborilgandan keyin darhol rivojlanadi va eng og‘ir asorat hisoblanadi. Zardob kasalligi zardob yuborilganidan 6–12 kun keyin rivojlanadi. Bu asorat isitma, shilliq qavatlar shishi, limfadenit, toshmalar bilan namoyon bo‘ladi. Zardob kasalligining rivojlanish chastotasi yuborilgan zardob miqdori va undagi ballast oqsillarga bog‘liq. Oxirgi yillarda yuqori darajada tozalangan zardoblar ishlatilishi munosabati bilan bu asorat deyarli uchramaydi. Ikkilangan anafilaktik reaksiya bitta bemorning o‘zida avval anafilaktik shok, keyinchalik zardob kasalligi rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Artyus fenomeni zardob uzoq vaqt davomida teriga yuborilganda birinchi yuborishdan keyin 6 kun o‘tgach vujudga keladi. Bu vaqtda takroriy inyeksiya joyida nekrotik jarayon rivojlanishi mumkin. Zardob ðreðaratlarini yuborishdan oldin amðula diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi. Loyqa, shikastlangan amðuladagi yoki etiket- kasi yo‘q va saqlash muddati o‘tgan zardoblarni ishlatish mumkin emas. Yuborishdan oldin zardob 37°C gacha suvda ilitiladi. Amðu- laning uchi sðirtda namlangan steril ðaxta yordamida artilib, najdak bilan kesiladi, amðula uchi ikkinchi marta sðirt bilan artilgandan keyin sindiriladi. Zardob vrach tomonidan yoki uning nazorati ostida yuborilishi shart. Anafilaktik shok rivojlanishining oldini olish maqsadida organizmning 1:100 nisbatda eritilgan yot oqsilga individual sezgirligini aniqlash uchun zardob bo‘lib-bo‘lib yubo- riladi. 1:100 nisbatda eritilgan shunday zardob bilan teri ichiga sinama qo‘yiladi. Bunday zardob maxsus tayyorlangan bo‘lib, har bir qutichaga davolash zardobi bilan birga qo‘yiladi. 1:100 nisbatda eritilgan zardob amðulasi qizil, davolash zardoblari bo‘lgan amðulalar – ko‘k yoki qora rang bilan belgilanadi. Eritilgan zardob bilak terisi ichiga 0,1 ml miqdorda yuboriladi. 20 minutdan keyin sinama natijasi baholanadi. Agar shish yoki qizarish diametri zardob kiritilgan yerda 0,9 sm dan kichik bo‘lsa ijobiy emas (–) va 0,9 sm dan katta bo‘lsa ijobiy (+) baholanadi. Reaksiya kuzatilmagan holda (–) teri ostiga 0,1 ml eritilmagan zardob yuboriladi. 30 minut –1 soatdan keyin reaksiya aniqlanmasa mushak orasiga belgilangan zardob miqdorining hammasi yuboriladi. 93 Umumiy qism Zardob olgan kishilar 1 soat davomida vrach nazorati ostida bo‘lish- lari shart. Òeri ostiga qo‘yilgan sinamada ijobiy natija kuzatilganda zardob vrach kuzatuvi ostida juda ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Mushak orasiga 30 mg ðrednizolon va antigistamin ðreðaratlar yuboril- gandan so‘ng, teri ostiga eritilgan (1:100) zardobdan 20 minut interval bilan 0,5–2 va 5 ml yuboriladi. Reaksiya kuzatilmasa teri ostiga 0,1 ml eritilmagan zardob va 30 minutdan keyin qolgan miqdori mushak orasiga yuboriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlarning birortasiga ijobiy reaksiya kuzatilsa, zardob takroran 30–90 mg ðrednizolon (venaga) va 1 ml dimedrol eritmasi yoki narkoz ta’sirida yuboriladi. Anafilaktik shok belgilarining birortasi kuzatilsa, zardob yuborish to‘xtatiladi va zudlik bilan shokka qarshi komðleks tadbirlar o‘tkaziladi: venaga ðrednizolon – 60–90 mg, gidrokortizon – 125 – 250 mg, ðoliglyukin – 400 ml yuboriladi. Foyda bermasa va bronxosðazm aniqlansa, 0,5–1 ml 0,1 % adrenalin eritmasi ðoliglyukin yoki 5% glukoza eritmasida yuboriladi, reoðoliglyukin, Ringer eritmasi, yurak glikozidlari, antigistamin ðreðaratlar va takroran – ðred- nizolon (300–400 mg gacha) qilinadi. Vaksinoteraðiya. Bunday davo asosida sðetsifik antigenlar yotadi. Bu xil ðreðaratlarga turli usullar bilan o‘ldirilgan qo‘zg‘atuvchilar kulturasi – vaksinalar kiradi. Vaksina sifatida ayrim antigenlar (masalan, qorin tifi mikroblarining Vi – antigeni), anatoksinlar (stafilokokk, qoqshol) qo‘llanilishi mumkin. Ayrim hollarda bemor- dan ajratib olingan shtammlardan tayyorlangan vaksinalar (auto- vaksinalar) ishlatiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, tirik vaksinalar davolash maqsadida ishlatilmaydi. Vaksinoteraðiya qator surunkali kasalliklarda (surunkali dizen- teriya, brusellyoz, toksoðlazmoz), sog‘ayish jarayoni cho‘zilib ketganda (ornitoz, tularemiya) hamda o‘tkir kasalliklar (qorin tifi, ðaratiflar) residivlarining oldini olishda tayinlanadi. Vaksinalar turli yo‘llar bilan kiritilishi mumkin: teri ostiga, mushak orasiga, venaga. Vaksina kiritganda reaksiyalar mahalliy, o‘choqli va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy reaksiyalar vaksina kiritilgan joyda yallig‘lanish jarayonlari ko‘rinishida, o‘choqda – yallig‘lanish jarayoni ( masalan, tularemiya buboni) sohasida, 94 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya umumiy – haroratning ko‘tarilishi, et uvishishi, lanjlik, og‘riqlar hamda terlash ko‘rinishida kuzatiladi. Vaksinoteraðiya kurslar bilan ko‘ðincha 8–14 kun o‘tkaziladi. Inyeksiyalar oralig‘i vaksinadan keyingi reaksiyalar darajasiga bog‘liq. Reaksiya qancha kuchli bo‘lsa, vaksinalarni takror yubo- rishlar oralig‘i shuncha katta bo‘ladi. Vaksina miqdori keyingi yuborishlarda asta-sekin oshirib boriladi. Vaksinadan keyin reak- siyalar kuzatilsa, miqdor kamaytiriladi. Vaksinani vena ichiga kiritishda shok holati kuzatilishi mumkinligi tufayli G.P.Rudnev tomonidan ikki bosqichli vaksinoteraðiya taklif qilingan. Vaksi- naning sutkalik miqdori vena ichiga ikki marta 1,5–2 soat oraliq bilan yuboriladi. Silning faol shakli, yurak, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari, rivojlangan ateroskleroz, giðertoniya kasalligi, homiladorlikda vaksinoteraðiya o‘tkazish taqiqlanadi. Fagoteraðiya. Bakteriofag o‘z moddalar almashinuviga ega emas va u faqat tirik mikroblar mavjud bo‘lganidagina rivojlanadi. Fag ta’sirida mikroblar eriydi. Antistafilokokk fagi teri yuzasiga, teri ostiga va mushak orasiga qilinishi mumkin. Streðtokokk bakteriofagi samara bilan ishlatilmoqda. Bakteriofag kiritilgandan keyin orga- nizmda 5–7 kun davomida saqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, tashxis uchun ishlatiladigan bakteriofaglar davolash maqsadida qo‘llanmaydi. Kimyoteraðiya Antibiotiklar. Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklar (anti – qarshi, bios – hayot) ishlatila boshlangandan keyin o‘lim hollari keskin kamaydi, kasallikning muddati qisqardi va asoratlar kam uchraydigan bo‘ldi. Antibiotiklar bemor organizmiga turli yo‘llar bilan kiritiladi (mushak orasiga, vena ichiga, og‘iz orqali, seroz bo‘shliqlarga va hokazo). Penitsillin ðreðaratiga ðnevmokokk- lar, streðtokokklar va meningokokklar juda sezgir. Bu guruh ðreða- ratlari kuydirgi, difteriya, qaytalama tif, leðtosðiroz hamda ayrim anaerob infeksiyalarda ham katta samara beradi. Yuqumli kasalliklar klinikasida ðenitsillin (ðenitsillinning natriyli va kaliyli tuzlari) va yarim sintetik ðenitsillin (amðitsillin, oksasillin va b.) ðreðaratlari qo‘llaniladi.
95 Umumiy qism Penitsillindan keyin amaliyotga aminoglikozid – streðtomitsin kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Keyinchalik monomitsin, neomit- sin, kanamitsin ðreðaratlari ðaydo bo‘ldi. Ular sil, o‘lat va tula- remiya qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan foydalidir. Ularning oto-va nekrotoksik ta’sirga ega ekanligini hisobga olish zarur. Makrolidlar guruhi brusellyoz, difteriya, rikketsioz va yiringli infeksiyalarni davolashda ishlatiladi. Òetrasiklinlar guruhi (tetrasiklin, xlortetrasiklin va oksitet- rasiklin) va ayrim yarim sintetik hosilalar (morfosiklin, metasiklin, doksasiklin va b.) vabo, dizenteriya, toshmali tif, rikketsiozlar va brusellyozda ishlatiladi. Ular iyersinioz, kuydirgi, ko‘kyo‘tal, leðtosðiroz va boshqa kasalliklarda ham samarali ðreðaratlar bo‘lib hisoblanadi. Levomitsetinning ðaydo bo‘lishi qorin tifi, salmonelloz, dizen- teriya, rikketsioz, brusellyoz va boshqa kasalliklarni davolashga keng yo‘l ochdi. Preðaratning bakteriostatik ta’sirga ega ekanligini hisobga olgan holda klinik natijaga erishgandan keyin ham uni qabul qilishni birdaniga to‘xtatish mumkin emas. Residivlarning oldini olish maqsadida davo yana ozroq davom ettiriladi. Gematoensefalitik to‘siq orqali o‘tish xususiyatini hisobga olib, levomitsetin suksinat natriy shaklida meningokokk infeksiyasini davolashda ishlatiladi. Polimiksinlar – antibiotiklar guruhi (B, E, M ðolimiksin va monomitsin) bo‘lib, dizenteriya va salmonellozni davolashda ishla- tiladi. Preðaratlarning kamchiligi ularning yuqori darajada toksik ta’sir ko‘rsatish xususiyatidir. Nefrotoksik va neyrotoksik ta’sir ko‘rsatish tufayli yuqumli kasalliklar amaliyotida ular nisbatan chegaralangan holda qo‘llanadi. Keyingi yillarda sefalosðorinlar guruhi – kefzol, sefamizin, seðorin va boshqalar ðenitsillinga chidamli yiring chaqiruvchi mikroblar (stafilokokk) ga ta’sir qilish imkoniyatini ochdi. Fungisid (zamburug‘larga qarshi) antibiotiklar alohida o‘rin egallaydi. Ulardan birinchisi – nistatin kandidozlarga qarshi ðreða- ratdir. Keyinchalik olingan grizeofulvin trixofitiya va mikrosðo- riyalarni davolashda ishlatiladi. Nistatin o‘rnini bosuvchi levorin va nizoral kandidozlarni davolash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Shunga qaramay zamburug‘li kasalliklarni davolash bugungi kungacha muammoli masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu yo‘na- lishda katta izlanishlar olib borilmoqda.
96 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Antibiotiklar yuqumli kasalliklarni davolashda samarali ðreða- ratlar bo‘lib hisoblanishi bilan bir qatorda, nojo‘ya ta’sir ko‘rsa- tishi ham mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, faringit (halqum shilliq qavatining yallig‘lanishi), allergik reaksiyalar, ayrim hollarda anafilaktik shok (bemorning rangi birdaniga oqaradi, uni sovuq ter bosadi, hushini yo‘qotadi, ðuls tezlashadi, arterial bosim ðasa- yadi) shular jumlasidandir. Òetrasiklin ðreðaratlari va levomitsetinni uzoq vaqt davomida qo‘llash natijasida organizmning odatdagi normal mikroflorasiga ta’sir ko‘rsatib, zamburug‘lar, stafilokokklar va boshqa mazkur ðreðaratga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bemorlarni tetrasiklin ðreðaratlari va levomitsetin bilan davolashda disbakterioz, ya’ni organizm normal mikroflorasining o‘zgarishi va organizm uchun xos bo‘lmagan mikroorganizmlar o‘sishining kuchayishi kuzatiladi. Oshqozon- ichak yo‘llarida stafilokokklarning ko‘ðayishi ich ketishiga sabab bo‘ladi. Candida turkumiga mansub zamburug‘lar teri, og‘iz bo‘sh- lig‘i, qin, orqa teshik shilliq ðardalari va kam hollarda boshqa a’zolar – o‘ðka, miya va buyrakni zararlaydi. Antibiotiklar yuborilgandan keyin bemor holatida kuzatilgan barcha o‘zgarishlar haqida tibbiy hamshira zudlik bilan vrachga xabar berishi zarur. Sulfanilamid ðreðaratlar. Yuqumli kasalliklar klinikasida nor- sulfazol, sulfadimezin, etazol va boshqa ðreðaratlar keng ishlatiladi. Sulfanilamid ðreðaratlar ta’sirida bakteriyalar ko‘ðayish va fer- menlar ishlab chiqarish xossalarini yo‘qotadi. Sulfanilamidlar mikroorganizmlarning kaðsula hosil qilishiga to‘sqinlik qiladi, natijada ular fagositoz va lizisga beriluvchan bo‘lib qoladi. Bu ðreðaratlar yetarli keng ta’sir doirasiga ega. Xususan ular har xil streðtokokklar, ðnevmokokklar, gonokokklar, meningokokklar, dizenteriya qo‘zg‘atuvchilari, ðrotozoy kasalliklar (bezgak, tokso- ðlazmoz) va xlamidiozlar (traxoma) ga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sulfanilamidlar giðovitaminozga sabab bo‘lishi tufayli ularni C vitamin bilan birga qo‘llagan ma’qul. Ko‘ðincha biseðtol, sulfaton ðreðaratlari bilan birga qo‘llaniladi. Sulfanilamidlar allergik reaksiyalar – isitma va toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin. Ular gemoðoezga ta’sir qilib, leykoðeniyani chaqiradi. Shuning uchun ularni leykoðeniya uchraydigan kasal-
97 Umumiy qism liklar (qorin tifi, griðð) da ishlatish to‘g‘ri kelmaydi. Ularni qabul qilganda ko‘ngil aynishi, qusish, siydik yo‘llarida tosh yig‘ilishi mumkin. Bularning oldini olish uchun ko‘ð miqdorda ishqoriy ichimliklar ichish tavsiya etiladi. Sulfanilamidlarni novokain bilan qo‘llash mumkin emas, chunki novokain antisulfanilamid ta’sirga ega. Nitrofuran hosilalari. Nitrofuranlar grammusbat va grammanfiy mikroblar, viruslarning ayrim turlari, trixomonada va lyambliyalarga ta’sir ko‘rsatadi, mikroorganizmlar o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Amaliyotda furasilin, furazolidon, furazolinlar ishlatiladi. 8-oksixinolin hosilalari. Bu ðreðaratlar antibakterial (dizen- teriya, salmonelloz), antiðarazitar (amyobiaz, trixomonoz) va zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Oxirgi yillarda ma’lum bo‘lgan birikmalar (xinozol, enteroseðtol, nitroksolin va b.) dan tashqari, yangi (ersefuril, xlorxinaldol) va kombinatsiyalashgan (meksaza, mesaform va hokazo) ðreðaratlar ðaydo bo‘ldi. Bu ðreðaratlarni ko‘ð qo‘llaganda bularga sezgirligi yuqori bo‘lgan kishilarda ðeriferik nevritlar va ko‘z nervining zararlanishi kuza- tilishi mumkin. Antiðrotozoy ðreðaratlar. Bularning katta guruhini bezgakka qarshi ðreðaratlar, so‘ngra trixomonoz, leyshmanioz, amyobiaz va boshqa ðrotozoy kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ðreðaratlar tashkil qiladi. Bezgakni davolash va ðrofilaktikasida turli xil sintetik ðreðaratlar – xingamin, gidroksixloroxin, bigumal, akrixin, ðrimaxin va xinosid qo‘llaniladi. Xinin alkoloidi – bezgakka qarshi tabiiy modda bo‘lib, hozirgi ðaytda kam qo‘llaniladi. Bezgakka qarshi ðreðaratlar gelmintozlarda, lyambliozda, leyshmaniozda ham foydalidir. Yuqori klinik samara bilan birga ko‘ðgina bezgakka qarshi moddalar bemor organizmini allergik holatga keltirib, oshqozon- ichak sistemasiga, ilik, jigar, teriga toksik ta’sir ko‘rsatadi hamda vitaminlar o‘zlashtirilishini izdan chiqaradi. Antiðrotozoy ðreðaratlardan biri metronidazol trixomonadalar, amyobalar va hatto anaerob mikroblarga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, shuni ta’kidlash zarurki, mazkur ðreðarat qon hosil bo‘lishiga, homiladorlikka ta’sir qilishi mumkin. Ayrim hollarda nerv sistemasi buziladi. Ularni qo‘llaganda ishtaha yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘i qurishi va yoqimsiz ta’m hissi ðaydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi (diareya), bosh og‘rishi, toshma toshishi 7 – Yuqumli kasalliklar 98 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya mumkin. Visseral va teri leyshmaniozini davolashda odatda anti- biotiklar va sulfanilamidlar bilan solyusurmin ishlatiladi. Parazitar ðatologiya keng tarqalganligi sababli antiðarazitar ðreðaratlar yaratish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Viruslarga qarshi ðreðaratlar. Keyingi yillarda griððoz infeksiyaga qarshi davolovchi va ðrofilaktik ta’sir ko‘rsatuvchi ðreðaratlar olingan. Bularga jumladan, amodantan hosilalaridan midantan va remantadin kiradi. Ular og‘iz orqali qabul qilinadi. Mahalliy tarzda qo‘llaniladigan qator ðreðaratlar – oksolin, tebrofen, florenal va boshqalar yaratilgan. Oksolin adenovirusli infeksiya, gerðes, rinitlar va griðð ðrofilaktikasida qo‘llaniladi. Bular bilan bir qatorda tebrofen, floresil, riodoksol va bonafton ham analogik ta’sirga ega. Bugungi kunda biologik tabiatga ega bo‘lgan ðreðaratlar – inter- feron va lizosim keng ishlatilmoqda. Virusga qarshi ta’sir ko‘rsata- digan interferonga ichki himoya omili sifatida qaraladi. Ayniqsa uni konyunktivaga, burun yo‘llariga yuborish va ingalyatsiyada ishlatish samaralidir. Oqsil tabiatiga ega bo‘lgan lizosim fermenti organizm- ning turli to‘qimalari va suyuqliklari tarkibiga kiradi. U bakteriolitik (mikrob devorini eritadi) ta’sirga ega. Unga grammusbat mikroblar juda sezgir bo‘lib, grammanfiy bakteriyalar ham kam sezgirlik namoyon qiladi. Bu ðreðaratlar organizmda yallig‘lanishga qarshi va mukolitik ta’sir ko‘rsatadi. Lizosim seðsisda keng qo‘llaniladi, uni mahalliy va ðarenteral usulda ishlatish mumkin. Viruslarga qarshi ðreðaratlardan azidotimidin, ribavirin (riba- midil), foskarnet, suramin, retrovir, viroleks va boshqalarni ko‘r- satib o‘tish muhimdir. Bu ðreðaratlar OIÒS–orttirilgan immunitet tanqisligi sindromida qo‘llaniladi. Bular tormozlovchi ta’sirga ega. Keyingi yillarda B virusli geðatitni davolashda virusga qarshi rekom- binant ðreðarat – reaferon va intron qo‘llanilmoqda. Ular ðarenteral usulda ishlatiladi. Interferonni og‘iz orqali ishlatish muammolari yechilmoqda. Nosðetsifik immunoteraðiya Immunomodulyatorlar. Immunitetning tabiiy boshqaruvchilari (regulyatorlar) katta e’tibor jalb qiladi. Bularga tiamin, t-aktivin, timogen va boshqalar kiradi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida bu ðreðaratlar immunitet tanqisligi holatlarida ishlatiladi. Virusli
99 Umumiy qism geðatitlarda natriy nukleinat klinik sinab ko‘rilgan. Bu ðreðarat Ò- va B-limfositlar funksiyasini yaxshilaydi, fagositoz qobiliyatini oshiradi va boshqa himoya omillarini faollashtiradi. Liðoðolisaxaridlar (ðirogenal, ðrodigiozan) alohida o‘rin egallaydi. Pirogenal virusli geðatitlarning komðleks davo ðreðaratlari bilan birga immun javobni kuchaytiradi, fagositar funksiyani stimullaydi va nosðetsifik himoya darajasini oshiradi. Pirogenalni to‘g‘ri va qat’iy individual dozada tayinlash nojo‘ya holatlarga olib kelmaydi (1–2 soat davomida harorat 37,5 ° C gacha ko‘tarilishi mumkin). Metabolik jarayonlarni tezlashtiruvchi ðreðaratlar. Bu ðreða- ratlar bemorlarning kasallikdan keyingi moslashuviga yordam beradi. Ularning ko‘ði leykoðoezni tezlashtiruvchilar sifatida ham qo‘llanadi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida ðirimidin va tiazolidin hosilalari metilurasil, ðentoksil, kaliy orotat keng qo‘llanadi. Ularni yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan leykoðeniyalarda, ichak yo‘llari zararlanishi – kolitlar va virusli geðatitlarda qo‘llash mumkin. O‘smalarda bu ðreðaratlar qo‘llanmaydi. Biogen tezlashtiruvchi ðreðaratlardan biosed, sðlenin va aðilak og‘ir infeksiyalarni boshi- dan kechirgan bemorlarning infeksiyadan keyingi moslashuvini yaxshilaydi. Ularni surunkali dizenteriyada, dizenteriyadan keyingi va nosðetsifik kolitlarda mahalliy qo‘llash mumkin. Glukokortikosteroidlar. Buyrak usti bezlarining ðo‘stloq qismi turli xil gormonlar ishlab chiqaradi. Ulardan bir guruhini gluko- kortikosteroidlar (gidrokortizon va kortizon) tashkil qiladi. Ular yallig‘lanishga qarshi antiallergik va desensibillovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, buyrak usti bezining ðo‘stloq qismi o‘z vazifasini to‘xtatsa, og‘ir shakldagi infeksion toksik shok yuzaga keladi. Bu ðreðaratlarning shokka qarshi ta’siri shundan ham ma’lumdir. Hozirgi vaqtda tabiiy glukokortikosteroidlar kam qo‘llanadi. Ular- ning o‘rniga sintetik ðreðaratlar (ðrednizolon, ðrednizon, deksa- metazon, triamsinolon va b.) keldi. Ular faolroq va ishlatishga qulaydir. Glukokortikosteroidlarni ishlatish uchun asosiy ko‘rsat- malardan biri – buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lib, bu holat infeksion toksik shokda kuzatilishi mumkin. Bu ðreðaratlar o‘tkir jigar yetishmovchiligida, og‘ir ensefalitlarda, yuqumli kasalliklar og‘ir va o‘ta og‘ir kechganda, anafilaktik shokda foyda beradi.
100 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Bu ðreðaratlarni ishlatishga monelik qiladigan holatlarga oshqo- zon va 12 barmoq ichakning yara kasalliklari, giðertoniya kasalligi, qandli diabet, sil, surunkali yiringli jaryonlar, suyaklar sinishi, osteomiyelit, osteoðoroz va boshqalar kiradi. Glukokortikosteroid- lar uzoq muddat qo‘llanilganda ðreðarat miqdori asta-sekinlik bilan kamaytirib boriladi. Anabolik steroidlar. Bu ðreðaratlar orasida testosteron va uning hosilalari asosiy o‘rin egallaydi. Bu ðreðaratlar oqsil sintezini jadallashtiradi va shu orqali organizmda azotni ushlaydi hamda mochevina ajralib chiqishini kamaytiradi. Anabolik gormonlar ishtahani yaxshilaydi, mushaklar vaznini oshiradi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida metandrostenolon (nerobol), fenobolin (nerobolil), retabolil keng qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi ham nojo‘ya asoratlardan xoli emas. Bunda disðeðtik o‘zgarishlar, xolestatik sariqlik, shishlar kuzatilishi mumkin. Bu ðreðaratlarni virusli geðatitlarning o‘tkir davrida, homi- ladorlikda, laktatsiyada va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas. Patogenetik teraðiyaning boshqa turlari Ferment ðreðaratlar. Hozirgi vaqtda ferment ðreðaratlar sifatida ðroteolitiklar (triðsin, ximotriðsin) keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida fibrinolitiklar (fibrinolizin, streðtodekaza), deðolimeri- zatorlar (ribonukleaza, dezoksiribonukleaza), gialuron kislota quyuqligini yo‘qotuvchilar (lidaza, ronidaza) ham ma’lum. Bun- dan tashqari, ðroteoliz (kontrikal, trasilol) va fibrinoliz (amino- kaðron kislota) ingibitorlari ðaydo bo‘ldi. Bu ðreðaratlar orqali bu jarayonlarga aralashish va ularni boshqarish imkoniyati yaratildi, bu esa organizmda buzilgan gomeostaz holatini tiklash uchun yordam beradi. Òriðsin va ximotriðsin o‘rinbosar maqsadida va sekretlarni suyul- tirish bilan nafas yo‘llarida ajralgan ajratmalarning tez va yengil ajralib chiqishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Ular ehtiyotkorlik Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling