M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari
Download 308.28 Kb.
|
BHT-VA-A-Darslik
Mijozlarga xizmat ko„rsatish
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‗limida ko‗rsatilganligi bois, mazkur bo‗lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‗rsatilayotgan 203
Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas‘ul ijrochi bilishi lozim bo‗lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo‗lsa, uning ishi tez va sifatli bo‗ladi. Shuning uchun, Front-ofis mas‘ul ijrochilari o‗rtasida mijozlarni taqsimlashda, bir mas‘ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas‘ul ijrochi tomonidan xizmat ko‗rsatilishi shart. Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo‗yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog‗liq holda, yuqorida qayd etib o‗tilgan mijozlarni yanada kichik bo‗lgan quyidagi turlarga bo‗lish mumkin: faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar; milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar. Turli qonunchilik ta‘sir doirasida bo‗lgan mijozlarning quyidagi toifalari bo‗yicha guruhlarga bo‗lish tavsiya etiladi: Korxona va tashkilotlar: o‗z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‗lgan har qanday tashkilotlar; o‗z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik (korporativ) mijozlar; kichik biznes va tadbirkorlik sub‘ektlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Jismoniy shaxslar: milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‗lgan jismoniy shaxslar; faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‗lgan jismoniy shaxslar. 204 Bankning Front-ofis mijozlarga ko‗rsatiladigan taqdim etadi. bo‗limidagi har bir guruh mutaxassisi to‗liq standart xizmatlar ro‗yxatini ularga Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‗p operatsiyalar turi bo‗yicha xizmat ko‗rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, ko‗p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‗yicha unga xizmat ko‗rsatish bank xodimining ko‗p vaqtini egallaydi. Download 308.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling