M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
enzimologiya
- 5 -
1. FERMENTLARNI O`RGANISH USLUBLARI Fermentlar oqsil
makromolekulyar moddalar bo`lib, tirik
organizmlarda ular juda ham kam miqdorda ajraladi. Ularni ajratib olish, tozalash, tozalik darajasi, molekulyar og`irligi, tuzilishi, tarkibi va xossalarini o`rganish juda keng qamrovli uslubiy yondashuvlarni amalga oshirishni talab qiladi. Umuman olganda, enzimologiyaning amaliy jihatlarini o`rganishni ikki bo`limga ajratish mumkin. Uning birinchi bo`limi, fermentlarni ajratib olish va tozlash uslublaridan iborat. Bu uslublar fermentlarni to`qimlardan ekstraktsiyalash, tuzli va organik erituvchilar yordamida cho`ktirish, qizdirish orqali cho`ktirish, kolonkalarda o`tkaziladigan ion almashinuvi xromotogafiyasidan foydalanish asosida tozalash, kristallizatsiyalash, qayta kristallizatsiyalashdan tashkil topadi va umuman olganda fermentlar xossalarini o`rganishga tegishli barcha bajariladigan ishlar oqsillar kimyosi uslublaridan foydalanishni hisobga oladi. Enzimologiya amaliyotini ikkinchi – “Fermentlar faolligini boshqariluvi” bo`limi
subhujayraviy elementlarni ajratib olish,
disk-elektroforez usulida
to`qimalarning izoenzim spektrini o`rganishni hisobga oladi. Bu bo`limga tegishli amaliy
darslarda subhujayraviy darajada fermentlar faolligini boshqariluvi, izoenzimlarning xossalari, fermentlarning genetik xossalariga metabolitlarning ta`sirini o`rganishga oid laboratoriya ishlari bajariladi. Toza holda ajratib olingan yoki subhujayraviy fraksiyalar tarkibidagi ferment preparatlarini tavsiflashda poliakrilamid gelda disk-elektroforez o`tkazish, muayyan ferment faolligini aniqlash borasida optimal sharoitlarni (oqsil, substrat konsentratsiyasi va koferementlar) tanlash lozim bo`ladi. Enzimologiyaning bu bo`limining amaliyotda toza holda ajratib olingan va subhujayraviy elementlar tarkibidagi ferment preparatlarini fermentativ kinetik elementlari: reaksiyaning dastlabki va maksimal tezligi; substrat va fermentlar uchun Mixaelis konstantasi; faollikning pH optimumi; ferment ta`sirini maxsusligi; faollovchilar va ingibitorlarning ta`sirini aniqlash ishlari bajariladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling