M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
enzimologiya
- 6 -
1-LABORATORIYA ISHI: Mavzu: Fermentlarni preparativ ajratib olish, tozalash va xossalarini o`rganish Fermentlarni jaratib olish bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlar sovuq xonalarda olib borilishi, ammo unda ajratib olish uchun foydalaniladigan eritmalar muzlamasligi lozim. Ko`p hollarda eritmalarni bidistillangan suvdan foydalanish asosida tayyorlanadi. Oqsillarni fraksiyalashda ishlatiladigan tuz
eritmalari fermentlarning ingibitorlari bo`lgan og`ir metallar tuzlaridan xolis bo`lishi lozim. Shuning uchun bu tuzlar tarkibida EDTA bo`lgan eritmada eritilib, so`ng shu eritmalardan qaytadan perekristallizatsiya qilinadi. Oqsilli eritmalarni fraksiyalashda yanchilgan tuz kukunini ekstraktga kam-kam miqdorda qo`shib boriladi. Fraksiyalashda qo`llaniladigan suyuq reaktivlar oqsilli aralashmalarga tomchilab qo`shiladi. Oqsilli eritmalarni arashtirganda denaturatsiyaga olib keluvchi ko`pik hosil bo`lishini oldini olish yo`lini tanlab, aralashtirish jarayonida mexanik yoki magnit aralashtirgichli qurilma-asboblardan foydalaniladi. Oqsillarni organik erituvchilardan foydalanish asosida fraksiyalanganda bajariladigan ishlarni harorat 0 0 C dan past bo`lgan chegarada o`tkaziladi. Oqsilli eritmalardan fermentlarni “tuzlash” yo`li bilan cho`ktirishda eng ko`p foydalaniladigan tuzlar jumlasiga ammoniy sulfat ((NH4) 2 SO
) kiradi. Bu tuzning oqsil eritmasini to`yintirish uchun kerak bo`ladigan miqdoriy ko`rsatkichini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: B ml hajmda S1 darajadagi to`yinishga ega bo`lgan eritmaning S2 darajasigacha to`yintirish uchun kerak bo`lgan gramm hisobidagi ammoniy sulfat miqdori B harfi bilan belgilanadi. S1 va S2 ni konsentratsiyasi 3,8 M ga teng bo`lgan ammoniy sulfatning 0 0 C da to`yinishiga mos keladigan nisbiy birlik bilan ifodalanadi. Shu maqsadda maxsus jadavaldan ham foydalaniladi (1-Jadval). - 7 -
- 8 -
Quruq holdagi ammoniy sulfatning zaruriy darajadagi to`yinishini ta`minlash uchun kerak bo`ladigan miqdori 1-Jadvaldagi ko`rsatkichlardan aniqlanadi. Unda foiz hisobida to`yinish uchun 1 litr eritmaga ( 25 0 C da) qo`shiladigan quruq holdagi ammoniy sulfat tuzi miqdori keltirilgan. Ammoniy sulfatni 25 0 C da to`yinishini ta`minlaganda, uning konsentratsiyasi 4,1 M bo`ladi. Bunga erishish uchun 1 litrga 767 g tuz qo`shish kerak bo`ladi. Cho`kmani eritilgandan so`ng oqsil eritmasini ammoniy sulfat bilan to`yinish darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu yerda: A – cho`kmani eritlgandan keyingi ammoniy sulfat konsentratsiyasi; V – cho`kmani eritlgandan keyingi umumiy hajmi, l hisobida; ∆n – cho`kmani eritish hisobiga oshgan hajm, l hisobida; S – oqsilni cho`ktirish jarayonidagi to`yinish.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling