M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
enzimologiya
Ish tartibi: Namunadan 0,1 ml olib, 50 ml li o`lchov kolbasiga solinadi va
H 2 SO 4 ning 0,002 n eritmasi yordamida hajmi o`lchov chegarasiga yetkaziladi. Aralashma yaxshilab aralashtirilgandan keyin undan 1 ml olib yana 45 ml 0,002 n H 2 SO 4
solinib, 50 ml li o`lchov kolbasiga o`tkaziladi. Aralashma yaxshilab aralashtirilgandan keyin 1,5 ml Nessler reaktivi qo`shiladi hamda hajmi 0,002 n H 2
4
yordamida o`lchov chegarasiga yetkaziladi. Aralashma yaxshilab aralashtirilgach, 5 minut davomida xona haroratida qo`ldiriladi va yashil svestofiltrda kolorimetrlanadi. Bir yo`la parallel namunalarda ham aniqlash ishlari o`tkaziladi. Ammoniy sulfatning standart eritmasini har xil miqdorlarda olib xuddi shu yo`sinda ishlov beriladi. Har xil miqdoriy ko`rsatkichlardagi standart eritmalar
- 10 -
asosida kalibrlangan egi chiziq chiziladi. Namuna tarkibdagi oqsil konsentratsiyasi 10 % gacha va EDTA konsentratsiyasi 1 % gacha bo`lgan sharoit aniqlashga xalaqit bermaydi va olingan ma`lumotlar haqiqatga yaqin bo`ladi. Tegishli to`yinish darajasiga erishish uchun kerak bo`ladigan suyuq reagentlar (spirt, atseton, ammoniy sulfat eritmasi) ning miqdori: V=V
1 *(C
2 -C 1 )/1-C 2 formula asosida hisoblanadi. Bu yerda: V – talab qilinadigan eritma hajmi, ml hisobida; V 1 – ishchi eritma hajmi; C 1 – reagentning dastlabki konsentratsiyasi; C 2 – reagentning oxirgi konsentratsiyasi.
Ko`p holatlarda ajratib olinadigan ferment preparatlarini tozalsh uchun sellyuloza yoki
sefadeks bilan
to`ldirilgan kolonkalarda o`tkaziladigan xromotogafiyadan foydalanish tavsiya etiladi. Xromotogafiya uchun DEAE – sellyuloza, KM – sellyuloza yoki har xil rusumli sefadekslardan foydalaniladi. Bu ionalmashtiruvchilardan foydalanishda ular
uchun maxsus ishlab chiqilgan yo`riqnomalar me`yirlariga mos keladigan uslublar asosida ishlov beriladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling