M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev


Fermentlarning maxsusligi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/75
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#254498
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
enzimologiya

Fermentlarning maxsusligi 

 

Fermentlarning  maxsusligi  o`ziga  xos  hususiyat  bo`lib,  bu  narsa  ferment  ta`sir 



etadigan  substratning    kimyoviy  tuzilishi  bilan  bog`liq  bo`ladi.  Har  bir  ferment 

ma`lum  bir substratgagina  ta`sir eta oladi. 



Amilaza va ureazalarning maxsusligiga xos reaksiyalar 

 

Ma`lumki,  kraxmal  yod  bilan  ko`k  rang  hosil  qiladi.  Uning  amilaza  ta`sirida 



parchalanishi  dastlab  dekstrinlar  (amilo-,  eritro-,  axro-,  maltodekstrinlar)  ni,  keyin 

maltoza  va  undan  keyin  glyukozani  hosil  bo`lishiga  olib  keladi.  Kraxmalning 

parchalanishi  natijasida  parchalanishning  axrodekstrin  bosqichidan  o`tgandan  keyin 

uning  fragmentlari  yod  bilan  hech  qanday  rang  hosil  qilmaydi.  Yodli  reaktiv  kristall 

yodni  kaliy  yod  eritmasida  eritib  tayyorlangan  eritma  hisoblanadi.  Uni  tayyorlash 

uchun  100  ml  distillangan  suvda  20  g  kaliy  yod  eritiladi  va  uni  ustiga  10  g  yod 

kristali  solinib  aralashtiriladi.  Kraxmalni  aniqlash  uchun  aralashma  5  marta 

suyultiriladi.   

 

Soya  o`simligi  dukkagida  esa  ureaza  fermenti  bo`lib,  u  siydikchilni 



gidrolizlanishini  katalizlaydi  va reaksiya  natijasida  ammoniy  karbonat hosil bo`ladi: 

CO(NH


2

)



+ HOH  = CO

2

 + 2NH



3

 

CO



2

 + 2NH


3

 + HOH = (NH

4

)

2



CO

3

 



 

Bu  ikkala  ferment  uchun  ham  pH-optimum  ko`rsatkichlari  juda  yaqin,  ya`ni 

so`lak  amilazasi  uchun  pH  –  6,8  bo`lsa,  soya  ureazasi  uchun  pH  –  7,0  hisoblanadi. 

Shu  bois,  fermentlarning  maxsusligini    shu  ikki    ferment  yordamida  namoyish  qilish 

o`rinli  bo`ladi.  

 

Amilazaning  maxsusligini  o`rganish  uchun  so`lak  suyuqligidan  foydalanilsa, 



ureza uchun soya o`simligi  urug`idan  ajratib  olingan  ekstraktdan foydalaniladi. 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling