Ish tartibi: Ikkita probirkaga (1 va 2) 5 ml dan 0,1 % li kraxmal eritmasi
(kraxmal eritmasi oldindan I va KI eritmasi solganda havorang rangga bo`yalishi bu
oldindan sinab ko`rilgan bo`lishi lozim) solinadi. So`ng boshqa ikkita probirkaga (3
va 4) oldindan bir necha tomchi fenolftalein qo`shib qo`yillgan siydikchilning 1 % li
eritmasidan 5 ml dan solinadi. Bundan keyin 1- va 3-probirkalarga 1 ml dan
filtrlangan va suyultirilgan so`lak eritmasi hamda 2- va 4- probirkalarga esa 1 ml dan
yuqorida keltirilgan tartibda tayyorlangan ureaza fermenti ekstrakti solinadi.
Aralashmalar yaxshilab aralashtiriladi va 20 minutga 38-40
0
C li termostat yoki suv
hammomiga qo`yiladi. Qizdirish nihoyasiga yetgandan so`ng 1- va 2-probirkalarga
yod eritmasidan bir tomchi tomizizadi. Bunda 1-probirkadagi aralashmaning ko`k
ranggi yo`qoladi, chunki kraxmalga so`lak amilazasi ta`sir etishi tufayli u
parchalangan bo`ladi, 2-probirkaga esa ureaza fermenti ekstrakti solinganligi sababli
reaksiya sodir bo`lmaydi va ko`k rang saqlanadi. 3-probirkada amilaza fermenti
siydikchilga ta`sir eta olmaydi, reaksiya muhitida o`zgarish bo`lmaydi, 4-probirkada
ureaza ta`siridagi reaksiya tufayli fenolftalein gulobi rangga bo`yaladi, chunki
siydikchil gidrolizlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |