Dializatga harorat yordamida ishlov berish. Dializ nihoyasiga yetgandan so`ng,
unga 0,3 M sistein eritmasini umumiy hajmda konsentratsiyasi 0,03 M bo`lguncha
EDTA niki 0,01 bo`lguncha qo`shiladi, pH esa 2,0 M tris eritmasidan foydalanib, 7,5
ga yetkaziladi. Aralashma 37
0
C da 30 minut inkubatsiyalanadi. Bunda hosil bo`lgan
cho`kma sentrifugalash orqali ajratib tashlanadi. Cho`kma usti suyuqligi 2,0 M tris
eritmasi qo`shib, pH 8,5 gacha yetkaziladi va shu sharoitda yana 30 minut
inkubatsiyalanadi. So`ng aralashma xona darajasigacha sovitiladi, sovitilgandan
keyin 1 n sirka kislotasi yordamida neytrallanadi. Bunda hosil bo`lgan cho`kma 10
minut 3000 g tezligida sentrifugalab ajratib tashlanadi. Supernatant fermentli eritma
hisoblanadi.
- 34 -
Do'stlaringiz bilan baham: |