- 31 -
7. Geksokinaza – 0,5 mg/ml (faollikni aniqlash oldidan tris-HCl buferi bilan
suyultiriladi) eritmasi.
Barcha eritmalar bidistillangan suvda tayyorlanadi.
Ish tartibi: Spektrofotometrning kyuvetasi 0,4 ml substrat aralashmasi (D-
glyukoza, MgCl
2
va ATF) 0,1 ml NADF eritmasi, 0,01-0,04 ml glyukoza-6-fosfat
degidrogenaza bo`lgan eritma, tris-HCl buferining 50 mM li eritmasidan qo`shib,
umumiy hajmi 3 ml ga yetkaziladi va yaxshilab aralashtirilgandan keyin unga 0,01-
0,02 ml geksokinaza eritmasini qo`shish orqali reaksiya boshlab yuboriladi.
Reaksiyaning boshlanishi sekundlarda qayd qilinadi va 340 nm da, har sekund
oralig`ida optic zichlikning oshib borishi kuzatiladi. Ajratib olingan ferment
preparatini solishtirma faolligi sarhisob qilinadi.
Oqsil miqdorini spektrofotometrik yo`l bilan 280 nm da konsentratsiyasi 1,0
mg/ml bo`lganda ko`rsatkichi 0,9 ga tengligiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: