muz solingan idishga ko`chiriladi va aralashma doimo aralashtirilib turilgan holda
- 29 -
(bu jarayon uchun 1,5-2,0 soat vaqt talab qilinadi). Aralashma 4
0
C li sharoitda kelasi
kungacha qoldiriladi, so`ng 10000 g da, 20 minut davomida sentrifugalanadi.
Ammoniy sulfat yordamida cho`ktirish. Oldingi bosqichda olingan supernatantni
quruq ammoniy sulfat kukunidan foydalanib, to`yinish darajasini 0,39 (100 ml
aralashmaga 24 g) yetkaziladi. Bir soat muddat o`tgandan keyin aralshma
sentrifugalanadi. Cho`kma tashlab yuboriladi. Supernatantning to`yinish darajasini
oshirib (100 ml ga (NH
4
)
2
SO
4
dan yana 10 g qo`shib) 0,55 yetkaziladi. Aralashma
15000 g da 30 minut davomida sentrifugalanadi. Cho`kmaga pH 7,0 bo`lgan fosfat
buferidan 20 ml qo`shib eritladi va hosil bo`lgan eritma shu buferning o`zida
dializlanadi. Dializ jarayonida dializlashda foydalanilayotgan bufer eritma yangisi
bilan 2-3 marta almashtiriladi. Bunda hosil bo`lgan cho`kma sentrifugalash yo`li
bilan ajratib olinadi va tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: