Ish tartibi: Uchta probirka olib, ularga 5 tomchidan 0,5 % li kraxmal
eritmasidan tomiziladi, birinchi probirkaga 10 tomchi distillangan suv, ikkinchisiga 8
tomchi suv bilan 2 tomchi 1 % li NaCl eritmasi, uchinchisiga 8 tomchi suv bilan 2
tomchi 1 % li CuSO
4
eritmasi tomiziladi, hammasiga 5 marta suyultirilgan so`lakdan
10 tomchidan qo`shib, yaxshilab aralashtirilib, xona haroratida qoldiriladi. 5
minutdan keyin uchchala probirkaga ham 10 tomchidan distillangan suv, 1-2
tomchidan 0,1 % li yod eritmasidan solib aralashtiriladi, ularning ustiga tajribadagi
uchchala
probirkadagi
aralashmaning
har
biridan 2-3 tomchidan alohida
probirkalarga tomiziladi. Yod bilan qilinadigan reaksiya 10-15 minutda yana
takrorlanadi. Birinchi probirkadagi suyuqlik binafsha yoki qizil rangga, ikkinchisi
qizil yoki sariq, uchinchisi esa ko`k rangga kiradi. Demak, ikkinchi probirkada
kraxmal yaxshiroq gidrolizlangan, uchinchisida umuman gidroliz ketmagan. Ish
natijasi jadvalda (4-Jadval) qayd qilinadi.
4-Jadval
Amilaza faolligiga faollovchi va ingibirlovchilarning ta`siri
Do'stlaringiz bilan baham: |