KM – sellyulozali kolonkada xromotogafiya o`tkazish yo`li bilan tozalash.
Yuqoridagi
fermentativ
faollikka
ega
bo`lgan
fraksiyalar
birlashtirilib,
ultrafiltratsiyalash orqali konsentrlanadi va pH ko`rsatkichi 5,0 bo`lgan atsetat
buferiga qarshi dializ qilinadi. KM – sellyuloza yo`riqnomaga muvofiq tayyorlanadi,
1,4x15 sm li kolonkaga joylashtirilib, oqsil eritmasi kolonkadagi gelga singgandan
so`ng undan KM – sellyuloza bilan bog`lanmagan oqsilni chiqib ketishini ta`minlash
uchun kolonkaning 1-2 hajmida atsetat bufer eritmasi o`tkaziladi. Keyin pH
ko`rsatkichi 5,0 bo`lgan tarkibida 0-0,4 M NaCl bo`lgan bufer eritma o`tkaziladi.
Elyutsiya tezligi 20 ml/soat. Fraksiyalar 4 ml dan ajratiladi. Elyuat ultrafiltratsiya
yordamida konsentrlanadi va fosfat buferiga qarshi dializlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |