Ammoniy sulfat yordamida fraksiyalash. 2-fraksiyani ammoniy sulfatning quruq
kukuni bilan 0,33 darajasigacha to`yintiriladi. Cho`kma sentrifugalash usuli bilan
ajratib tashlanadi. Supernatantni to`yintirish darajasi ammoniy sulfat yordamida
oshiriladi va 0,63 ga yetkaziladi hamda so`ng 15000 g/min tezlikda 30 minut
sentrifugalanadi. Ajratib olingan cho`kma pH ko`rastkichi 8,5 bo`lgan 0,025 M
EDTA (2-fraksiyani 1/8 hajmiga teng bo`lgan) eritmasida eritiladi. So`ng aralashma
0,005 M magniy atsetat eritmasiga qarshi bir kech-kunduz dializlanadi. Eritmani
qolgan cho`kmasi sentrifugalash orqali ajratib tashlanadi va tiniq eritma hosil bo`lishi
kuzatiladi (3-fraksiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |