Rux atsetati yordamida fraksiyalash. Yuqorida olingan supernatantga 1,0 M rux
atsetati hajm bo`yicha konsentratsiyasi 0,03 M bo`lguncha qo`shiladi, pH ko`rsatkichi
esa 1 n NaOH qo`shib, 8,5 ga yetkaziladi. 1-2 soat o`tgandan so`ng oq rangli
suspenziya 15000 g/min tezlikda 15 minut sentrifugalanadi. Cho`kma pH 8,5 bo`lgan
0,25 M ammoniy sitratda suspenziyalanadi (bunda 1-fraksiya hajmiga nisbatan 1/5
hajm qo`shiladi) va bir kecha shu holatda qoldiriladi. Kelgusi kuni cho`kma yana
15000 g/min tezlikda 30 minut sentrifugalanadi. Ajratib olingan cho`kma 0,25 M
ammoniy sitrat eritmasi bilan yuviladi (bunda 1-fraksiya hajmiga nisbatan 1/15 hajm
qo`shiladi). Ikkala eritma birlashtiriladi va qizg`ish loyqali eritma hosil bo`lishi
kuzatiladi (2-fraksiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |