M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
FERMENTLARNI MIKROBIOLOGIK SINTEZ YO‘LI
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksireduktazalar
- Gidrolazalar
- Izomerazalar
8. FERMENTLARNI MIKROBIOLOGIK SINTEZ YO‘LI BILAN AJRATIB OLISH Tayanch iboralar: oksireduktazalar, transferazalar, gidrolazalar, liazalar, izomerazalar, ligazalar, faollik birligi, alfa-amilaza, beta- amilaza, glyukoamilaza, pepsin, nordon, neytral va ishqoriy fosfatazalar, oziqa muhiti, pH, mineral moddalar, magniy, kalsiy, marganets, rux, temir, mis, natriy nitrat, natriy nitrit, mikrobiologik material, o‘stirish o‘stirish uchun oziqa muhiti, oziqa muhitini sterillash, aeratsiyalash, aeratsiyadan so‘ng havoni tozalash, qurilma, tovar tarzidagi ferment. 8.1. Fermentlarning umumiy tavsifi Organizmda kechadigan hamma hayotiy jarayonlarning moddiy asosini minglab fermentlar yoki enzimlar tomonidan katalizlanadigan kimyoviy reaksiyalar tashkil qiladi. Fermentlar hozirgi kunda fanning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan makromolekulalar sifatida ma’lum bo‘lib bormoqda. Toza holda ajratib olingan fermentlardan foydalangan holda murakkab birikmalarning, jumladan organizmning tarkibida uchraydigan ba’zi oqsillar va nuklein kislotalarning struktu- ralarini aniqlashga erishildi. Fermentlarning amaliy ahamiyati ham kattadir. Vino ishlab chiqa- rish, non pishirish, pishloq, spirt, choy, aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish fermentativ jarayon- lardan samarali foydalanishga asoslangan. Tibbiyot va qishloq xo‘jaligi- da qo‘llaniladigan-dorivor moddalar, o‘simliklarning o‘sish stimulyator- lari va boshqa fiziologik faol moddalarning ta’sir etishi u yoki bu fermentlarning faollashuvi yoki ingibirlanishi bilan bog‘liqdir. Fermentlar katalizlaydigan reaksiyalarini e’tiborga olgan holda 6 ta sinfga bo‘linadi: 1. Oksireduktazalar. Bu sinfga oksidlanish-qaytarilish reaksiyala- rini katalizlovchi fermentlar kiradi. Ularga yaqqol misol sifatida degid- rogenazalar-vodorod atomini ko‘chiruvchi fermentlarni keltirib o‘tish mumkin. 2. Transferazalar. Bu sinf vakillari alohida funksional guruhlarni molekulalararo ko‘chirish reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, metil 101 guruhni-metiltransferaza, amino guruhni-aminotransferaza, karboksil guruhni-karboksitransferazalar ko‘chirish reaksiyalarini katalizlaydi. 3. Gidrolazalar. Bu sinfga mansub fermentlar molukulalar ichidagi bog‘larni suv ishtirokida gidrolizlaydi. Ular jumlasiga fermentlarning katta guruhi, jumladan oshqozon-ichak traktining fermentlari: esteraza, fosfataza, peptidaza va boshqalar kiradi. 4. Liazalar. Bu sinf vakillari nogidrolitik yo‘l bilan qo‘sh bog‘ hosil bo‘lish reaksiyalarini katalizlaydi. Bularga yaqqol misol sifatida dekarboksilaza va boshqalarni keltirish mumkin. 5. Izomerazalar. Bu fermentlar substratlarni o‘zaro almashinuvini katalizlaydi. Masalan L-izomeri D-izomerga, glyukozani fruktozaga aylanishini katalizlaydi. 6. Ligazalar yoki sintetazalar. Bu fermentlar xilma xil sintezlanish reaksiyalarini katalizlaydi va bu reaksiyani makroergik birikmalar energiyasi evaziga amalga oshiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling