M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
Mas’ul muharrir:  
Q.D.DavranovO‘zbekiston Milliy universiteti, mikrobiologiya va biotexnologiya 
kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori;
Taqrizchilar: 
Z.F.Ismoilov – Samarqand davlat universiteti, Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi 
professori, biologiya fanlari doktori;  
 
Q.A.Asqarov – Samarqand Tibbiyot Instituti, Bioanorganik, bioorganik va biologik kimyo 
kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.
 
ISBN 978–9943– 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
 



 
 
KIRISH 
 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida biologiyaning muvaffaqiyatli rivo-
jlanishi biotexnologiyaning an’anaviy yo‘nalishlariga, texnik mikrobi-
ologiya va texnik biokimyo yo‘nalishlariga yangiliklarni kiritibgina 
qolmay, balki genetik va hujayraviy muhandislik kabi yangi istiqbolli 
yo‘nalishlarni maydonga keltirdi. Endilikda biotexnologiya moddiy re-
surslar, energiya ta’minoti va atrof-muhit muhofazasi muammolarini 
sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ilmiy asoslangan tarzda hal qilish 
masalalarini yechishga qodir bo‘lib bormoqda. 
Muayyan o‘quv qo‘llanmaning yaratilish zarurati XX asrning ik-
kinchi yarmida biologiya fanlari tizimi negizida alohida fan sifatida 
shakllangan biotexnologiyaning erishgan hozirgi yutuqlari, uning sivili-
zatsiyani zamonaviy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini benihoya o‘sib bo-
rayotganligidan kelib chiqadi. Zamondoshlarimiz biotexnologiya ata-
masi bilan nomlangan fanning paydo bo‘lishinigina emas, balki shu nom 
bilan atalgan mutaxassis kadrlar-magistrlar, fan nomzodlari va doktorlari 
tayyorlanilayotganligini guvohi bo‘lib turibdilar. Mamlakatimizda amal-
ga oshirilayotgan «Ta’lim tog‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda respublikamizda ham 
biolog (5140100) bakalavrlar negizida biotexnolog (5A140104) magistr-
lar tayyorlashga kirishildi. Magistr akademik darajali biotexnolog mu-
taxassislarni tayyorlash uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejasidagi ushbu 
mutaxasislikni shakllantirish uchun xizmat qiladigan fanlar va ularning 
namunaviy dasturlari dastlabki sinovlardan o‘tkazildi.
Shubhasiz, biotexnolog magistr akademik darajali mutaxassislarni 
tayyorlashda «Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi» 
fanining ham alohida o‘rni bor. Bu o‘rinda aytish mumkin-ki, ushbu fan 
ma’lumotlari fizika, kimyo, biokimyo, molekulyar biologiya va genetika 
uslublariga tayangan holda bo‘lajak mutaxasisni shakllanishida uning 
o‘z kasbiga oid bilim, ko‘nikma va malaklar bilan qurollantirishda alo-
hida ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Muayyan qo‘llanmada biofaol moddalarning tasniflanishi, aminok-
islotalarni biosintezi texnologiyasi va sanoat miqyosida ajratib olish is-
tiqbollari, antibiotiklar, bakterial dori-darmonlar, fermentlarni ajratib 
olish hamda organik moddalarni mikrobiologik transformatsiyalash va 



ularni qaytarilishini amalga oshirish yo‘li bilan biofaol moddalarni 
ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid ma’lumotlar 
keltirilgan. Unda materiallarni o‘zlashtirilishini samaradorligini oshirish 
maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar va biokimyoviy formulalar 
hamda tenglamalar keltirilgan bo‘lib, ular mavzular matnlari bayoni bi-
lan uyg‘unlashtirilgan hamda materiallarni chuqur o‘zlashtirilishini 
ta’minlaydi.
Muayyan qo‘llanmada materiallarni o‘zlashtirilganlik darajasini 
tekshirish uchun tuzilgan 106 ta test savollari ham keltirilgan. Shu bilan 
birgalikda o‘quv qo‘llanmaning eng oxirida talabalar tomonidan fan 
materiallarini o‘zlashtirilgandan keyin o‘z bilimlarini o‘zlari baholash 
imkoniyati yaratilgan. Bu narsani amalga oshirish uchun ko‘p tanlov 
javobli topshiriq shakllari, javoblar to‘g‘riligini aniqlash matrissasi va 
javoblarni bahosini aniqlashga tegishli formulalar keltirilgan. Unga mu-
vofiq talaba o‘z bilimini o‘zi baholay oladi va fanni o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichi qoniqarsiz bo‘lib chiqsa, yoki aniqlangan baho ko‘rsatkichi 
talabani qoniqtirmasa, u materialni yana takrorlashi, ya’ni yana qo‘shim-
cha ravishda o‘z ustida ishlashi zarurligini aniqlashi ham hisobga olin-
gan. Shu asnoda fikr yuritilganda, o‘quv qo‘llanmani mualliflari ushbu 
fanga oid ma’lumotlarni talabalarga yetkazish, ularni o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va o‘z bilimlarini o‘zlari baholashlarini 
hisobga oluvchi yangi pedtexnologik yondashuvlarni ham qo‘llashga 
harakat qilsihgan desa bo‘ladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma biolog bakalavrlar, biokimyogar va biotex-
nolog magistrlar, mikrobiologik oziq-ovqat sanoati va tibbiy sanoat 
xodimlari, shuningdek qishloq xo‘jalik xodimlari hamda zamonaviy 
biotexnologiya faniga oid bilimlarini chuqurlashtirishni xoxlovchi keng 
kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling