M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
1.2. Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish Shu narsa ma’lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya nurini chapga buruvchi aminokislotalar, ya’ni L-shakldagi aminokislo- talardan tashkil topgan. Ko‘p davlatlarda qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun standart qo‘shimcha oziqa sifatida soya o‘simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya’ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug‘lar o‘stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. Ancha 8 vaqtlardan buyon zamburug‘larning Sacharomyces avlodi vakillarini qandli achitish qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas olish muhitida o‘stirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Gidroliz sanoatini paydo bo‘lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so‘ng aerob fermentatsiya sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bu narsa o‘simlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil bo‘ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo‘lga qo‘yish ishlari achitqili biomassani karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shaklla- nishiga sababchi bo‘ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkan- lardan foydalangan holda o‘stirilgan bo‘lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Parafinlar asosida o‘stiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo‘lishi mumkin ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar ko‘p bo‘ladi, ya’ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida o‘stiri- ladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo‘ladi. Bakterial biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomas- saning hosil bo‘lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo‘ladi. Achit- qi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo‘yicha standart sifatida qabul qilingan soya o‘simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari tarkibida ham aminokislotalarning to‘liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko‘p- roq miqdorda uchraydi. 1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokis- lotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan. 1-Jadvaldagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi-ki, standart oziqa tar- kibidagi aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo‘l bilan olinadigan biomassaning tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan aminokislotalarning miqdo- riy ko‘rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to‘la qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, go‘sht va sut ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan chorvachilik 9 va shuningdek parrandachilikda qo‘llash uni texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi. 1-jadval Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling