M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
 
 


16 
 
2. AMINOKISLOTALAR BIOSINTEZI TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch iboralar: almashinmovchi aminokislotalar, valin, arginin, 
gistidin, serin, leysin, izoleysin, lizin, treonin, triptofan, fenilalanin, 
metionin, mikrobiologik uslub, D, L -Metionin, D, L -triptofan, indol, 
nitrosirka efir, L-glutamat, akrilonitril, sian, ammiak, L-lizin, siklogek-
san, natriy atsetat, enzimatik, D-alfa-kaprolaktam, go‘sht sanoati qoldiq-
lari, sut kazeini, bug‘doy kleykovinasi, mikrob o‘stiriladigan suyuqlik
bir bosqichli uslub, ikki bosqichli uslub, aminokislotani maqsadli trans-
formatsiyasi. 
 
2.1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab
chiqarishning istiqbollari 
Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida 
ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yetarli 
miqdorda ishlab chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va 
insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoni-
yatlari paydo bo‘ldi. Ratsion tarkibida u yoki bu aminokislotaning
ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalarning yetishmasligi yoki umu-
man bo‘lmasligi organizmning o‘sishi va rivojlanishiga o‘ta salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, gisti-
din, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilala-
ninlar kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan 
foizning juda kam miqdordagi ulushini qo‘shib berish yem-oziqa oqsilini 
oziqa qimmatini 2 martaga oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat 
miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 400 ming tonnadan oshib 
ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 ming t metionin, 
50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab chiqaril-
moqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, 
izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga bo‘lgan talab 
yuqori (130 ming t) bo‘lishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq 
miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab 
chiqariladigan jami aminokislotalarning 60 % mikrobiologik uslubda 
ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar ishlab chiqa-
rishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda 


17 
aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqti-
sodiy jihatdan ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining 
o‘zida induvidual aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni 
ham oziq-ovqat, ham yem-oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mum-
kin bo‘ladi. Bugungi kunda metionin, glutamin kislota, lizin, triptofan, 
treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning D, L-shakllarini 
sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy 
texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan 
hamda, yuqori darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini 
beradi. Lekin bu uslubning kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni 
ko‘p tonnali miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Odat-
da yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib olinadigan aminokis-
lotalar faqat L-shaklda bo‘lishi shart. Mikrobiologik uslubda ishlab 
chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya’ni mahsulot tarzida 
ajratib olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan 
iborat bo‘ladi. Bu aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib 
olish juda murakkab jarayon hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshi-
rish ancha qimmatga tushadi. Tayyor mahsulot tarkibida D-shakldagi 
aminokislotalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular odam 
va hayvon organizmi tomonidan o‘zlashtirilmaydi, ularning ba’zilari esa 
organizm uchun zaharli bo‘ladi. Bu qoidadan glitsin va metionin 
mustasno bo‘lib, glitsinning optik izomeri yo‘q, metioninning har ikkala 
izomeri ham odam va hayvonlar tomonidan bir xil o‘zlashtiriladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling