Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi


Download 99.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana05.10.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1692451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Маъруза



 
2-Ma’ruza. Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, 
ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash 
asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi, 
xossalari. Strukturani biologik aktivlikning namoyon bo‘lishiga ta’siri. 
Oqsillar tarkibida azot tutuvchi yuqori molekulyar biologik polimerlar bo„lib, 
ular asosan 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ularning proteinlar (grekcha
“protos” – birlamchi, muhim) deb atalishi ham bu gruppa moddalar birinchi 
darajali biologik ahamiyatga ega ekanligini ko„rsatadi. Hayot jarayonlarining
qariyib barchasi oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog„liq. 
Oqsillar proteinlar va proteidlarga bo‘linadi.
Protein ------------ oddiy oqsil 
Proteid ------------ murakkab oqsil 
Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv o„simliklari va bakteriyalar
ko„p hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar bilan jonsiz 
tiabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladi. 
Hujayrada yuz beradigan har qanday kimyoviy o„zgarishlar oqsillar ishtirokisiz 
amalga oshmaydi.: bu jarayonlarda oqsil yoki substrat, yo ferment yoki bular bir 
vaqtda birdaniga ishtirok etadi. 
Tuxum oqiga o„xshash, tarkibida azot tutuvchi shu xildagi moddalarni golland 
olimi Mulder (1802-1880) muntazam ravishda tadqiq qilgan, o„sha zamonning 
mashxur kimYog„ari Berseliusning (1779 - 1848) taklifiga ko„ra, birinchi marta 
1838 yili bu moddalarga nisbatan protein (yunoncha – protos – birinchi darajali )
nomi qo„llanilgan, va bu atama ularning hayot uchun juda muhim ahamiyatga ega 
ekanligini ifodaladi. 
Oqsil nomi tuxum oqidan kelib chiqqan sodda atama. Oqsillar xaqida XIX  
asrning ikkinchi yarmida va XX asrning birinchi choragida olingan ma‟lumotlar, 
asosan, gidroliz qilish yo„li bilan ular tarkibiga kiradigan aminokislotalarni 
aniqlash va so„ngra oqsil tarkibida peptid shaklida bog„lanishini belgilash bilan 
chegaralanadi. Oqsillar kimyosi sohasidagi bu boshlang„ich ma‟lumotlarni olishda 
rus olimi A.Ya. Danilevskiy (1838-1923), nemis olimi Emil Fisherning (1852-
1919) tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo„ldi. Ammo oqsillar kimyosi va 
biokimyosi XX asrning ikkinchi choragida boshlab, asosan, ularni ajratib olish 
(elektroforez), molekulyar og„irligini aniq belgilash (ultratsentrifugalash), 
birinchi kristall oqsillar – fermentlarni izolyasiyalash, oqsillarni turli yo„llar bilan 
gidrolizlab, barcha aminokislotalarning to„la sifati va miqdorini aniqlash 
(xromotografiya) va nihoyat, bir qancha sodda oqsillarning strukturasini 
mukammal o„rganish (rentgenstruktura analizi) hamda kimyoviy yo„l bilan sintez 
qilish asosida yuksak darajalarga ko„tarildi. 
Oqsillar taxminan hayvon organizmini quriq moddasiga nisbatan olganda 
15% ni tashkil etadi, o„simliklarda yaproq va poyalarida 3-5%, boshoqlilarda 10-
25 va dukaklilarda esa 20-40 va hattoki 50% gacha quruq modda qismini tashkil 
etadi. Oqsillarnin turlari nihoyatda ko„p bo„lib, masalan odam organizmida 5 000 


dan ortiq oqsil turlari borligi aniqlangan bo„lsa, hozirgi vaqtda ularning 2000 dan 
ziyodi kashf qilingan va yaxshi tekshirilgan.
Oqsil molekulalari uzun polipeptid zanjirlari bo„lib, ular aminokislotalarning 
peptid bog„i yordamida birikishidan hosil bo„lgan yuqori tartibli polimerdirlar. 
Har bir hujayraning yadrosida minglab genlar bo„lib, ular shu organizmga xos 
bo„lgan oqsil strukturasini belgilaydi. Oqsil molekulalari nihoyatda ko„p 
funksiyalarni bajaradi. 

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling