Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi


Download 99.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana05.10.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1692451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Маъруза

5.  Struktura funksiyasi. Oqsilar biriktiruvchi to„qimaning asosiy qurish 
materialidir: keratin, kollagen, elastin ana shular jumlasidandir. Lekin oqsillar 
hujayra skeleti, xromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida 
boshqa moddalar bilan birgalikda qatnashadilar. Bular qatlam-qatlam bir-biriga 
o„ralgan bo„lib, ma‟lum tolalar hosil qilib ta‟yanch, ximoya struktura holida 
organizmning elementlarini bir-biriga biriktiradi. Odam va hayvon organizmida 
uchraydi. Masalan, pay tarkibidagi kallagen yoki elastin oqsillari, paylarni bir-
biriga ulaydi. soch, tirnok tarkibidagi keratin oqsili ularni sifatini belgilaydi. 


6.  Himoyalovchi (qo‘riqlash) funksiyasi. Bu oqsillar organizmni boshqa bir 
organizmlar (zararli) ta‟sirida zararlanishidan saqlaydi. Barcha anti tanalar 
oqsillardir. Ular organizmga kirgan bakteryalarni, Yog„ va oqsillarni yuksak 
spetsifiklik bilan bog„laydilar, parchalaydilar, zararsizlantiradilar. Qon tarkibidagi 
immunnoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni sezadi, ularni 
aniqlaydi va zararsizlantiradi. Shu oqsillar etishmasligi esa SPID kasalligiga olib 
keladi. 
7.  Tartibga soluvchi funksiyasi (oqsil garmonlar). Bular odam va hayvon
organizmida bo„lib ko„prok garmonlar tarkibida uchraydi. Masalan, oshkozon osti 
bezlaridan ajralib chiquvchi insulin garmoni tarkibiga kiruvchi oqsillar 
organizmdagi qand almashuvini tartibga solib turadi. 
Bu ko„rsatib o„tilgan asosiy funksiyadan tashqari oqsillar yana juda ko„p 
biologik faol strukturalarning tuzilishida va funksiyasida ishtirok etadilar.
Sakkizinchi sinf oqsillari yuqorida keltirilgan oqsillardan farqli ravishda 
umumiy bir sinfga xos bulmagan boshqa turli xildagi funksiyalarni bajaruvchi, 
ayrim hayvon va o„simliklargagina xos bo„lgan oqsillardir. Masalan, arktika 
baliqlari qoni tarkibida shunday oqsillar topilganki, ular antifriz funksiyasini 
bajaradi.

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling