2. Fibrilyar oqsillar, suvda erimaydigan uzun, ipsimon, yassi, katlamli
shaklga ega bo‟lib, juda nozik ipchalar (tolalar) shaklida bo‟lib, bular asosan
struktura, harakatlantiruvchi, funksiyalarni bajaradilar. Bu gruppaga muskul oqsili
– miozin, soch va muguz oqsili keratin, teri va paylar oqsili-kollogen va elastin,
ipak oqsili –keratin kiradi.
Bir qator fibrillyar oqsillarning spiral shaklida tuzilganligi isbotlangin, ammo
globulyar oqsillarning strukturalari hali etarlicha o‟rganilmagan.
Oqsillarning elementar tarkibi: - oqsillar yuqori poliier moddalar bo‟lib,
o‟ziga xos elementlar tarkibi bilan xarakterlanadi. Ularning tarkibiy elementlari
asosan uglerod, kislorod, azot, vodorod va oltingugurtdan iborat bo‟lib, bu 5 ta
kimyoviy elementlarning birortasi (masalan, organizmda azot ) etishmasa, oqsillar
mutlaqo sintezlanmaydi. Shuningdek juda ko‟p oqsillar tarkibida oltingugurt
uchraydi va ular, oqsillar tarkibida ko‟pi bilan 2,5% gacha tashkil etadi.
Oqsillarning o‘rtacha elementar tarkibi
1-jadval.
Elementlar
Miqdori (%)
1. Uglerod
2. Kislorod
3. Azot
4. Vodorod
5. Oltingugurt
50-55
21-24
15-18
6,5-7,3
0,3-2,5
Oqsillarning elementlar tarkibida eng xarakterli narsa azotning miqdoridir.
Ko„pchillik hollarda uning o„rtacha miqdori 16% ni tashkil etadi. Bu azot miqdori
asosida ayni biologik ob‟ekt (masalan, oziq-ovqat) dagi oqsil miqdorini aniqlash
mumkin. Buning uchun mahsulot tarkibidagi azot miqdorini hisoblash faktorini
6,25 ga ko„paytirish kerak. Hisoblash faktori esa 100/16 asosida topilgan bo„lib,
o„zgarmas qiymatga ega. Ayrim oqsillar tarkibida fosfor, yod, temir, rux,
marganets va boshqa kimyoviy elementlar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |