Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi


Oqsillarning shakliga yoki formasiga ko‘ra turlari


Download 99.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana05.10.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1692451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Маъруза

 
Oqsillarning shakliga yoki formasiga ko‘ra turlari 
Oqsillarning shakliga yoki formasiga ko‟ra turlari, polipeptid zanjirining 
turlicha joylashishi tufayli, oqsil molekulalari globula (shar) yoki uzun tola 
shaklida bo‟lishi aniqlandi. Ular globulyar (dumaloq) va fibrilyar (tolasimon) 
oqsillar deb ataladi.
Oqsillarning fizik-kimyoviy va biologik xossalari ularning molekulalari 
shakliga ham bog`liq. Oqsil molekulalari ikki xil shaklda bo‟ladi. Agar 
molekulalari tolasimon tuzilgan bo‟lsa, fibrillyar oqsillar (fibrilla-tola) deyiladi, 
agar oqsil molekulalari yumaloq yoki ellips shaklda bo‟lsa, globulyar oqsillar 
(globul-yumaloq) deyiladi. 
Fibrillyar oqsillarga sochdagi keratin, ipakdagi fibroin, muskuldagi miozin 
kiradi. Bu xildagi oqsillarning ko‟pi suvda erimaydi, balki bo‟kadi. Fibrillyar 
oqsillar molekulasi butun polipeptid zanjir bo‟ylab bir-biri bilan ko‟ndalang 
vodorod bog`lar orqali birikadi. 
Globulyar oqsillar, odatda, suvda va tuzlarning kuchsiz eritmalarida yaxshi 
eriydi. Bu guruhga ko‟pchilik fermentlar, qon zardobi, sut, tuxum albumini va 
globulinlari kiradi. 
fibrinogen (400000)

-lipoprotein (130000) 
1. Globulyar oqsillar, bular suvda va tuzlarning kuchsiz eritmalarida yaxshi 
eriydi. Ular dumaloq – sharsimon shaklda bo‟lib, zarracha kichik o‟qining
uzunligi 20-60, uzun o‟qining o‟lchami 40-200 A
0
ga teng. Bunday yaxshi 
o‟rganilgan globulyar oqsillar hozirgi kunda 20 xildan oshmaydi. Bu oqsillarda 
ko‟p sonli polipeptid zanjirlari yoki oqsim molekulalari tigiz, zich sferik shaklida 


o‟ralgan bo‟ladi. Bu globulyar oqsillarga ko‟pgina asosiy ferment oqsillari, qon 
tarkibidagi transport oqsillari, himoyalovchi oqsillar va ayrim ozuqa oqsillari 
kiradi. Bularning umumiy hususiyati, suvda yaxshi erishi. Globulyar oqsillarga 
hujayra membranasi buzilgandan so‟ng suv bilan ekstaraksiya qilinadigan oqsillar 
ham kiradilar.

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling