Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi
Download 99.68 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Маъруза
Oqsillarni ajratib olish Oqsillarni biomateriallardan ajratib olish uchun
ularning eruvchanlik hususiyatidan foydalaniladi. Lekin oqsillarini ajratib olish ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Bu ajratishdagi asosiy qiyinchilik ularning beqarorligidir. Ular yuqori temperatura, kuchli kislota va ishqorlar, juda ko„p reaktivlar ta‟sirida o„zlarining tabiiy “nativ” hususiyatlarini yo„qotadilar. Bu jarayonlar denaturatsiya deyiladi. Oqsillarni ajratib olishda uchraydigan ikkinchi qiyinchilik biologik materialdan olinadigan murakkab aralashmalarda oqsil molekulalaridan, ular bilan aralashgan holda birga bo„ladigan va ular bilan komplekslar hosil qiladigan boshqa organik birikmalar lipidlar, uglevodlar, nuklein kislotalardan qutilishdir. Masalan, oqsillarni ajratish ko„p hujayra proteinlarining suvda erimaydigan lipidlar bilan bog„lanishi tufayli, ularning ekstraksiyasini qiyinlashtiradi. Umuman, oqsillarni ajratib olishning hamma davrida temperatura mumkin qadar past darajada saqlanishi, ishlash uchun eng qulay temperatura erituvchining muzlash darajasiga yaqin chegarada tutilishi kerak. Muhitning kislotalilik va ishqoriylik darajasi diqqat bilan ko„zatib borilishi va imkoni boricha oqsil nativ sharoitiga yaqin tutilishi lozim. Oqsillarning suvli eritmalaridan ajratish uchun eritmaga anorganik tuzlarning etarli miqdorini qo„shib, cho„ktirish usuli ko„p qo„llaniladi. Bu maqsad uchun suvda eng yuqori erish hususiyatiga ega bo„lgan tuz ammoniy sulfatdir. Bu tuzni qo„shib eritmani turli darajada to„yintirish yo„li bilan oqsillar bir – biridan ajratiladi. Boshqa sulfatlar, masalan magniy sulfat va natriy sulfat eruvchanligi ammoniy sulfatga nisbatan kamroq bo„lsada, ularning afzalligi shundaki, bu tuzlar bilan cho„ktirilgan oqsillarda azot miqdorini bevosita analiz qilish mumkin. Organik erituvchilar,- etanol, metanol, atseton va boshqalar bilan oqsillarning suvli eritmalardan cho„ktirish mumkin. Bu usul juda past (-10 0 C) tempiraturada juda yaxshi natija beradi. Ayrim oqsillarni cho„ktirishda og„ir metallar (Hg ++ , Zn ++ , Cd ++ , Ba ++ , Pb ++ , Cu ++ va boshqalar) tuzidan ham foydalaniladi. Oqsillar ekstraksiyalanganidan keyin fraksiyalash asosida bir-biridan ajratiladi. Tuzlar yordamida cho„ktirish ularni fraksiyalashda qo„llaniladigan eng oson usullardan biridir. Oqsillarni organik erituvchilar yordamida fraksiyalash usuli ham ularning eruvchanligiga asoslangan. Hozirgi kunda oqsillarning fraksiyalashda ultratsentri-fugalash, elektroforez, xromatografiya va immunobiologik fraksiyalash usullari keng qo„llaniladi. Yuqoridagi usullar bilan ajratib olingan oqsillar tarkibida doim qo„shimcha moddalar bo„lib, bularni tarkibida doim uchraydigan tuzlar ionlarini tozalashda, odatda dializ, elektrodializ, kristallantirish, qayta kristallantirish, gelfiltratsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Download 99.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling