Oqsillarning biologik funksiyalari
Oqsillar hujayrada boshqa komponentlarga qaraganda nihoyatda ko„p
jarayonlarda xilma-xil funksiyalarni bajaradilar. Hamma proteinlarning struktura
elementlari bir xil aminokislotalardan tashkil topgan bo„lsa ham, ularning oqsil
molekulalaridagi nisbiy miqdorlari va joylanish o„rinlari turlichadir. Oqsillarning
bajaradigan funksiyalari faqat oqsil molekulalari uchungina xos.
Oqsillarning eng muhim biologik funksiyalari 7 xil bo‘lib ular
quyidagichadir.
1. Katalitik funksiyasi - shu vaqtgacha barcha kashf etilgan biologik
katalizatorlar – fermentlar oqsillardir. Bir hujayrada ularning soni 2000 dan
ortiqdir. Bu funksiya faqat oqsillar uchungina xosdir.
2. Transport funksiyasi - . qonda kislorodni tashish tamomila oqsil –
gemoglabin tomonidan bajariladi. Proteinlar qonda lipidlar, ba‟zi gormonlar,
vitaminlar, metall ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to„qimalarga
etkazadilar. Masalan, Gemoglobin qon tarkibidagi kislorodni biriktirib uni
tashiydi. Lipoprotein oqsili Yog„simon moddalarni jigardan boshqa organlarga
tashiydi.
3. Ozuqa va zaxira funksiyasi. Ko„pchilik o„simliklarning urug„larida zapas
oqsillar to„plangan bo„lib, shu bilan birga ozuqa va zaxira oqsillarga tuxum
albumini, sut kazeini, bundan tashqari ma‟lum mikroelementlar ham zaxira holatda
bo„ladi. Masalan, gusht tarkibidaga maxsus oqsil temir elementining zaxirasini
tutib turadi, yoki to„qimalarda, o„sayotgan homilada, o„simliklar donida, tuxumda
va sutda bo„lib, zarur bo„lgan sharoitda sarflanadilar.
4. Harakatlantiruvchi, qisqartiruvchi funksiyasi. Muskullarning qisqarishi
oqsillar ishtirokida kechadi. Ularning eng muhimlari aktin va miozin qisqaruvchi
muskul tolalarini tashkil qiladilar. Miozin yana fermentlik faoliyatiga ham ega.
Masalan, oktin, meazin oqsillari ikkilamchi strukturaga ega bo„lib odam skeleti
mushaklari tarkibida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |