Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funksiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokis- lotalar ularning klassifikatsiyasi


Protaminlar oqisllarning eng soddasi bo„lib, ishqoriy oqsillar qatoriga  kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin


Download 99.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana05.10.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1692451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Маъруза

Protaminlar oqisllarning eng soddasi bo„lib, ishqoriy oqsillar qatoriga 
kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin va lizin miqdori ko„proq (80% gacha) bo„lib, 
kuchli ishqoriy xossaga ega. Protaminlar suvda eriydi, qizdirilganda cho„kmaydi, 
Lekin boshqa oqsillar ta‟sirida cho„kmaga tushadi. 
Oqsillarning molekulyar massalari oqsillar yuqori molekulyar birikmalar 
qatoriga kiradilar, oqsillarning makromolekulyar strukturasiga qarab, minglab 
aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topganligi natijasida ma‟lum bir molekulyar 
og„irlikka ega bo„ladi. 
Oqsillarning molekulyar og„irligi eng pastki chegarasi 6 000 dalton (D), yuqori 
chegarasi 1 000 000 va undan ham ortiq daltonni tashkil etadi. Aksari oqsillar 
30 000 -50 000 dalton molekulyar massaga ega bo„lib, bular ko„pincha bitta 
polipeptid zanjirlardan tashkil topgan bo„ladilar. 
2 – jadval. 
Ba’zi oqsillarning molekulyar og‘irligi 
Oqsil 
Molekulyar og‘irligi 
Insulin 
Sitoxrom S 
Ribonukleaza 
Ot mioglabini
Odamning 
o„sish
garmoni 
Pepsin 
Tuxum albumini 
Sut globulini 
Pepsinogen 
Ot gemoglabini 
Zardob globulini 
Katalaza 
Fibrinogen 
Ureaza 
Tireoglobulin
6 000 
13 000 
14 000 
17 000 
21 000 
34 000 
35 000 
35 000 
42 200 
65 000 
160 000 
250 000 
330 000 
480 000 
660 000 
 


Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokislotalar 
Oqsillarning aminokilota tarkibini o„rganishning eng qulay usuli gidroliz 
hisoblanadi. Oqsillar kislota yoki ishqor ishtirokida 100-110
o
C
atrofida 24 soat 
bosim ostida, qaynatilsa to„liq gidrolizga uchraydi. Oqsillar gidrolizida ko„proq 6N 
(20%) HCI eritmasi ishlatiladi. Yoki (oqsilni parchalovchi ferment tripsin
fermentativ usulda ham aminokislotalarga ajratish mumkin. Hosil bo„lgan oqsil 
gidrolizatining aminokislota tarkibi xromatografik usulda yoki avtomatik 
analizatorlarda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarikibida 400 dan 
ziyod aminokislotalar borligi aniqlangan bo„lib, shulardan 20 tasi oqsillar 
tarkibida doim, ba‟zilari ayrim hollarda uchraydi. 
Aminokislotalar tarkibida amino va karboksil gruppa tutuvchi organik 
birikmalardir. Ularning oqsillar tarkibida uchraydigan vakillari (prolindan tashqari) 
quyidagi umumiy formula bilan ifodalaniladi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi 20 xil aminokislotalar kimyoviy strukturasiga ko„ra 
bir-biridan radikal qismi bilan farq qiladi va asosiy olti sinfga bo„linadi. 

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling